13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyUning qaldirg‘ochliq qanoti ota-ona mukofoti bilan qayrilg‘an. Unga uchkali erkbermaydir-lar. Lekin hayvon uning qayrilg‘an qanotig‘a qaramasdan o‘zining eski adimtashlashida qirlar, tog‘lar oshib suvlar kechadir; yetti-sakkiz qayta borib kelgan tanishshahariga intilgandan intila beradir. Bu oshishlar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabekuchun huzur va oshiqish bag‘ishlag‘an bo‘lsalar, bu gal uni nafratlandiradirlar, bormayqaytish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir.Uzoqda qo‘sh haydab yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bufalakning gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqg‘an bu ashula tevarakni zir-r etdiribyuborg‘andek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo bu dehqon uningistiqbolidan hikoya qilg‘andek bo‘ladir. Bu bayt dehqonning og‘zidan yana takrorlanib tag‘intevarakni yong‘iratadir.1 Endi Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorniajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosig‘aOtabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuziorqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir...* * *Marg‘ilong‘a to‘rt qo‘nib kirar edi, bu gal oltinchi qo‘nishda yetdi. Tevarakdan asr azonieshitilgan vaqtda otdan qo‘ndi. Otini qutidorning yo‘lagiga yetaklar ekan, negadir yuragio‘ynab ketdi. Bu gal o‘z odatidan o‘n <strong>kunlar</strong> chamasi kechikkani uchun «balki kutib o‘lturg‘andir»deb o‘ylab haligi yurak o‘ynog‘isi tag‘in ham kuchaydi va yo‘lakdan mehmonxonahavlisig‘a chiqg‘ach, ixtiyorsiz otining bo‘ynig‘a suyalib to‘xtamoqqa majbur bo‘ldi.Chindan ham ul ayvonning oldida kutib o‘lturgan edi. Xayolot ichida Otabekning kelibkirganini sezmay ham qoldi. Nihoyat, qora ohu ko‘zlarni to‘ldirib bunga qaratib olg‘ach,o‘rnidan turdi-da, ichkari havlisig‘a burilib keta berdi. Bu burilish ma’nosig‘a Otabek allaqachontushunib qolg‘an, bu o‘zining kechikib uni zoriqdirg‘ani uchun... Kechikish uchunbunchalik araz qilg‘an bu go‘zalning kundash uchun qandog‘ holga tushmog‘i ma’lum edi.Otabek tamom bir esankirashda qoldi. Otini axtaxonag‘a bog‘lab, sovg‘a-salom to‘ldiribkelgan ipak xurjinni ko‘tarib ichkariga kirdi. Suyukli kuyavni yo‘lakda ko‘rgan Oftob oyimqilib turg‘an yumishini uloqtirib Otabekning oldig‘a yugurdi, jonini ming tasadduq qilibko‘rishkach, kechikkani uchun nechog‘liq tashvishlar tortib va qandog‘ tushlar ko‘rganinilabi-labiga tegmay so‘zlay ketdi. Allaqayoqlarda yurgan To‘ybeka ham yugura kelibso‘rashmoqqa uyalsa ham, ammo «chiroylik yigit»ning qo‘lidag‘i xurjinni oldi.Oftob oyim yugura-yugura qat-qat ko‘rpachalar solib, kuyavni o‘lturishka taklif qildi vaqarshilashni har galgidan ham oshirib yubordi. Lekin Otabek bu qarshi olinishlarg‘a judaishonchsiz qarar, bu kun bo‘lmasa ertaga «ota-ona orzusi» bilan bu siylanishlarni birdano‘zgarib ketmagiga imon kelturib, qaysi yo‘sunda o‘lturib olg‘anini ham payqamas edi.Oftob oyimning bir qancha yaxshi tilaklar bilan bo‘lg‘an duosiga ham ishonchsiz qo‘lko‘tardi va mash’um «orzu»ning bundog‘ yaxshi duolarni ost-ust qilishini o‘yladi. Fotihadankeyin Oftob oyim tovoqni xurmaga, xurmani tovoqqa urushdirib kuyavga qatiq olib chiqdiva Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay «ichingiz, yo‘l g‘uborini oladir» deb qistayboshladi. So‘ngra To‘ybekani choy qaynatishg‘a buyurib o‘zi kuyavi bilan so‘rashdi:— Otangiz, onangiz salomatlarmi?— Shukur, sizga salom aytdilar.— Hasanali otam sog‘mi, nega siz bilan kelmadi?— Shukur, sog‘, ba’zi ishlar bilan bo‘lib kelolmadi,— bu javobni berish homonoko‘nglidan kechdi: «Nega yolg‘on gapirasan, Hasanali to‘y harakatlari bilan mashg‘ulemasmi...»75

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!