13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriysovchi va quda xotinlarning oldilarig‘a kelib betlariga aytadir: «Hali men ersirab qolg‘animyo‘q, fotiha o‘qub tashvish chekmay uylaringga jo‘nay beringlar». Mohira oyim buyuzsizlikdan yer yorilsa yerga kirgundek bo‘ladir. Sovchilar ersa mundog‘ uyatsiz qizdanalhazar o‘qushib jo‘naydirlar. Albatta ota-onaning bunga qarshi choralari qarg‘ish varanjishdan nariga o‘tolmaydir. Og‘asi Azimbekning Xushro‘y ustiga ko‘targan mushti ham«nega meni urasiz, men falonlik qildimmi?» degan haqlik so‘z bilan darmonsizlanadir.Shu voqi’adan so‘ng sovchilar oyoqi uziladir. Xush-ro‘y uchun hech kim og‘iz solmayqo‘yadir. Chunki boyag‘i sovchilar bu favqulodda muomalani ko‘ringan biravga doston qilibo‘quydirlar. Mohira oyim ta’naga til ochadir: «Endi dunyodan ersiz o‘tasan, qizim!»Lekin Xushro‘y hanuz pinagini buzmaydir: «Er qurib ketkan emasdir, xohlasamertagayoq erga tega olaman», deydir.O‘rtadan bir necha vaqt o‘tib Azimbekning o‘rtoqla-ridan bo‘lgan Nusratbek otlig‘ birbeknikidan xotin ustiga sovchilar keladir. Mohira oyim eridan fikr so‘rash o‘rnig‘a qizig‘a arzqiladir va Xushro‘y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va og‘asijuda so‘yinishadirlar. Zero Nusratbek beklar ichida obro‘likroq kishining o‘g‘li va hozirgitutib turg‘an ishi ham ancha dong‘lik bo‘ladir. Shuning uchun uning xotinliq bo‘lishkamchiligi ham e’tiborg‘a olinmaydir. Fotihaning ikkinchi haftasi to‘y-nikohlari bo‘lib,Xushro‘yning Nusratbek bilan chodirda qilg‘an birinchi muomalasidan til biriktirib ergatekkani xotinlarg‘a ma’lum bo‘ladir.Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashigakesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi <strong>kunlar</strong>da to‘ppa-to‘g‘ri kundashustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi yonig‘akirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a olibkundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek bo‘lsako‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. Bechorakatta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita go‘daklariyuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘ykundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulibolishdan ham tortinmaydir.Tamom jonidan to‘ygan bechora kundash uchunchi oyg‘a chidab borolmay eridantaloq so‘raydir. Noiloj Nusratbek ham unga javob berishka majbur bo‘ladir. Alamzadabechora ikki go‘dakni eriga tashlab ketmakchi bo‘lg‘anida Xushro‘ydan ochiqchasig‘a shugapni eshitadir: «Itdan bo‘lg‘an qurbonliqqa yaramas! Bolalaringdan umidingni uzganbo‘lsang, itbachchalaringni bu uyda qoldir!» Xushro‘yning og‘zidan chiqg‘an bu tahdidbechora onaning yuragini uyushdiradir. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu ishdan hamtoymaslig‘ini aniq bilib, yig‘lay-yig‘lay bolalarini o‘zi bilan birga olib ketadir.Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolg‘an bir oilani ildizi bilan yulqib tashlabtinchiydir. Mundan boshqa Nusratbek kabi bir odamni ham o‘z ishoratiga qaratadir.Endi yetti-sakkiz yil bor, ul o‘z kayficha yashab ke-ladir. Har narsadan ham mamnun,biroq... Shuncha muddatdan beri ona bo‘lolmag‘anidan xafa, hamma qayg‘u hasrati anashu tug‘masliqda. Mundan ikki yilcha burun eri Nusratbek: «Olti yildan beri tug‘maysan,ko‘r-satmagan tovuping qolmadi. Endi nima qilamiz?» deb kulgan edi, Xushro‘y eriningmaqsadi nima ekanini payqab: «Bolasiz kishi dunyoda turolmaydirg‘an bo‘lsa, bir ozzaharni boshlab sizga beraman, undan keyin o‘zim yeyman!» dedi. Shundan keyinNusratbek mundog‘ gapni ikkinchi gapirmay qo‘ydi. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu so‘zinihazil deb bo‘lmas edi.15. ESINI KIRGIZDI200

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!