13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyyoniga uchta par yostiqni uydi. Erining mahsisini artishka ko‘maklashib, yelpib qo‘ymoquchun izn so‘radi. Otabek uzr aytib bunchalik mehribonchiliq ma’nosidan cho‘chib qo‘ydi.Otda kelgan bo‘lsa ham kunning issig‘lig‘idan bir piyola choyga muhtoj edi. Choy so‘ziog‘zidan chiqmasdanoq Zaynab o‘choq boshig‘a yugurib ketdi. Uning keti bilanKumushning uyiga qaradi. Eshik va darichalar ochiq bo‘lsalar ham uyda birav ko‘rinmadi.Kumush kelgandan beri Otabek kun sayin o‘zini siqiqroq bir doiraga kirib borg‘anlig‘inisezar edi. Adimini sanab bosish, bir cho‘qib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotlargata’limotsizoq o‘rganib qolg‘an, buning ustiga bir xil o‘ngg‘aysizlig‘i ham yo‘q emas edi...Uning o‘tkan <strong>kunlar</strong>i, ya’ni Kumushka Marg‘ilonda qiladirg‘an muomala va aloqasi Zaynabkaqorong‘i, shu qorong‘iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o‘zi tilagancha. Ammoendi o‘sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib qarasa, Zaynabkaham shundog‘ qilmoqqa, unga qandog‘ muomala qilsa, bunga ham shundog‘ qilishg‘amajbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi... Birinchisini tavsif qilib ko‘rsatishnuchukkim, biz shu o‘ringacha ko‘b qog‘ozlarni qoralab kelamiz, o‘qug‘uchini hamzeriktirmay orqamizdan ergashdirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlaridasamimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchibo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz, topgan bilano‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi «majburiyati»sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham yana biz bir daraja o‘ztomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz:Din adolatka buyuradir va ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang, majburiyatning engkuchligi ham nozigi — mundan bir necha hafta ilgari Zaynab avval martaba yurak dardiniko‘z yoshlari ichida ochib berdi. Hammadan ham mana shu keyingisi Otabekni siqibtashlag‘an edi. Bu dard ayniqsa Otabekka uch yildan beri sinashta, ul bu dardningachchig‘-chuchugini uch yil bo‘yi totib kelar va shuning uchun ham boyag‘i og‘irliqni o‘zustiga olmoqqa majbur edi...Zaynab unga ikki piyola choyni ichirgandan so‘ng so‘radi:— Sizni kech qaytarsiz, deb osh qoldirmag‘an edik, sovug‘roq bo‘lsa ham ozroq olibqo‘yg‘an edim... yesangiz?Otabek ochiqib kelgan edi, «mayli, bering», dedi. Boyagi gap bilan yeyilmaganlag‘mon Otabekning oldig‘a keldi. Ustidagi qiymasi bilan laganning buzilma-g‘anini ko‘ribOtabek so‘radi:— O‘zlaring yemadinglarmi?— Yedik. Kumush opa ham shu yerda edilar... Lag‘monni uncha xushlamas ekanlar,shekillik, yaxshi yemadilar... U kishi yemaganlaridan keyin men ham yeb o‘lturg‘aliiymandim...— Yemagan bo‘lsangiz, siz ham olishing, — dedi bek.Zaynab eridan iymanmay birgalashdi.Xo‘rak orasi Otabek Zaynabdan so‘rab, Kumushning uxlab yotqanini bildi. Tomoqdankeyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. Ko‘zi uyqug‘a borg‘ach, faqat shuni kutibo‘lturgan Zaynab qo‘lida yelpug‘ichi bilan yostiq yoniga keldi. Eri juda uxlab ketkandanso‘ng yelpiy boshladi... Yelpir ekan, Zaynabning ko‘zi Kumushning uyida edi...Zaynab o‘zining bu tasodufiy muvaffaqiyatini kundash nazaridan o‘tkuzib olmoqchi vaboyag‘i da’vosini bir daraja amalda ham ko‘rsatmakchi edi.Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi va natijada ma’lum ko‘rukni odatdantashqari bir muvaffaqiyat ichida kundash nazaridan o‘tkazdi: nima yumish bilandir uydanchiqg‘an Kumush Otabekning yostig‘i yonida qo‘lig‘a yelpug‘ich ushlagan Zaynabka ko‘zqirini tashlab o‘tdi.Birar soatdan keyin Otabek uyg‘ondi. Zaynab ham kundash yuragini un qilg‘uchi yeltegirmonini to‘xtat-moqqa majbur bo‘ldi.190

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!