13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyQur’on oyatlari qabriston ichiga og‘ir ohangda oqar edi. Qabr yonig‘a tiz cho‘kkan yigitningko‘z yoshlari ham qur’on oyatlariga qo‘shilishib oqar edi. Birar soatdan keyin tilovatto‘xtaldi. Otabek holsizlanib oyog‘ uzra turdi va orqasidag‘i yarim yalang‘och ko‘laganiko‘rib bir necha qadam qabr tomong‘a tislandi... Ko‘laga yaling‘an sumol unga yaqin yuribkeldi...— Kim bu?— Men Kumush!..Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.— Ket mundan!— Men Kumush! — dedi yana Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki dunyodag‘ieng yaqin kishisi unga «ket!» amrini bergan edi. Zaynab orqasig‘a qaray-qaray Otabekdanuzoqlashdi. Otabek qaytib unga qaramadi, qabr yonig‘a tiz cho‘kdi...Ertasi kun O‘zbek oyim yig‘lay-yig‘lay Yodgorbek uchun tikdirgan kiyimlarini o‘g‘lig‘atopshirdi. Otabek usta Alim bilan birga Marg‘ilong‘a jo‘nadi. Bundan so‘ng OtabekToshkandga qaytib kelmadi, bir necha qayta O‘zbek oyimning o‘zi Marg‘ilon borib keldi.1277-nchi yilning kuz kezlarida bo‘lsa kerak, Yusuf-bek hoji Qanoatshodan1 bir xatoldi. Qanoatsho Avliyo otadan yozar edi.«O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shunda edi. Olmaota ustidagi o‘rusbilan to‘qunish-mamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushibshahid bo‘ldi. Men o‘z qo‘lim bilan ikkisini dafn etdim...»Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib yurtka osh berdi, O‘zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochdi.B i t d iYOZG‘UCHIDANKeyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim:Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib,undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridanbo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigima’lum emas, deydilar.212

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!