13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyAzizbek uchun kutilmagan falokatlar yuz bergan edi. Qochib qutilish mumkin bo‘lg‘aniholda tuzoqqa tush—kandek o‘rdaga ham qamalib bergan edi. Nima qilsin, qanoti yo‘qkiuchib qutilsa... Qamalishining ikkinchi kuni o‘rda tomiga chiqti, eng keyingi, ham engpastarin chorani ko‘rmakchi edi bu xoqon. Boshlab fuqarog‘a salom berdi, so‘ngra siniq vaojiz qolgan bir tovush bilan xalqqa uzr aytdi:— Endi o‘zimning qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim... Men sizlarning qilg‘anyaxshiliqlaringizni unutqan ekanman... Sizlar o‘zlaringizning bu ishlaringiz bilan manimketkan aqlimni yana miyamga o‘rnatdingiz... Rahmat fuqaro... Gunohimni kechiringiz,qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim, fuqaro!Ammo xalq bunday yolborishlarg‘a, tavba-tazarru’-larga quloq solmadi, chunki isho‘tkan, g‘isht qolipdan ko‘chkan edi:— Endi esing kirdimi, o‘g‘ri? Burundan o‘ylab ish qilsang boshingda bu balolar yo‘q edi!Sen bizlarga nima ishlarni qilmading? Kun sayin necha gunohsizlarni osdirg‘an, kesdirgan,bolalarimizni yatim, onalarimizni qon yig‘latqan sen emasmisan? Xanjaringni xayf ko‘ribmahallarga1 chayon solig‘i solg‘an, og‘alarimizni chayon zahri bilan o‘ldirgan kim edi? Ketto‘ng‘iz, ket, tavba qilish zamoni o‘tdi, taqdiringga sen ham tan ber! — der edi xalq.Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan unga hujum qilib, hatto adabsiz so‘zlar bilanham so‘kar edi. Azizbek hamon «Tavba qildim, fuqaro!» jumlasi bilan uzrini aytib turar edi:— Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib, yanaqipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz!Azizbekning bu so‘zlaridan keyin olomon tag‘i qizishib, quyidagi so‘zlari bilan ko‘kniko‘tardi:— Ikki qayta aldanish yo‘q! Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi!Xalqning bu javobi ishning ne darajaga yetkanini onglatarliq edi. Shu gapdan keyinAzizbek tamom umidsizlanib, dunyolarcha ma’yusiyat ichida tomdan tushib ketdi.Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborg‘an chopari Kirovchi yaqinidaunga yetkan va qushbegini tamomi sipohlari bilan Toshkandga qaytarg‘an edi. Alamzadaqushbegi bu so‘yinch xabardan uchib-qo‘nib Azizbekning o‘rdaga qamalishining uchunchikuni karnay-surnay bilan yetib keldi. Olomon yonig‘a qipchoq sipohlari kelib qo‘shilg‘andankeyin o‘rdaga bosib kirdilarda, Azizbekni ushlab ham oldilar.Yetmish kun bir muddat ovora qilib, minglab kishi qonini to‘kishka sabab bo‘lg‘anAzizbekni Qo‘qong‘a olib borib topshirish Normuhammad qushbegi uchun qiymatli edi. Ulo‘rdada o‘lturar ekan, bunday ulug‘ dushmanni qo‘lg‘a tushirishning bosh omili bo‘lg‘anYusufbek hojiga o‘z minnatdorchilig‘ini aytib tugata olmas, uning bu xizmatini xon bilanMusulmonqulg‘a so‘zlab, unga katta bir martaba olib berishka va’dalar berar edi. AlbattaYusufbek hojiga bu va’dalarning hech ahamiyati yo‘q, faqat ul o‘g‘lining sog‘lig‘ini bilsa vaMarg‘ilon zindonidan uning qutqarilishig‘a va’da olsa, uning uchun dunyolarcha martaba vahurmat edi. Qushbegining va’dasiga iltifotsiz quloq berib turdi-da:— Iltifotingiz uchun rahmat, qushbegi, — dedi. — Men endi dunyodan o‘tayotgan birkishi; endigi mansablarg‘a uncha qiziqa olmayman. Agar manim qilg‘an xizmatim shundayiltifotlarga loyiq ko‘riladigan bo‘lsa, jon janobidan so‘raydirg‘an bir necha tilaklarim bor.— So‘rangiz hoji, xon bermaganda ham olib berishka men kafil.— Manim birinchi xolis tilagim, albatta mazlum xalq tilidan bo‘ladir: mundan so‘ngToshkand hokimlig‘iga har qanday bo‘lmag‘ir odam qo‘yilmasin.— Jon janobining hamma maqsadi ham shunda. Chunki, biz Azizbek kabilardanxalqnig‘ina emas, balki, o‘zimizni ham qiynatdirmoqdamiz.Toshkand bekligi to‘g‘risida ko‘b muzokara va mu-solahadan1 keyin Yusufbek hoji o‘zyarasi ustida to‘xtaldi. Ul birinchi martaba o‘laroq o‘zining ichki kasalini hoziq2 debNormuhammad qushbegiga ochdi. So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolningdahshatidan titrar, tili ham osonliq bilan harakatlanmas edi. Zero o‘zining bu o‘tinchini60

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!