13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyto‘g‘risidag‘i ipidan-ignasigacha bo‘lg‘an xotiralarini takror-takror hikoya qilib, hikoyasioxirida: «Peshonamga sig‘madi-da, o‘ldi», deb qo‘yar, bu so‘z Otabekning ham yuragigasovuq suv sepkan ta’sirini berib, ul ham ko‘nglidan: «Manim ham peshonamga sig‘madida,tiriklayin o‘ldi» degan so‘zni o‘tquzar edi. Shu holda ikki-uch kun usta Alimnikidaturg‘ach, eng so‘ngg‘i martaba Marg‘ilon bilan xayrlashkan kabi shaharning har birnarsasiga alvido nazari bilan boqar va boshi og‘qan tomong‘a ketkandek Marg‘ilonningo‘ng‘ay kelgan darbozasig‘a qarab yo‘l olur edi. Qo‘qonda bir-ikki kun, Kirovchida uch-to‘rtkun, Qurama, Telov va shuningdek, qishloqlarda ham bir necha kunlab qo‘na-qo‘nanihoyat, Toshkandga kelib yetar yana... yana...Otabekning Marg‘ilong‘a borib kelishi shu yo‘sunda edi. Uning sirri o‘zidan boshqahech kimga ma’lum bo‘lmag‘anliqdan, orada uning holig‘a kulguchi va undan hisob olg‘uchibirav ham yo‘q, faqat ul hamma hisobni o‘z yuragidan olib, o‘z yuragiga berar edi. Shuyo‘sun oromsizlik va besaranjomlik ichida uning oy-<strong>kunlar</strong>i o‘tib turar edi.12. JONSO‘Z BIR XABAR VA QO‘RQUNCH BIR KECHAgar olg‘an hisobimiz to‘g‘ri chiqsa, bu gal uning Marg‘ilong‘a quruq qatnab yurishiningyettinchi qaytasi edi. 1267-inchi yilning kuzi — bu voqi’ag‘a o‘n sakkiz, o‘n to‘qquz oylaro‘tib ketkan edi.Ertalabki choydan so‘ng, usta Alim o‘zining qaynisi bilan oshxonasi yonig‘a yangiginaqurg‘an to‘quv do‘konlari yonida ipakka ohor berish ila ovora edi. Ammo ul bo‘lsa,do‘konxonaning ustuniga suyalgan ko‘yi qandaydir bir o‘y bilan mashg‘uldek ko‘rinar,ustaning Toshkand to‘g‘rilarida bergan savollariga «shundoq, ha, yo‘q, albatta» kabi qisqajavoblar bilan qarshi turar edi. Ul shu ko‘yi yarim soatlar chamasi so‘zsizlik so‘nggida,so‘zsizgina ko‘cha eshik tomong‘a chiqib keta boshladi, usta Alim ko‘zini ishidan uzibso‘radi:— Yo‘l bo‘lsin, Shokirbek?Otabek yo‘lak yonidan javob berdi:— Shaharni bir aylanib kelmakchiman.— Juda yaxshi, — dedi usta va: — ammo peshindan kechka qolmang, men oshnidamlab sizni kutib o‘lturaman, tuzikmi?— Tuzik, — dedi Otabek va yo‘lakdan o‘tib eshik oldig‘a — ko‘chaga chiqdi. Chiqishibilan narigi eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi. Sodiqiltifotsizgina unga qarab olg‘ach, shosha-shosha o‘ngdagi tor ko‘chaga yurib ketdi. AOtabek to‘g‘rig‘a, katta ko‘chaga qarab yurdi. Havo bulut edi.Oq bulutlar bo‘lg‘anliqdanquyoshning nuri uncha kesilmagan, quyosh to‘r ro‘ymol ichida o‘lturg‘an kelinlar kabi yeryuziga suzilib qarar edi. Bulutlarning ohistagina say-ridan sezilar-sezilmas hafif1 bir shamolyurib, yengilgina bir izg‘iriq ham yuzga kelib to‘qunar, bu izg‘iriq kishiga uncha rohatsizlikbermasa-da, lekin qayerdadir dog‘ qilinmoqda bo‘lg‘an zig‘ir moyining achchig‘ isinidimog‘qa kelturib urishidan kishiga bir behuzurlik hosil bo‘lar edi. Otabek yo‘lningayrilishig‘a borib to‘xtag‘an edi. Yuzidan ikkilanish holati sezilar edi. Bu holat ikki yo‘l ustidavoqi’ bo‘lg‘anliqdan onglanmog‘i yengil, chunki bir tomonda poyafzal rastasining yo‘li,ikkinchi yoqda to‘g‘ri ko‘cha edi. Uzoq to‘xtab turmay sobit va kuchlik adimlar bilanpoyafzal rastasiga yurdi. Garchi bu ko‘cha uning yuziga qizarib-oqarish va bo‘zaribsarg‘ayishtuslari berar edi, yana har holda ul sobitqadam edi, o‘sha voqi’adan so‘ng,onalar ta’biricha, «ilon chiqg‘an» bu ko‘chaga birinchi kirishi, birinchi jasorati edi.Ko‘chaning burilishida yana bir oz uning adimlari sekinlashsa ham, lekin oldinlashiniqo‘ymay boraverdi. Uzoqdan qutidorning tilsimlik darbozasi ko‘rinib turar edi... Darbozayonidag‘i mash’um tol daraxti ham nomuborak bir ishka guvohlik bergan kabi bo‘lar edi.Borliq kuchini asabiyat markaziga yig‘ib, tag‘in bir qayta darbozaga qarab oldi. Bu120

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!