13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Meni zo‘rlag‘an va majbur qilg‘an edilar, dada, — dedi zaharxanda bilan. — Yo‘qsa,sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha’niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir.— Kim seni majbur qildi, axir?— Siz, onam!— Esing o‘zingdami, yigit?— O‘zimda, — dedi o‘g‘ul, — siz o‘zingizning orzu-havasingiz yo‘lida meni majburqildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jonivorliqni xohnoxohishlashka majbur qoldim.— Shundog‘mi, — dedi hoji o‘z gunohi o‘kuliga tushkan holda, — undog‘ bo‘lsa, biznikechir, o‘g‘lim.— Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo‘q, dada. Lekingunohsiz bo‘laturib, ham yana muvahaza ostig‘a tushkanim uchun o‘zimni mudofaaqilishga majburman...Hoji labini tishlab, boshini chayqadi.— Xom sut emgan bandamiz, — dedi, — xayr, bu aybniku bizning bo‘ynimizg‘aqo‘yasan, darhaqiqat qo‘-yishga haqqing ham bordir... Ammo oralaringg‘a yomonlaroralag‘an ekan, shuncha muddatdan beri nega meni xabardor qilmading? Yoki bunda hambirav seni indamaslikka majbur qildimi?— Hech kim majbur qilmadi, — dedi, — ammo meni shu vartaga tashlag‘ando‘stlarimdan... ko‘mak so‘rash ham ma’qul ko‘rinmadi...Hoji boshini quyi soldi. O‘g‘lining keyingi so‘zi unga juda ta’sir qilg‘an edi... Nimaqilsinki, Otabek to‘g‘ri gapni aytar edi...— Biz seni Toshkanddan o‘ylantirsak-da, — dedinihoyat hoji, — katta xotiningdan ajratish fikrida emas edik. Agar sen shu xayol bilanbizdan siringni yashirib kelgan bo‘lsang, katta ahmoqliq qilibsan, bolam.Otabek dadasining bu keyingi so‘ziga qarshi hech narsa demadi, go‘yo hamma alaminiyuqoridag‘i ikki jumla bilan chiqarib yuborgandek jimgina somi’lik1 darajasiga tushdi.Ammo natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi.Hoji davom etdi:— Kishining boshig‘a bir ish tushkanda, darrov biravdan kengash va yordam so‘raydir.Hatto ota-onasidan ham sir saqlag‘an bir yigitni o‘z o‘g‘lum bo‘lib chiqg‘ani menga qiziqko‘rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qub-o‘qub mazmuniga tushunolmayhayron bo‘laman. Oy sayin Marg‘ilon borib turar edi-ku, deb o‘ylayman. Xatni ikki-uchqayta o‘qib chiqg‘andan keyin, bilsam haqiqat shu emish... Mirzakarimning yozg‘anig‘aqarag‘anda bir muncha yanglishiq undan ham o‘tkan ko‘rinadir va lekin sening bolalig‘ingoldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig‘ing boshqalarning boshiga ko‘ringan... O‘zingayt, agar menga shu kasalingni bir og‘iz bildirsang, men qayin otangg‘a xat yozmasmiedim, Hasanalini yuborib haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam o‘ldirib yurishlargaqanday hojat qolar edi?Otabekning boshig‘a bu gaplarning bir harfi bo‘lsin o‘rnashmas va o‘zi kutkan natijagaborib yetish uchungina qiynalar edi.— Shunchalik ishlarni qilib, nega oxirda qayin otangg‘a yo‘liqmay kelding?— Shunga majbur edim.— Marg‘ilong‘a endi qachon borasan?Otabek o‘ylanib qoldi. Chunki bu «qachon borish» masalasini yaxshilab yeshmak kerakedi va uni yeshmak ham qiyin edi, uzoq o‘ylang‘andan keyin:— Ma’lum emas, — dedi.Garchi bekning yuragi hozir bo‘lsa ham Marg‘ilong‘a qarab uchishka tayyor edi. Biroquning yuragidan ham kuchlik bo‘lg‘an yana bir narsa bu «borish» masalasini chuvaltirib«ma’lum emas» bir holga qo‘yg‘an edi.164

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!