13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— shuning bilan sizning najib2 oilangiz dahshatlik foji’a davrlarini kechirib, endi ma’sud<strong>kunlar</strong> arafasiga yetdi. Xatni o‘qub sizning dahshatlanishingiz emas, quvonishingiz,dushmaningizni yuz tuban qilg‘ani uchun haq taolog‘a shukur aytishingiz kerakdir!Qutidor hushini boshig‘a yig‘ayozdi va uflab tin olg‘ach, hayajon ichida so‘radi:— Men bilan Otabekni qamatdirg‘an va dor ostlarig‘a yuborg‘an Homidmi?— Homid.— Taloq xati yozg‘uchi Otabek emasmi?— Hosho va kallo1, Otabek munday gapdan xabarsiz. Uning otidan taloq xati yozg‘uchiham shu badbaxt Homid.Mundan so‘ng qutidor turib ichkariga yugirdi, yarim yo‘ldanoq tanchada o‘lturg‘uchiOftob oyim bilan Kumushka qichqirdi:— Sir ochildi!Ikkisi ham sachrab qutidorg‘a qaradilar-da, birdan so‘radilar:— Nima, qanday sir?Qutidor tanchaga borib o‘lturmadi-da, ayvon peshonasidan turib, qo‘lidag‘i xatni yuqoritovush bilan o‘qub chiqdi:«Muhtaram qayin otamizg‘a!Siz bilan meni qorong‘i zindonlarg‘a tushirib, dor ostlarig‘acha tortkan, buning ilao‘zining vahshiyona tilagiga yeta olmag‘andan keyin manim tilimdan soxta taloq xati yozibdarvoza yonidan haydattirishka muvaffaq bo‘lg‘an va bir gunohsizni shahid etkan Homidismlik bir to‘ng‘uzni nihoyat, ikki yillik sargardonligim so‘nggida yordamchilari bilantuproqqa qorishdirishg‘a muvaffaq bo‘ldim... Sizning shonli havlingiz yonida voqi’ bo‘lg‘anbu kurash albatta sizni va uy-ichingiz ham yor-do‘stlaringizni anchagina tinchsizlikkaqo‘yg‘an bo‘lsa kerak. Na choraki, yomonlarni sizning havlingiz orqasida rafiqam qasdidabo‘lg‘anlari paytida uchratishg‘a to‘g‘ri keldi va men bu ishka majbur qoldim. Buning uchunalbatta meni kechirarsiz umididaman. Faqat sizning tinchsizlanishingiz va mardumningyuqori-quyi so‘zi bo‘lmasa sizga boshqa zarar bo‘lur, deb o‘ylay olmayman. Sizdan bu ulug‘gunohim uchun afu so‘rab, haydalg‘an o‘g‘lingiz Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li».Ammo qutidor «haydalg‘an» so‘zini tashlab o‘qudi. Maktub o‘qulib bitkanda Oftoboyim, ayniqsa, Kumush qutidorning boyag‘i holig‘a tushgan edilar. Kumushning budaqiqadag‘i holini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar edi,ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi... Hozirgi eng kuchlik hissiyotini hissiyotning a’lo ifodachisibo‘lg‘an yosh bilan to‘kar edi.Qutidor o‘z tomonidan ham izoh berib chiqdi:— Men bilan Otabekni qamatib dor ostig‘a yubor-g‘uchi, Otabek tilidan soxta taloq xatiyozib bir-birimizdan judo etkuchi, Komilbekni o‘ldirguchi, uyimiz orqasini teshib Kumushqasdida bo‘lg‘uchi — hammasi ham shu battol Homid ekan... Ammo badbaxtni ikki kishisibilan tuproqqa qorishdirib ketkuchi Otabek ekan!Oftob oyim titrag‘an tovush bilan:— Uyatsiz Homid, — dedi.Kumushbibi:— Bechora begim, — deb qo‘ydi.Uchchavi ham yurakni to‘xtatib olish uchun anchagacha jim qoldilar.— O‘zi esonmikin? — deb so‘radi oxirda Kumush.— Xatig‘a qarag‘anda sog‘, — dedi qutidor.Oftob oyim so‘radi:— O‘zi qayerda emish, xatni sizga kim kelturdi?Bu savoldan qutidorning esiga mehmonxonada o‘l-turgan usta Alim tushkan edi.O‘rnidan irg‘ib turdi-da, xotinig‘a javob bermasdan tashqarisig‘a chiqdi. Ul usta Alimning144

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!