13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriykechirdi. Otabek bilan birga choy ichish maqsadida ertalab Oybodoqning damlag‘anchoyig‘a bormay, Otabekning uyg‘onishini kutib yurdi. Otabek tushka yaqin uyg‘ong‘ach,Hasanali choy hozirladi. Dasturxon yozib o‘zini kutib o‘lturgan Hasanali yonig‘a qisinibqimtinibOtabek keldi. Tundagi holi esiga tushib bo‘lsa kerak, boshini yerdan ko‘taribHasanaliga qaramas va bir og‘iz bo‘lsin so‘z aytmas edi. Otabekning bu holi Hasanaliningnichka yuragiga qattig‘ ta’sir etkan va o‘ylab qo‘yg‘an nasihatlarni unutib, bekzodani buog‘ir holdan qutqazish fikrigagina tushkan edi.— Yoshlik — beboshlik, degan ekan mashoyixlar, — deb kulib qo‘ydi Hasanali va: —uy ichidan bitta-yarimtasi sezib qolmag‘ay deb juda xavotirda bo‘ldim... Haytovur hech kimpayqamapti, — dedi. Otabek tashakkur etkansumon Hasanaliga kulib qaradi va o‘zining buketishidan rizosizlik bildirgan kabi entikib tin oldi. Hasanali so‘zni urintirib Otabekni o‘zholig‘a qo‘ymas edi. Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-unmasning oxirig‘a shusavolni ham ulab yubordi:— Bu gal Marg‘ilong‘a kechikdingizmi?Biz yuqorida ham turtib o‘tkan edikkim, Otabek na Yusufbek hojig‘a, na O‘zbekoyimg‘a va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan, Marg‘ilonbilan uzil-kesil aloqasi uzilganligini churq etib so‘zlamagan, so‘ralmag‘an so‘zga javobberilmas qabilidan jim-jit alamini ichkulukdan olibg‘ina yurgan edi. Ikki oydan beri birinchimartaba Marg‘ilon to‘g‘risidan so‘ralg‘an savol ham faqat shu Hasanalining keyingi so‘zibo‘lib, sirni ochish o‘nqovida kelgandek edi. Lekin javob tamom haqiqatka mug‘oyir1 vakishini hayratka solarliq bo‘ldi:— Bu kun jo‘namoqchi bo‘lib turibman, — dedi.Hasanalining shubhasi bo‘shka chiqdi. Choydan so‘ng ul o‘zining so‘zini amaldako‘rsatib, otasidan ham ruxsat olib qo‘ydi va peshindan keyin yo‘lg‘a chiqish uchun hozirlikham ko‘ra boshladi. Uning sirrini bilguchi va «Endi Marg‘ilonda nima qilasan?» debso‘rag‘uchi orada bo‘lmag‘anidek, ul bu so‘roqni o‘z-o‘ziga ham berib qaramag‘an edi.Go‘yo burung‘idek Marg‘ilon yo‘lig‘a oshiqib hozirlanar edi...Yigirma kun o‘tar-o‘tmas Marg‘ilondan qaytib keldi. Bu borishdan birar ish chiqaraoldimi-yo‘qmi, bu to‘g‘rini biz kelasi fasllarning biridan o‘rganarmiz.Kelib Toshkandda bir hafta chamasi turdi, so‘ngra yonig‘a Hasanalini olib Oqmasjid2shahriga jo‘nadi. Ul ikki yildan beri to‘xtab qolg‘an savdogarchilik ishini qaytadanboshlamoqchi edi...10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR?G‘ayri mashru’3 taloq xati tekkaniga olti oylarcha fursat o‘tib ketkan edi. Kumushninggo‘zallik ta’rifini g‘oyibona eshitib, og‘zining suvi kelguchi xotinliq va xotinsiz orzumandlar«yotib qolg‘uncha, otib qol!» so‘ziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni turna-qatoryubora boshlag‘an edilar.Albatta, bunda shubha yo‘qdirkim, Kumushning erdan chiqg‘an xabarini Kumushningo‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi boshqasovchilarning muqaddimasi, yoz boshida kelaturgan qaldirg‘ochlarning yo‘lboshchisi edi.Homidning sovchisi bir martaba kelish bilangina qanoatlanmadi, uch-to‘rt qaytalab kelibqutidorg‘a Homidning kuyav o‘g‘ul bo‘lish niyatida ekanligini arzu-niyoz qila boshladi.Natijada Homidboyning sovchisig‘a berilgan javob shu bo‘ldi: «Biz Homidboyni o‘zimizgakuyav o‘g‘ul qilishdan hech bir mone’lik ko‘rmaymiz. Ammo qizimiz mundan so‘ng erqilmasg‘a qattig‘ isror1 etadir. Shunga ko‘ra Homidboy bizni kechirsin». Boshqasovchilarg‘a ham javob shu edi. Qutidor bilan Oftob oyimning bu javoblari o‘zlaricha emas,balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi.114

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!