13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyOtabek Zaynabning yuzidagi ma’yuslikni birinchi ko‘rishdayoq sezdi. Bir oz jimginaqarshima-qarshi o‘lturishdilar, ikkisiga ham so‘z aytish o‘ng‘aysiz va al-lanarsa mone’dekedi.— Nega chaqirg‘an ekanlar? — deb nihoyat Otabek so‘rab yubordi.— Bilib turib so‘raysizmi? — dedi Zaynab kuchlanib kulgan holda.— Nimani bilib turib?— Marg‘ilondan keladirgan kishingizni.Otabek qiyin holatda qoldi va og‘zig‘a shu gap keldi:— Munda manim ixtiyorim yo‘q... hamma ishni otam qilayotibdir.— Otangiz qilsalar ham sizning ko‘nglingizdagicha.— Nima ko‘nglimdagicha?— Suyganingiz bilan birato‘lasiga qo‘shilib olish, albatta, sizning ko‘nglingizdagicha...— Men uni suyamanmi?..— Albatta suyasiz...Otabek o‘zini tinch ushlagan holda:— Yanglishasiz! — dedi.— Hech yanglishmayman,— dedi Zaynab,— siz uylanishdayoq uni suyub olg‘ansiz,meni bo‘lsa... men: ota-onangizning orzularicha, — dedi va ko‘ziga jiq yosh oldi.Otabek og‘ir holga tushdi, bu to‘g‘ri so‘z uni tamom esankiratdi va bu haqiqatka qarshiborish, ya’ni yolg‘onlash yana og‘ir edi. Shunday bo‘lsa ham yolg‘onlamay chorasi bo‘lmadi:— Boshda... suyub uylanganim siz aytkancha to‘g‘ri, ammo hozir undog‘ emas, —dedi.— Ishonmayman.— Nega ishonmaysiz, ishoning...Zaynab bir oz unga qarab turg‘andan keyin:— Ishonmag‘animnnig sababi bor, — dedi.Otabek tinchsizlandi:— Sababini... so‘zlang...— Menga uylanganingizga qancha bo‘ldi?— Ikki...— Shu ikki yildan menga bo‘lg‘an aloqangiz bir zar-ra ham o‘zgargan emas, — dediZaynab, — meni xotin o‘rnida ko‘rmaysiz!— Bekor gap...— Bekor gap emas, jonim, — dedi Zaynab qizishqan holda. — Marg‘ilondanqaytkandan keyingi <strong>kunlar</strong>ingizni mehmonxonada kechirib kelishingizdan albatta tonaolmassiz. Shu ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an edi, deb manim to‘g‘rimda o‘ylabqaramas-lig‘ingizning sababi ham o‘zingizga...Zaynab so‘zini bitira olmadi, chetka qarab ko‘z yoshisini to‘kdi. Otabek go‘yo tog‘ostida qolg‘an edi.— Siz tamom boshqacha tushunibsiz...— Bo‘lmasa, bu gaplarning sababi nima?— Sababi juda ochiq, — dedi Otabek. Lekin nimani sabab qilib ko‘rsatishni o‘zi hambilmas edi.— Aytingiz axir?— O‘zingiz ham bilarsiz, deb o‘ylayman.— Men hech narsa bilmayman.— Bilasiz!— Xudo haqqi bilmayman.— Bilmasangiz... — dedi bek, — bilmaganingiz yaxshi. Sizga o‘z og‘zim bilan iqrorqilishg‘a uyalaman...170

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!