13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Nega... sababini men ham yaxshi tushuna olmadim.— Qaytib keladirgan vaqtini aytkandir?— Bu to‘g‘rini so‘rag‘an edim, muhmalroq javob berdi,— dedi usta va yonini kovlabxatni oldi. — Bu xat karimangizga bo‘lsa kerak, endi menga ruxsat, — dedi va fotiha o‘qubo‘rnidan qo‘zg‘aldi.— Men sizga dasturxon yozdirishni ham unutqanman, qo‘zg‘almangiz!— Rahmat, amak, hozircha meni kechirib turasiz, ammo bapirja kattaroq ziyofatniunutmaysiz, — deb kuldi usta Alim. Qutidor uni ko‘chagacha kuzatib chiqdi.Kumushbibi daricha orqasidan hamma gapni eshitib olg‘an va hissiyotini yum-yumyig‘lab o‘tkargan edi.* * *Oftob oyim Kumush bilan boshlashib ichkariga kirar ekan, so‘radi:— Homidning yomonlig‘ini bizga ulashdirib yurgan puchuq xotinning shumligi o‘zboshig‘a yetib, o‘lganlarning bittasi o‘shaning o‘g‘li ekan, bildingmi?— O‘lganidan menga nima foyda, — dedi Kumush.Oftob oyim qizig‘a ajablangan edi.— Foydasini ko‘rib turibsan-ku, axir.— Foydasi Toshkandga ketib qolg‘animi?— Ketib qolg‘an bo‘lsa, tag‘in bir kun kelar.— Kelmaydi, — dedi o‘ksib Kumush, — uning hamma harakati dushmanidan o‘chiniolish uchun ekan.— Kim aytdi sanga?— Xat olib kelganning so‘zidan payqadim.Oftob oyim kuldi:— Ering sani tashlab ketmas, qo‘rqma qizim, — dedi,— saning boshingg‘a tikilgan bubalolarni o‘zining shirin jonidan kechib daf’ qilg‘an Otabek, seni sira ham unutmas, sangayozg‘an xatini otangdan olib o‘qub ko‘r-chi oldin.Kumushbibi yig‘idan qizarg‘an ko‘zini katta ochib so‘radi:— Menga xat yozg‘anmi?— Haligi kishi sanga atab dadangga bir xat berdi-ku, bilmadingmi?— Bilmadim, — dedi. Chunki ul usta Alimning «muhmal javob berdi» so‘zini eshitkach,tamoman o‘zini unutib, berilgan xatni payqamay qolg‘an edi.Ikki yildan beri suratini ko‘z o‘ngidan ketkuza olmag‘an, Otabekning yuzini ko‘ralmay,so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush uchun katta qiymatkamolik edi. Otasining yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilibtashlandi-da, go‘yo Otabek bilan uchrashaturg‘andek yuragi o‘ynamoqqa boshladi. Qutidorkelib tanchaga o‘lturg‘ach, o‘ziga «amonatni topshiring» degan kabi qarab turg‘anKumushka xatni uzatdi:— Sanga xat.Kumushbibi uyalib-netib turmadi va kimdan, deb ham so‘rab o‘lturmadi, darrovtokchada yonib turg‘an sham’ yonig‘a borib xatni ocha boshladi. Sham’ qarshisida qizarg‘anshahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jinggila kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora qoshlari uniallaqanday bir holga qo‘yg‘an edilar. Qoshi ustiga to‘zg‘ib tushkan sochlarini tuzatib xatnio‘qudi:«Oy yuzlik rafiqam, qunduz qoshlik ma’shuqam Kumush xonimga!Shayton ustasi bo‘lg‘an Homidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila mengaqarshi yonib ketkan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. Soxta taloqxatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol endi146

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!