13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Nimaga? — deb so‘radi Mohira oyim.— Nega Zaynab semizu Kumush ozg‘in?!O‘zbek oyim javoblandi:— Buning hikmatini mendan so‘ra, bolam, — dedi,— Kumushing o‘zingga o‘xshashserfikr ko‘rinadir, Zaynab bo‘lsa menga o‘xshash quvnoq.Otabekni o‘ziga o‘xshatqani uchun Kumush qayin onasidan rozi bo‘ldi. Ammo Zaynabo‘zini Otabekdan chetka qoqqani uchun O‘zbek oyimga g‘ijindi.O‘zbek oyimning bu fikriga Karima otin qarshi tushdi:— Yanglishdingiz, oyi, — dedi, — bundagi farqni Yusuf-Zulayho qissalarini o‘qug‘ankishi biladir... Uch oy degan fursat ozg‘ina vaqt emas, Kumush xonimning ozg‘anisog‘inishniki!Karima otin qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarayozdi. Ya’ni Otabek bilan KumushniYusuf-Zulayxoga o‘xshatib, Zaynab va qarindoshlarini o‘t ichiga tashlag‘an edi.— O‘zbek oyimniki to‘g‘ri, — dedi Mohira oyim, — Zaynab quvnoq, Kumushnisa manimko‘zimga ham serfikrga o‘xshab ko‘rinadirlar...— To‘g‘ri-to‘g‘ri, — dedi Xushro‘y.Kumush bilan Oftob oyim oradan kechkan sirga tushunib jim o‘lturar edilar. Kumushyer ostidan Otabekka rizosizcha ko‘z tashladi.— To‘xtanglar-chi, — dedi Otabek, hamma unga qaradilar, — hech qaysilaringiz hamtopolmadingiz.— Topolmag‘an bo‘lsaq o‘zingiz ayting! — dedi Sharofat chevar.— O‘zlaringiz topolmag‘andan keyin men aytib nima qilay?— Men topdim, xax shayton! — dedi Karima otin, — qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oqgulning ham o‘z oldig‘a isi bor, demakchi!Hamma birdan kulishib:— Xudda-xudda! — deyishdilar.Otabek kulib o‘rnidan turdi va «topolmadingiz, topolmadingiz» degancha uydan chiqdi.Kumush bilan Oftob oyimning ko‘nggillari birdek bo‘lsa ham bu kashfdan keyin Zaynabbilan Mohira oyim ancha yengillashdilar. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuqberildi.11. KUMUSHNING SO‘Z O‘YUNIShomga yaqin mehmonlar tarqalishdilar. Mehmon-xonada hoji, qutidor, Hasanali vaOtabek qolg‘an edilar.Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak1olar edi.— Men sizlardan juda xafa bo‘lg‘an edim. Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘atashlash darajasiga yetgan edim. Nahotki uch yil bo‘lsayu — bir yo‘li o‘z bilgularingizchakelmasalaringiz. O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa... Axirmanim ham o‘zimga yarasha obro‘m bor. Toshkandda kimsan, Yusufbek hoji deganingko‘chiman2. Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar... Qushbegininguy ichlari bo‘lsa, bir ishni manim kengashimsiz qilmaydirlar... Shuncha obro‘ ko‘rgan birkishi kelib-kelib nahotki o‘z qudasidan va kelinidan munchalik obro‘sizlik ko‘rsa...Shahardagi kattadan kichik ertayu kech quloq-miyamni yeydirki, hoy, marg‘ilonliq keliningizkeldilarmi, nega shundog‘ keliningiz bo‘laturib Marg‘ilong‘a tashlab qo‘yibsiz? Men bo‘lsamhech so‘z topolmag‘animdan aytaman: — Kelinimning onasi kasal emish... Ikkinchi vaqtda:— Kelinim bechora munglug‘1... deyman. Endi ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulningto‘qidek kelinim bor ekan... Men bu adabsizga tag‘in o‘zim o‘lturgan uyimni bo‘shatibberibman-a, — der edi.181

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!