13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— O‘lturganimdan sizga bir pullik foyda yo‘q, sov-chingizga o‘zingiz bilgan javobniberavering!Oyshabibi qizig‘a ma’nolik qilib bir qarab oldi:— Bolam, axir ikki og‘iz gap eshit-chi oldin! — dedi.Kumush o‘ltura bermagach, Oftob oyim qizishdi.— Qizim, saning bu qarshilig‘ingdan muddaong nima?!— Siz bilan otamg‘a muddaomni necha qaytalab aytdim-ku: mundan so‘ng bu ishnixohlamayman.— Dunyodan toq o‘tasanmi?— Toq o‘tamanmi, yo‘qmi, buni tangri biladir.— Man saning hali ham o‘sha uyatsiz eringdan ko‘ngil uzolmag‘aningni bilaman.Saning bu xomtama’lig‘ing koni bolalig‘ingdir. San yaxshi bilki, mundan so‘ng otang uluyatsizga o‘z uyidan joy bermaganidek, uyatsizning o‘zi ham uzil-kesil sani tashlag‘andir.Agar so‘zimga ishonmasang mana buni o‘qub qara, dedi-da, Kumushka bir qog‘oz uzatdiva davom etdi. — Biz buni san unga xat yozg‘aningdan so‘ng javob o‘rnida olg‘an edik.Biroq o‘sha vaqtda bu uyatsizning birinchi taloq xatisi ham sanga yetib ortqanliqdanbunisini sandan yashirg‘an edik. Hamon-da saning umiding kesilmagani uchun bu xatniham ko‘rsatmakchi bo‘ldim! — dedi. Kumush qog‘ozni onasidan oldi:«Matluqam1 Kumushbibiga. Manim birinchi xatim bilan sizning menga qilaturg‘anerkaliklaringizga bir chek qo‘yilg‘an kabi edi. Lekin bunga tushunmabsizmi va yotushunishka tilamabsizmi, haytovur yana ham eski erkaliklaringizni tark etmabsiz.Xatingizni o‘qur va o‘zimni kulgidan to‘xtata olmas edim. Orzuga ayb yo‘q, deydirlar.Chekdan oshib qilg‘an hujumlaringiz eski qadrdonlig‘ingiz otig‘a kechiriladir. Endilikda sizgamendek vafosiz va hiylagar bo‘lmag‘an yangi er topilg‘ay edi, deb addoi Otabek Yusufbekhoji o‘g‘li, 26 javzo, 1265-nchi yil, Toshkand».Maktub uning yurak jarohatini qaytadan tirnab tashlag‘an edi. Ko‘z yoshini duv-duvto‘kib, xatni o‘z taxig‘a soldi va o‘zidan javob kutib turg‘an achasi bilan onasig‘a dedi:— Men bu uyatsiz yirtqich bilan yarashmoq uchun umid tutmayman, shuning bilanbirga er ham qilmayman!— Nega? — deb so‘radi onasi.— Negami? — dedi Kumush va yig‘lag‘an ko‘yi javob berib boshladi: — Negaki meno‘zimning suygan va muhabbat qo‘yg‘an erimdan buncha uyatsizlik, bu yanglig‘ vafosizlikko‘rdim. Endi er degan shu bo‘libdimi? Mundan ko‘ra dunyodan toq o‘tkan yaxshiroq,yolg‘iz yurgan tinchroqdir. Shuning uchun qizingizg‘a er otidan so‘zlamang-da, yafroq kabititrayturg‘an yuragiga dahshat ham solmang!Bu so‘zdan so‘ng Oftob oyimning onaliq ko‘ngli erib ketkan, ichkarida javob kutibo‘lturg‘uchi sovchilarg‘a qanday bahona topib kirishni-da o‘ylab ulgurmag‘an edi:— Yig‘lama, — dedi. Kumushni mehmonxonada qoldirib onasi bilan chiqdi.* * *Salim sharbatdorniki qutidorg‘a nihoyatda ma’qul tushib qolg‘an edi. Shuning uchunxotini va qizidan so‘rab o‘lturmay bir kun do‘konidan erkak sovchilar bilan bitishib hamkeldi va xotinig‘a «men bu kun fotiha qilib keldim, nima bo‘lg‘anda ham endi qizingniko‘ndirmasang bo‘lmaydir», dedi. Ammo Oftob oyimning er otini eshitkanda titrayboshlayturg‘an qizi bilan uchrashmoqqa aslo toqati yo‘q, erining bu so‘zini eshitkandatamom o‘zini yo‘qotqan edi. Ul qizini ko‘ndirish uchun qutidorg‘a va’da berganda o‘z holiniikki yoqdan o‘qtanilg‘an xanjar orasida qolg‘uchig‘a o‘xshatar, qaysi tomong‘a qimirlasaham muhlik1 yara olishini aniq bilar edi. Shu kundan so‘ng bechora onaning og‘ir <strong>kunlar</strong>iboshlandi. Eriga bergan va’dasini aslo bajara bilmas, bul haqda qizig‘a og‘iz ochib so‘zlay116

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!