13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Manimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo‘qdir, — dedi Rahmat va Otabekkayuz o‘girdi. — Uylangach, xotining tab’ingga muvofiq kelsa bu juda yaxshi; yo‘qsa,munchalik og‘ir gap dunyoda bo‘lmas.Otabek Rahmatning bu so‘zini samimiyat bilan qarshiladi.— So‘zingizning to‘g‘rilig‘ida shubha yo‘q, — dedi,— ammo shuni ham qo‘shmoqkerakki, oladirg‘on xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi barobarida er ham xoting‘amuvofiquttab’1 bo‘lsin.— Xoting‘a muvofiq bo‘lish va bo‘lmasliqni uncha keragi yo‘q, — dedi Homide’tirozlanib, — xotinlarga «er» degan ismning o‘zi kifoya... ammo jiyan aytkandek, xotindegan erga muvofiq bo‘lsa bas.Rahmat kulib Otabekka qaradi. Otabek ham isteh-zolik tabassum orasi Homidgako‘z qirini tashladi.— Uylanishdagi ixtiyorimiz, — dedi Rahmat, — ota-onalarimizda bo‘lg‘anliqdan,oladirg‘an kelinlari o‘g‘illarig‘a yoqsa emas, balki uning ota-onalari o‘zlariga yoqsa bas. Buto‘g‘rida uylanguchi yigit bilan er qilg‘uchi qizning lom-mim deyishka haq va ixtiyorlaribo‘lmay, bu odatimiz ma’qul va mashru’ ishlardan emasdir. Masalan, men ota-onamningyoqdirishlari bilan uylandim... ammo xotinim ota-onamga muvofiq bo‘lsa ham mengamuvofiq emas, siz aytgandek, ehtimol men ham xotinimg‘a muvofiq emasdirman...So‘zingiz juda to‘g‘ri, bek aka.Otabek Rahmatning so‘zini ixlos bilan eshitdi va «sen nima deysan?» degandek qilibHomidga qaradi.— Jiyan, — dedi Homid Rahmatka qarab, — boshlab uylanishing albatta ota-onanguchun bo‘lib ulardan ranjib yurishingni o‘rni yo‘q. Xotining ko‘nglingga muvofiq kelmasekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. Xotinimmuvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishining ishi emas.Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog‘asig‘a javob berdi.— Xotin ko‘paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo‘lsin? — dedi. — Birxotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish. Masalan, ikkixotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa tinchlig‘ingiz yo‘q.— Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir, — deb kuldiHomid. — Ko‘b xotin orasida azoblanish o‘zi nima degan so‘z? Qamchingdan qon tomsa,yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o‘rtasidaturib janjalg‘a to‘ygunimcha yo‘q, ammo xotinni uchta qilishg‘a ham o‘yim yo‘q emas.— Sizga taraf yo‘q, tog‘a.Homid mag‘rur bir tusda Otabekka qaradi. Otabek uning so‘zidan kulimsiragan edi.Hasanali palovg‘a urnash uchun tashqariga chiqdi. Otabek mehmonlarga choy quyibuzatdi. Homidning haligi so‘zidan keyin oradag‘i bahs kesilgan edi. Uchovlari ham birnarsaning xayolini surgandek ko‘rinar edilar. Bir necha vaqt shu holda qolishib Rahmattog‘asidan so‘radi:— Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?Bu savoldan nima uchundir Homidning chehrasi buzildi va tilar-tilamas javob berdi:— Bundan xabarim bo‘lmadi. Gumonimcha, bermagandir.Rahmat so‘zdan chetda qoldirmas uchun Otabekni ham orag‘a oldi:— Bizning Marg‘ilonda bir qiz bor, — dedi, — shundog‘ ko‘hlikki, bu o‘rtada uningo‘xshashi bo‘lmas, deb o‘ylayman.Homid bir turlik vaziyatda yer ostidan jiyaniga qaradi. Tog‘asining holidan xabarsizRahmat so‘zida davom etti:— Shahrimizda Mirzakarimboy otlig‘ bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki sizMirzakarim akani tanirsiz, u bir necha vaqt Toshkandda qutidorliq qilib turg‘an ekan?— Yo‘q... Tanimayman.4

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!