13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyishonchimiz shu o‘g‘limiz ekan va uning sog‘liq, shodlig‘i bizning tirikligimizning tiragi ekan,bas, bizga lozimi uning xursandlig‘i nima bilan bo‘lsa, shuni axtarishdir. Men yaxshibilamanki, sen bu ishlarni faqat o‘g‘lingni ayag‘aningdan qilasan va senda shundan boshqahech bir maqsad yo‘q, bu tarafdan qarag‘anda seni ham ayblab o‘lturish oson emas...Shuni yaxshi bilg‘ilkim, o‘g‘lingning oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab turishi seni xafa qilsa,meni ham sendan battar achchig‘imni qistatar, hatto ba’zi kezlarda so‘kib yuborishdarajalarigacha borib qaytar edim. Ammo sening jahlingni chiqarib kulishim bo‘lsa, faqat«o‘lganimdan kulaman, yuzimni yerga suraman» qabilidan bo‘lib, bunga sen tushunmaseding. Nihoyat sen aytkandek jonim hiqildog‘img‘a yetdi-da, o‘g‘lingni bu gal Marg‘i-long‘aborma, deb yo‘ldan qaytarib qolg‘uchi ham men— o‘zim bo‘ldim...O‘zbek oyim boshini tervatib so‘zni eshitib kelar edi. Bu keyingi so‘zni eshitkandankeyin boshini ko‘ksigacha yetkuzib, «barakalla, rahmat» degandek qilib qo‘ydi.Hoji davom etdi:— Manim bu to‘xtatib yubormay qo‘yg‘animdan xabarsizlig‘ing uchun bo‘lsa kerak,ko‘ngling dom-laxo‘janing duosiga ketib qoldi va men sening so‘zingdan kuldim. Chunkihaqiqatda buning sababchisi o‘zim edim...O‘zbek oyim eridan o‘pkaladi:— Nega axir meni xabardor qilmaysiz?— Bu to‘g‘rida menda ham ayb bor, — dedi hoji, — sen bilan o‘zimning muddaolarimizbir, deb o‘ylag‘anim uchun Otabekni koyib to‘xtatqanimdan so‘ng seng‘a kengasholmasdanoq qudalaringga bir xat yozg‘an va kelin bolani Toshkandga olib kelishlariniso‘rag‘an edim. Haytovur so‘zimni yerda qoldirmag‘an o‘xshaylar, bu kun qudadan bittajavob xati oldim. Aqlli kishilarning sadag‘asi ketsang ham arziydir: «Shu choqqacha sizlargaayttirmasdanoq ziyoratlaringizga borishimiz kerak edi. Xatingizni o‘qub nihoyatda xijolatchekdik, ayniqsa kelin bolangiz bek oyimg‘a qaysi yuz bilan qarayman, deb yuzini yuldi.Bu adabsizligini borg‘andan so‘ng albatta yuziga solmaslar, deb ishonamiz», deydir...O‘zbek oyim eriga anqayg‘ancha qarab turar edi. Haqiqatan ham hojining ustalig‘iO‘zbek oyimdek dumbul tabi’atlik xotinlarni gangitarlik edi.Ul xotinining javobini kutib o‘tirmasdanoq, tom ustiga tom yopa bordi:— Qaysi uyni bo‘shatdirsaq ekan? — deb so‘radi va javob kutmasdan, — qudalaringninima bilan kutishni bo‘lsa o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlag‘aningda ham kelmaydirgankishilar, — dedi.O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki o‘zi aytgan sihirchi hindining duosi asar qildimi,har nuchuk uch yillik adovatlar va kina-kuduratlar barchasi ham allaqayoqg‘a qarab uchibketdilar va ularning o‘rnini «ikki kelinlik bo‘lish» masalasi kelib oldi. Uzoq-yaqin xotinlarning«Hoy, O‘zbek oyimning marg‘ilonliq kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining bolasi emish.Yuringlar, bir ko‘raylik», degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu chog‘qacha Zaynabkayalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng bir qo‘sha kelinni o‘ziningoyog‘lari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi.— Har nima bo‘lganda ham tegi nozik,— dedi oyim,— izzati uchun shu uyimiznibo‘shatib beramizmi?— O‘zing bilasan.— Biz to‘rdagi uyga ko‘chib o‘tsak ham bo‘ladir. Axir tegi nozik..Uch yillik kina va adovat o‘rnida nihoyatda oliy marhamat va mehribonchilik kelibo‘lturgan edi. Uch yillik emas, uch daqiqalik o‘zgarishdan O‘zbek oyimning yuzi qizarmas vaqizarishni ham bilmas, hatto o‘g‘ul-qiz o‘sdirishni bilmaguchi Yusufbek hojidan allaqanchayuqorilarda yurar edi. Yusufbek hoji esa xotinidagi bu kulgulik o‘zgarish uchun ajablanmadiva kulmadi, chunki bu kulki tabi’atka molik bo‘lgan xotin bilan endi o‘ttuz besh yillab birgayashar edi.O‘zbek oyimni shu holga keltirgandan keyin undan so‘rab qo‘ydi:168

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!