13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Hamisha shu gapni aytib qolg‘ansiz,— deb o‘pkaladi Zaynab,— dunyoda kim o‘zigajabrni xohlaydir?— Sen va senga o‘xshag‘anlar.— Xudo urar...— Aytsang, aytmasang xudo urib qo‘yipti.— Shunday <strong>kunlar</strong>ga men qolay dedimmi?— Degansan!Zaynab opasining istehzolik yuziga qaradi va uning nima demakchi bo‘lg‘anig‘atushunolmadi:— Degan bo‘lsam ayting...— Sen manim qanday qilib erga tekkanimni bilasanmi?— Bilaman...— Bilsang bilganingcha tur, — dedi Xushro‘y, — endi kelaylik sening erga tegishingga:albatta tona olmassan, sening er qilishda tariqcha ixtiyoring va rizolig‘ing yo‘q edi,ehtimolki ixtiyor nima, orzu nima o‘zing ham payqamas eding. Balki ixtiyor va orzularingham bo‘lg‘andir — biroq uni hech kim maydonda ko‘rmas edi. Shuning uchun tizginingoying bilan dadangning qo‘lida, boshqacha aytkanda ularning tuyaga ortqan yuki, kimgasotsa, qayerg‘a jo‘natsa ixtiyorsiz eding... Yodingda bormi, nikoh kunim men kulib,chaqchaqlab aravaga mindim, sen bo‘lsang, uydan yig‘lab chiqding va eringnikiga yig‘labbording... Yaxshi, ering senga yoqdi, ammo ering faqat senga yoqqan bilan ish bitmasliginiyana xotiringga keltirmading. Ering seni tashlab qo‘ydi, sen churq etmading, istiqbolingto‘g‘risida o‘ylamading... Faqat g‘alvir suvdan ko‘tarilgandan so‘nggina, sen o‘zingni hartarafka tashlay boshlading... Lekin endi bir ming toblansang ham natija o‘zingningfe’lingcha— bitta: sening uchun har kun bir o‘lim yoki o‘sha uydan boshingni olib chiqish.Xushro‘yning rahmsiz muhokamasidan oqg‘an bu haqiqatlar Zaynabni yig‘latdi.— Men shunday bo‘lar, deb o‘ylamag‘an edim...— Sen o‘ylashni bilarmiding? — deb kuldi Xushro‘y.— Birav o‘lay desa, siz kulasiz!— Men yig‘lashni bilmayman! Kishilar yig‘lag‘anda, manim kulgim qistaydir.— Manim o‘rnimda bo‘lsangiz, siz ham yig‘idan bosh ko‘tarmas edingiz...— Sening yeringda bo‘lsam bilasanmi nima qilar edim, Zaynab, — dedi Xushro‘y, —dunyosini ost-ust qilar edim, bir tomchi yoshimni yuz tomchi zahar bilan qo‘shib tashlaredim.Zaynab keyingi gap bilan egachisining yuziga ko‘ta-rilib qaradi va Xushro‘yning yuzidazolimona bir istehzo ko‘rdi.— Yaxshi, — dedi Zaynab bir xil siniq tovushda, — hamma do‘stlaringiz sizga dushmanbo‘lsin, uch yildan beri sizning so‘zingizni aytib yoningizda kelgan qayin onangiz hamdushmaningiz yonig‘a o‘tsin: hatto sizni tuqg‘an ota-onangiz ham «sabr qil, bolam!» debquruq so‘z aytib o‘ltursinlar... Bas, shu holatda siz yig‘lamay nima qilar edingiz?Xushro‘y pinagini buzmay yana kuldi:— Dushman o‘zi nima degan so‘z? — dedi, — men senga boya ham aytdim: kishiningdunyoda do‘sti yo‘q, magar nafsiga o‘zi do‘st; kishining dunyoda dushmani yo‘q, magarnafsiga o‘zi dushman! Masalan sen o‘zing: otangg‘a, onangg‘a do‘stim, deb ishonding,ammo ulardan nima yaxshiliq ko‘rding? Bu kun ularning «sabr qil, bolam!» deb bergankengashlari sening yarangga malham bo‘larmi? Albatta, bo‘lmas. Boshdayoq ering sengaqaramay qo‘ydi. Ammo sen qayin onangning va’dasiga va tag‘in allanarsalariga ishonding...O‘zing o‘yla, bolani ona tug‘adir, lekin unga muhabbatni ham ona tug‘ib beradimi? Albattabu mumkin emas. Sen bechora shunga ham ishonding. Endi gap nima? Otang senga sabryediradir, qayin onang bo‘lsa kundashing duosida... sen bo‘lsang yig‘i quchog‘ida...202

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!