13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy«Yusufbek hoji» bo‘lib qola berdi. Shuning bilan birga Azizbek yonida qanday mavqi’tutkan bo‘lsa, Nor-muhammad qushbegi oldida undan ham yuqoriroq va ma’noliroq e’tiborqozondi. Uning har bir ra’yiga Normuhammad qushbegi qonunan majbur bo‘lmasa-da,ammo ma’nan bir majburiyat his etar edi: o‘rinsizga kishi o‘ldirishlar, vaqtsiz ham o‘rinsizsoliq solishlar, behuda o‘rda usrofotlari, bo‘lmag‘ur taqiqlar va ortiqcha diniy takallufotlarbir muncha ebka olindilar.Uch yillab Azizbek istibdodida ezilgan Toshkand xalqi erkin nafas oldi: savdo-sotiq,ekin-tikin va kasbikor ko‘tarilib boshladi. Odamlar jonlang‘andek bo‘lib bu holni:«Zamon-zamon dorilamon,Normat to‘ram bo‘lsin eson!» —deb boshlag‘an ularning ashulalari ham ifoda qilar edi1.1. OTA-ONA ORZUSIO‘zbek oyim elli besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi’atlik bir xotin bo‘lsa ham,ammo eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi. Uning o‘tkirligi yolg‘iz erigagina emas, Toshkandxotinlarig‘a ham om edi. O‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib to‘ylarida, azalarida,qisqasi, tiq etgan yig‘inlaridag‘i uylarining to‘rini O‘zbek oyimg‘a atag‘an edilar. Bir buginaemas, qiz chiqaraturg‘an, o‘g‘ul uylantiradirg‘an, sunnat to‘yi qila-dirg‘an xotinlar o‘zto‘ylarini O‘zbek oyim kengashidan tashqari jo‘nata olmas edilar. O‘zbek oyim aralashqanto‘ylik xotinlarning ko‘ngillaridagi orzu havaslari ham erlari tomonidan kamchiliksizbajarilar, chunki «O‘zbek oyim shundog‘ buyurdilar» degan so‘z erlar uchun ham farz kabieshitilib, O‘zbek oyimning aytkanicha hozirlik ko‘rila boshlanar edi. Bu tomondanqarag‘anda O‘zbek oyimning o‘tkirligi erlar tomonidan ham tasdiq etilganligini iqrorqilishg‘a to‘g‘ri keladir.O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» debbormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar,o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llaribilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor o‘rnida so‘zlab yurar edilar. O‘zbekoyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtiromqilib o‘zlarining «onaxonlari» deb bilar edilar. Shunga ko‘ra qaysi bir vaqtlarda o‘rdayasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda begi oyim buyurdilar”,deb O‘zbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon bilan qaysi bir majlislardaO‘zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: «Kecha o‘rda bek oyimdanmenga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay aravadan bo‘sh qaytardim...Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. Ikkinchi vaqtda: «O‘tkan kun o‘rdagaborg‘an edim; xonimlar yotib qolasiz deb qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, debso‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining qandog‘ birxotinning suhbatiga noil bo‘lg‘anlarini o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in hamkuchaytirar edilar.Ul o‘z uyida o‘lturg‘anida ham ustidagi atlas ko‘ynak bilan adras mursakni, oq shohidakana bilan kahrabo tasbihni qo‘ymay, qish <strong>kunlar</strong>i tanchadan par yostiqqa suyalib, yoz<strong>kunlar</strong>i ayvonning to‘riga yoslanib Hasanalining xotini bo‘lg‘an Oybodoqqa, cho‘ri qizHanifaga xamirni achitmaslikni, palovni qirmoch oldirmasliqni tanbihlabkina o‘lturar edi.Otabekning Marg‘ilondan uylanib qo‘yishi otasi uchun uncha rizosizlikka mujib1bo‘lmasa ham, ammo uning o‘g‘ul to‘yisidan boshlab, Toshkand qizlarini ost-ust qilib u«buning qizi yaxshi bo‘lsa ham, uy-joylari yaramas ekan; buning uy-joylari tuzik bo‘lsaham, qizi ko‘rksiz ekan; buning qizida, uy-joylarida tuzik, biroq zoti pas ekan» deb qiz,quda, uy, joy, nasl va nasab tekshirib yurg‘uchi O‘zbek oyimning Otabekni uylandiribbuning orqasidan ko‘raturgan orzu-havas, to‘yu tomoshalarini shartta kesib qo‘yg‘an bu69

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!