13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Og‘irlig‘i yo‘q, yuringiz, — dedi va olding‘a tushib Otabekka yo‘l boshladi: — Manham sizga o‘xshagan bir g‘arib.Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-keyin so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘ig‘aqarab borar edilar. Anchagina yurgach, boshlovchi «otingizga ham joy bor», deb qo‘ydi.Otabek javob bermadi. Shu ko‘yi so‘zsizgina ko‘chaning burilishiga yetdilar-da, kishiOtabekni to‘xtashg‘a buyurdi, o‘zi shoshilib o‘qug‘uchig‘a ma’lum Jannat opa eshiginingchap tomonidag‘i ikkinchi eshikni ochish uchun qulfni timiskiladi. Eshikni ochishi bilan:— Otdan qo‘ningiz, mehmon, — dedi otni Otabek qo‘lidan olg‘ach, — siz xurjiningizniolib yo‘lakdan to‘g‘rig‘a kiraberingiz, — dedi. Otabek xurjinni ko‘tarib eshikka kirdi, ustiyopiq qop-qorong‘i yo‘lakdan o‘tib kattagina bir havliga chiqdi va xurjunni havliningo‘rtasig‘a eltib qo‘ydi. Kishi otni burchakdagi usti yopiq oxirg‘ami, sufagami bog‘lag‘ach,kelib xurjinini oldi.— Qani ayvong‘a, — deb yo‘l boshladi. Kishi Otabekni o‘tquzg‘ach, tokchadan sopollagan bilan qovuqni olib chaqmoq surtdi. Sham’ yoqildi. Bu kishi qirq yoshlar chamaliq,qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo,qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi. Ayvonning polos va asboblarida uncha boyliq ko‘rilmasaham puxta, ozoda, chirk yuqturilmag‘an yo‘sunda yig‘ishtirilg‘anlig‘idan egasining rind1tabi’atlik ekaniga shahodat bermakda edi. Ayvonning so‘l tomonida ko‘rilgan bir eshik ilauymi, hujrami, borlig‘i bilinar edi.Uy egasi Otabekni yaxshilab ko‘z ostidan o‘tquzg‘ach, so‘radi:— Qorningiz albatta ochdir, mehmon? — Otabekdan javob kutib turmay o‘zi hukumham berib qo‘ydi. — Yo‘l bilan albatta ochiqqansiz, savzi-piyoz va go‘shtlarim hammasitayyor, faqat o‘choqqa olov yoqsam, xolos, o‘zim ham hali xo‘rak qilg‘anim yo‘q, ko‘b emasozg‘ina, bir chimdimgina qilaman. — Otabekning uzriga quloq bermay oshg‘a urnashkaoldi. Otabek endi o‘tkan ishlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkuza boshlag‘an edi. Bu kungi besh daqiqaorasida bo‘lib o‘tkan voqi’ani hech bir yo‘sun bilan miyasiga sig‘dira olmas, chindan bo‘lg‘anish deb o‘ylashg‘a aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida hozirg‘ina aytilgan«Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q... Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» so‘ziningsadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar va nafsida sezilgan xo‘rlanish vahayajon buni tasdiqlar, bugina emas yuziga yopilg‘an darbozaning, shildir-shildir qilibbog‘langan zanjirning sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar edi. Bundan so‘ng Kumushningzaharlik muammo maktubi bir sidira ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. Maktubdagi tushunishi qiyinbo‘lg‘an nukta1 va ishoratlar yana bir qayta zahar sochib o‘tkandek bo‘ldilar. Lekinbularning barchasini yig‘ib ochiq-oydin bir natija chiqarish kuchidan ojiz, go‘yo isitmavaqtida bo‘laturg‘an tuturiqsiz, bog‘lanishsiz alji-bilji holatni kechirib, ishni bir-birisigabog‘lay bilmas edi. Ammo hozirgi daqiqada unga eng ochiq ta’sir etkan narsa: «Boringiz,eshigim yonida to‘xtamangiz!» jumlasi bo‘lib, to‘lqinlang‘an izzati nafsi hamisha «qora ohuko‘zlarni» ko‘rishka o‘rganmish yurak ko‘zini xo‘rlik pardasi bilan yashirishg‘a tirishar edi.Voqia’n tug‘ilib erkalikdagina o‘skan, hayotning dag‘al muomalasidan begona, faqat uningchuchuk so‘zlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xo‘rlik turmishdan birinchi zarba edi.Shuning uchun Kumushka bag‘ishlang‘an yurak tugunini yeshilg‘an holda ko‘rar, go‘yomarvarid tugilgan harir ro‘ymol o‘g‘irliqdan so‘ng oyoq ostlarida bo‘m-bo‘sh yotqandek vaegasi shu o‘g‘irlang‘an javohirotining alamini chekib turg‘andek edi.Uy egasi oshg‘a savzi bosib, Otabek yonig‘a keldi, ul boshqa hissiyot va fikrlarinivaqtinchag‘a unutib, o‘zini tetiklikka oldi. Uy egasi Otabek yonig‘a o‘lturar ekan, so‘radi:— Sizniki qayerda, mehmon?— Toshkanddan, mulla aka.— Ismingiz?Otabek manglayini qashib olg‘ach, javob berdi:— Shokirbek...102

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!