13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyixlos qo‘yib, unga o‘z bolasi kabi qarar: «O‘lganimdan keyin ruhimga bir kalima qur’ono‘qusa, bir vaqtlar Hasanali ota ham bor edi deb yodlasa, menga shunisi kifoya» deb qarorbergan va hozirdan boshlab Otabekka bu to‘g‘rida siporishlar2 berib, undan samimiyva’dalar olib yurg‘uchi oq ko‘ngil bir qul edi.Hasanali ustida bo‘lg‘an haligi gapdan keyin Rahmat so‘radi:— Toshkanddan nimalar keltirdingiz, bek aka?— Arzimagan narsalar: gazmol, qalapoy afzali va bir oz qozon.— Marg‘ilonda gazmol bilan qalapoy afzalining bozori chaqqon, — dedi Homid.Otabek miqrozi bilan sham’ so‘xtasini kesib tuzatdi. Orada yotsirashka o‘xshash bir holbor, nima uchundir bir so‘zlab ikki to‘xtar edilar. Bu o‘ng‘aysiz holatdan chiqish va, so‘zg‘aulab yuborish uchun Rahmat tirishkandek ko‘rinar edi.— Marg‘ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushlandingizmi, yo?..Bu savolning javobiga Otabek ikkilangandek va o‘ng‘aysizlang‘andek bo‘ldi.— Nima desam ekan... Marg‘ilonni har holda... xush ko‘rdim, Marg‘ilonTurkistonimizning to‘qug‘uchiliq hunarida birinchi shahridir.Ikkilanib berilgan bu javobdan Homid bilan Rahmat bir-birlariga qarashib oldilar.Otabek bu holatni sezdi va o‘zining so‘zini kulgulikka olib izoh berdi:— Kelgan kunimdan Marg‘iloning‘izni xushlamay boshlag‘an edim. Chunki tanishlarimyo‘q, musofirchilik bilinib qolayozg‘an edi. Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman,negaki, yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan.— Kechiringiz, bek aka, — dedi Rahmat, — men sizning Marg‘ilon kelganingizni bu kunotamdan eshit-dim. Yo‘qsa, albatta sizni zeriktirmas edim.— Aniqmi?— To‘g‘ri gap, — dedi Rahmat, — otam Toshkand borg‘anlarida to‘p-to‘g‘ri sizningeshikingizga tushsinlar-da, siz saroyga tushing. Bu taraf bilan sizdan o‘pkani biz qilsaqarziydir.— Haqqingiz bor, — dedi Otabek, — ammo birinchidan, sizning havlingizni so‘rog‘labtopish menga qiyinroq ko‘rindi, undan so‘ng molimizni ortg‘an tuyakashlar shu saroyg‘atayinlang‘an edilar.— Har holda bu uzr emas.Hasanali dasturxon yozib qumg‘on kirgizdi. Odatiy takalluflar bilan dasturxon vachoyga qaraldi. Homid nonni shinniga bulg‘ar ekan so‘radi:— Yoshingiz nechada, bek?Otabekning labi qimirlamasdan choy quyib o‘tirgan Hasanali javob berdi:— Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo‘lsa to‘ppa-to‘g‘ri yigirma to‘rt yoshgaqadam qo‘yadilar.— Yigirma to‘rt yoshga kirdimmi, ota? — dedi bek. — Chindan ham necha yoshgakirganimni o‘zim bilmayman.— Yigirma to‘rt yoshga kirdingiz, bek.Homid tag‘in so‘radi.— Uylanganmisiz?— Yo‘q.Hasanali Otabekning yolg‘iz «yo‘q» bilan to‘xtashiga qanoatlanmadi va bu to‘g‘rida o‘ztomonidan izohlar berishni lozim ko‘rdi:— Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bo‘lsa ham, — dedi, — avvaltaqdir bitmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bo‘lg‘an qarshiliq-laridan bu kungachato‘y qilolmay kelamiz. Ulug‘ xo‘ja-mizning qat’iy niyatlari bu safardan qaytg‘ach bekniuylandirishdir.3

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!