13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqolmas uchun shoshilishib qutidor ham yo‘lakdan chiqib keldi. Otini ko‘chaning o‘rtasidaqoldirib, qayin otasi bilan ko‘rishmak uchun yugirgan kuyavi oldida namozini ham unutkanqutidor dag‘-dag‘ titrab to‘xtag‘an edi. Ko‘rishmak uchun o‘ziga uzatilg‘an qo‘lni bo‘shhavoda qoldirib, darbozasi yonig‘a bordi. Bunday muomala oldida Otabekning qandayholda qolishi izohka uncha muhtoj bo‘lmasa kerak. Ul turgan joyida qoziqdek qoqilibqolg‘an edi. Qutidorning oldig‘a yurishnida bilmas, so‘zlashka ham tili kelmas edi.— Bu qanday harakat, ota?Qutidor titroq va hayajonli bir tovush bilan:— Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q, uyatsiz bilan so‘zlashishka ham toqatimyo‘q... Boringiz, maning eshigim yonida to‘xtamangiz! — dedi-da, o‘zini ichkariga oldi vadarbozani yopib shildir-shildir zanjirini bog‘lay boshladi...Otabek esini boshig‘a yig‘ib, mixlang‘an yeridan qo‘zg‘alg‘anda shom namozi o‘qulib bitkan,kishilar uylariga qayta boshlag‘anlar edi. Ul moshinavori kelib otig‘a mindi va «chuh» dedi,lekin ot qo‘zg‘almadi. Ikki-uch qamchidan so‘ng tolg‘a bog‘lang‘an tizgin shart etib uzilibketkach, boya yurib ketkan otini o‘tkunchilardan bittasining bog‘lab turg‘anini esladi.«Chuh» dedi. Ot ko‘chaning sharqig‘a qarab ketdi.Bu ketishda uning hushi o‘zida deb aytish qiyin, shuning uchun otning boshini qayoqqaqarab solg‘ani ham belgulik emas, ehtimolki unga hozir ot yursa bas bo‘lg‘ay. Otko‘chaning ayrilishig‘a yetib «endi qayoqqa yuramiz» degandek to‘xtag‘an edi, egasi yana«chuh» deb javob berdi. Ot shimolga qarab burildi. Bu ko‘cha bilan uzoq yurgach, oltinchifaslda o‘qug‘uchi bilan tanishdirilg‘an B... mahallasiga chiqib, ot yana qay tomonga yurishniso‘rab to‘xtadi.— Chuh.Ot ko‘chaning sharqig‘a yurib o‘qug‘uchig‘a ma’lum burchakdagi ikkita eshikdan hamyana shimolga burib, tor ko‘cha bo‘ylab uzoq ketdi. Vaqt xuftanga yaqinlashibqolg‘anliqdan qorong‘i o‘bdan tushkan edi. Ot o‘zining bu galgi to‘xtashida egasining chuhchuhigaham sirt berib turib oldi va Otabek ko‘zini ochib yo‘l qarashg‘a majbur bo‘ldi.Otning tor ko‘chaning nihoyatiga yetib yo‘lsizlikdan to‘xtalg‘anini onglag‘ach, o‘tkanishlardan o‘ziga hisob bera boshladi. Qayin otasi eshigida otini yo‘lga solg‘anini bir ozeslasa ham boshqasini bilmas edi. Har holda Marg‘ilonning chetrog‘idagi boshi berkko‘chada va katta bir darboza yonida turg‘anlig‘ini tushundi. Otning boshini burishni-da,burmasni-da bilmay bir oz o‘ylab to‘xtadi. Ul o‘ylab turg‘anda darboza ichkarisidan ikkikishining xayrlashib ajralishqanlari sezilar edi. Ichkaridagi oyoq tovushi darbozagayaqinlasha bergach, ul chiqg‘uchig‘a xalaqit bermas uchun otining boshini chetka burdi.Otabek to‘xtag‘an o‘rin to‘rt tomondag‘i imoratlar bilan o‘bdan qorong‘i, shuning uchundarbozadan chiqg‘uchining faqat boshidag‘i oq sallasidan o‘zgasi ko‘zga ilinmas edi.Chiqg‘uchi darboza yonida turg‘an otliqdan cho‘chibmi va yo o‘zichami so‘radi:— Kim otda turg‘an?— Man, — dedi Otabek va o‘zining mantiqsiz javobidan o‘ng‘aysizlanib tuzik javobberishka og‘zini jo‘blag‘an ham edi, chiqg‘uchi «siz kimsiz?» degan savol bilan uni to‘xtatibqo‘ydi.— Man... bir musofir g‘arib, — deb javob berdi-da, negadir tomishka intilgan ko‘zyoshisini kuch bilan to‘xtatib qoldi. — Marg‘ilong‘a shom vaqtida kirgan edim, ko‘zlaganjoyimni topolmay adashdim...— Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon, — aytkuchining so‘z ohangidan o‘rtoqliqbo‘yi kelib Otabekning dimog‘iga ursa ham:— Rahmat sizga, aka, — dedi, lekin uning bu so‘zi ham o‘rinsiz ketkan edi.— O‘zingiz adashdim, dedingiz-ku, tag‘in qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz?— Sizga og‘ir kelmasa...101

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!