13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Hoji akamning hamma gaplari faqat rahmdillikdan aytiladir, — dedi, — ammoo‘ylash kerakki, qipchoq bu kungacha ozg‘ina og‘aynining qonini to‘kdimi? Anovi kunMarajabbek bilan hisoblashib ko‘rsak, Qo‘qonning o‘zidan ikki yilning ichida yetmish sakkizbek o‘ldirilibdir. Hali bu hisobka fuqarodan o‘ldirilgan bechoralar kirmaydir.— Men bu haqiqatlardan tonib turg‘anim yo‘q, mingboshi. Ammo biz senga sen, debjavob bermasak, bizniki aql va insof doirasidan chiqmasa deyman...Oradan birav hojining so‘zini bo‘ldi:— Aql, insof bilan ish qila-qila endi juda to‘ydik.Hoji sukut qildi, o‘zining shunchalik gaplarini havog‘a ketib turg‘anini, majlisning Niyozqushbegi ruhida borganlig‘ini yaxshi sezdi. Mundan boshqa Niyoz qushbegining bunday birfikrga kelishi uchun uni nima majbur qilg‘an — buni ham ochiq ongladi. Niyozqushbegining barcha kinasi O‘tabboyning mingboshi belgulangan kunidan boshlang‘anini,«men turg‘an yerda, qipchoq mingboshi bo‘lsinmi!» degan kek orasida bu fikr faqat uningtomonidan maydonga chiqarilg‘anlig‘i Yusufbek hojining mulohazasidan o‘tdi. Majlisningboshqa a’zolarig‘a bo‘lsa, ish yo‘g‘idan yumish chiqarishqa talabgor bekorchilar, deb qaradi.Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini olding‘a surg‘uchi bu cho‘talchi beklargaqarshi hojining sovuqqonliq saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emasdi.— Beklar, — dedi, — manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turibaytiladir. Men hech bir vaqt inkor qilaolmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish qilg‘uchipalid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki anovilardao‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor. O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan qipchoqbachcha Normuhammadning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z umrimdagiToshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham inkor qilaolmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish ko‘rguchiboshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qora choponlilarda bo‘lmay, balki uninguch-to‘rt ma’nisiz beklarida!.. Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodnikutib, darbozamiz tegida1 qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mashhar kabi bir kunda biz chinyovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiznima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishito‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti:— Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizgaikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Sizdunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovnihar zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artibo‘rnidan turdi. — Agarda dunyodan o‘tayozg‘an bir keksangizning maslahatiga quloqbersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni o‘ldig‘a chiqarib, bu shumishingizdan meni tashqarida hisoblangiz! — dedi va majlisning o‘lturing, to‘xtang so‘zigaquloq solmay, o‘lturishni tashlab chiqdi.Hoji darbozadan chiqmag‘an ham edi, Niyoz qushbegi xaxolab kulib yubordi:— Voy vahmang qurg‘ir, hoji! Bu kun ko‘knori ichkan ekan, shekillik! — dedi.Boshliqdan kulgiga ruxsat berilgach, boshqalar ham kulishib, orada ola-g‘ovirboshlandi.— Yo‘q, — dedi Qambar sharbatdor, — hoji akaning yoshi qaytib, ko‘ngli juda hambo‘shashib ketibdir!— Voy xo‘vari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovniko‘radir!— Xudda-xudda!Muhammad Rajab qo‘rboshi boshini chayqab Niyoz qushbegiga qaradi:153

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!