13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyBiroq Kumushbibining «Man endi er qilib bo‘ldim, mundan so‘ng erga ehtiyojim yo‘q»,degan qat’iy javobig‘a ular uzoq quloq solib turolmadilar, chunki uning bu isrorini«chidamasning so‘zi» deb onglar va tuzukrak joyi chiqg‘anda, erga berishka ham hisoblariyo‘q emas edi. Shunga ko‘ra, kelgan sovchilarning o‘zlariga yoqmag‘anig‘a gunohningbarini Kumushning bo‘yniga ag‘darib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukrak joyiniko‘zlar edilar.Kutilmagan yerga shaharning eng olding‘i a’yon va sarvatdorlaridan2 bo‘lgan Salimsharbatdor deganning Komilbek ismlik o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi.Ota-otaning kutkanlari shunday tegu taxtlik kuyav bo‘lg‘ani uchun birinchi martabasovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishka o‘ylashibjavob beraturgan bo‘ldilar. Eru xotin uzoq o‘ylashib turmay (chunki o‘ylashturg‘an joy emasedi) sovchining ikkinchi kelishida javob berishka qaror qo‘ydilar. Kumushning qarshitushmagi to‘g‘risida, albatta, ularning shubhalari yo‘q edi. Shuning bilan birga ota-onaningso‘zini yerda qoldiradi, deb ham o‘ylamas edilar.* * *Kuz <strong>kunlar</strong>ining oyog‘i va qish <strong>kunlar</strong>ining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilibtugalgan, yer yuzi o‘zining qishqi sariq kiyimini kiygan edi. To‘rt tomonining o‘ralg‘anlig‘isoyasida yaproqlarini to‘kilishdan saqlab qolg‘an bu gilos yog‘ochlari ham bu kun tungiqora sovuqqa chidalmay, yelning ozg‘ina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzibtashlamoqda edilar. Havo ochiq bo‘lib, quyosh tuzukkina ko‘tarilgan, ammo uning o‘zi hambu kun uncha ta’siri yo‘q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da keskan edi.O‘rta eshikdan Kumushbibi ko‘rindi. Burung‘i to‘la-lig‘i ketib ozg‘inlang‘an va lekin buozg‘inliq uning husniga kamchilik bermay, bil’aks yuqorilatqanlar. Kamon qoshlari ortiqmavj urib o‘zini ko‘rsatkan, bir oz bota tushkan shahlo ko‘zlar tag‘in ham tim qoraliq, tag‘inham nurlilik kasb etkan edilar. Bu kungi sovuqqa qarshi kiyib olg‘an sovsar po‘stininingyoqalig‘i kishining hasadini ortdirib, nafis bag‘baqalarni o‘pib yotar edilar. Biroq unda birkamchilik bordek ko‘rinar edi: shahlo ko‘zlar burung‘idek o‘ynab turmas va so‘ng chekdagibir og‘irliq bilan harakatlanar edi. Bir tomondan qarag‘anda bu og‘irliq-da unga bir oliylik,ulug‘vorliq bag‘ishlag‘andek. Kelib ayvon muyishig‘a o‘lturdi-da, ko‘zlarini og‘irg‘inaharakatlandirib, ketma-ket chip-chip etib to‘kilmakda bo‘lg‘an hazonlarg‘a qaradi va har biryaproqni yuqoridan kuzatib yerga qo‘ya bordi. Ul yerga tushkan har bir yaproqda o‘ziningtarjumai holini o‘qur, o‘zini-da mavqi’idan ayrilib, hechka chiqib turg‘an shu xazonlardanayira bilmas edi. Ayira bilmadi-da, latif ko‘kragini to‘rt enlik ko‘tarib tin oldi va ko‘zlari jiqyoshg‘a to‘ldi. Yeng ichidan bir-birisiga o‘tquzilg‘an ikki qo‘lini barobar ko‘tarib ko‘z yoshiniartar ekan, ichkari havlidan Oftob oyim chiqib kelar edi. Ul yer ostidan qizig‘a ko‘z qirinitashlab mehmonxona eshigini ochishg‘a tutindi. Oftob oyimning orqasidan Oyshabibi hamko‘rindi, kelib Kumush yonida to‘xtab so‘radi:— Nima qilib tashqarida o‘lturibsan?— O‘zim, — dedi Kumush qoshlarini chimirib, chetka yuzini o‘girdi.— Mehmonxonaga kirsang, sen bilan ikki og‘iz maslahatimiz bor edi.— Nima maslahatingiz bor?— Oldin kir, bolam, — dedi kampir va Kumushning yelkasiga qoqib turg‘izdi. Ularichkaridagi sovchi xotinlarni yolg‘iz qoldirib, Kumushning so‘zini olish uchun tashqarig‘achiqg‘an edilar. Ammo Kumush bo‘lsa sov-chilarning oldidan rizosizlig‘ini onglatqandek birnamoyish bilan ketkan edi. Ul mehmonxonag‘a kirgandan so‘ng ham tersayib tokchalardannedir axtarg‘andek yurina boshladi.— Tokchada san qidirg‘an narsa yo‘q, kelib yonimizg‘a o‘ltur, — dedi Oftob oyim.115

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!