13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyayvonning oldig‘a o‘lturdi va boshini qo‘llari orasig‘a oldi. Bu xo‘rlik, bu odatdan tashqariuyatsizlik bechora qutidorni juda ezgan; nima qilmoqg‘a, xo‘rlang‘an, tahqir etilgan qizinine yo‘sunda yupatishka, bu qora <strong>kunlar</strong>ni qandog‘ qilib o‘tkazishka bilmas edi. Shu holdane vaqtg‘achadir qoldi. Erining kechikishidan xavfka tushib, Oftob oyim uning yonig‘achiqqanda ham ul boyag‘i holda edi.Eru xotin qizlarining yonig‘a kirdilar-da, uning oyoq tomonig‘a o‘tib sekin-sekino‘lturishdilar. Anchagina bir-bilariga qarashib qolg‘ach, Oftob oyim olg‘an taassurotiniichiga yutaberishka chidalmadi-da, yog‘murdek ko‘z yoshini to‘ka berdi. Qutidor hamxotinini kutib turgandek ko‘z yoshlari bilan soqolini yuvmakka oldi. Ko‘zi yumuq bo‘lsa hamularning hozirgi hollarini sezib yotg‘an Kumushningda qaynab chiqg‘an ko‘z yoshlari ikkichakkasidan yostiqg‘a oqib tusha boshladi. Shu choqda na uchundir toqchada yonibturg‘an sham’ ham lip-lip qildi-da, o‘chdi... Shuning ila bu havlini chin ma’nosi bilanqorong‘uliq bosdi.* * *Bu voqi’aning uchunchi kuni Kumushbibi yillab yotg‘uchi og‘riqlardek sarg‘ayib ozg‘an,endigina g‘unchadan chiqayozgan bu yosiman gulni xoin qo‘llarning zahri so‘litkan, fasodo‘chog‘ining uyatsiz mufsidlari1 husn bog‘ining bu yangi erkasini ishong‘an va ko‘z tikkanjihati ismidan tahqir qildirib umidsiz bir vujud yoki jonsiz bir haykal holig‘a qo‘yg‘an edilar.Uning ko‘zlarida doimiy bir ma’yusiyat, arimas bir huzn,2 har onda bir entikib chayqalishedi. Oftob oyim ham so‘ng chekda xo‘rlang‘an esa-da, lekin unga bu xo‘rliqdan burun u-bubilan qizini ovitish, uning ko‘nglini ochib bu sovuq, uyat gapni unutdirish, har holdako‘zining oqu qorasi bo‘lg‘an Kumushni birar kasalga chalinmaslig‘i yo‘lida tirishishmuhimroq edi. Va ikki gapning birida «Ortiq o‘ylama, qizim... Esingdan chiqar, endi xafabo‘lg‘aning bilan sira foydasi yo‘q», der edi. Kumush bo‘lsa hushsizlarcha onasining og‘zig‘aag‘rayar va har qachon ma’yus edi. Kumushning bu holi bechora onaning yuragini uzar,yuz xil vasvasalarga solar edi.— Kumush, — dedi Oftob oyim tushlik choydan ke-yin, — qaytag‘a tog‘angnikiga boribkelmaymizmi?— Nima qilamiz tog‘amnikida?— Nima qilar edik. O‘ynab kulamiz, qayg‘ularingni ko‘chaga tashlaymiz.Kumush onasining so‘ziga nima uchundir kuldi va «mayli» dedi.— Tur bo‘lmasa, yuz-qo‘lingni yuvib otlan, xudo o‘lim bersin uyatsiz eringga.Kumush muloyimg‘ina qilib onasig‘a qarab oldi. O‘rnidan turib To‘ybeka hozirlabbergan obdasta yonig‘a yuvinish uchun o‘lturdi.Ular tamoman yo‘lg‘a hozirlang‘an edilar, yo‘lak tomondan o‘tkan kun xat keltirganxotin ko‘rindi. Kumushning ko‘ziga bu xotin ofat kabi ko‘rinsa ham, ammo ikkinchi tarafdanul so‘yindi. Onasini kelguchi xotin bilan tanishdirib, kim bo‘lg‘anlig‘ini so‘zladi.— Xi-xi, aylanay boyvuchchalardan... Shundog‘ qizimnikiga o‘tkan edim, qix...alva’ddayn1, deb yo‘l ustidan burilib kirdim... deb puchuq xotin so‘zlanib kelar edi. Onabolaqo‘lg‘a olg‘an paranjini yerga qo‘yishg‘a majbur bo‘ldilar. Xotin Kumush bilanko‘rishkach, aching‘ansumon so‘radi: — Ha, aylanay, poshsha qiz, sizga nima bo‘ldi, judao‘zingizni oldirib qo‘yibsiz?Puchuqqa joy ko‘rsatib, Oftob oyim javob berdi:— Bir-ikki kundan beri tobi yo‘q.— Xudoy saqlasin, xudoy saqlasin, — dedi xotin, — qix... bevaqt kelib sizlarni yo‘ldanto‘xtatdimmi... xayr, xudo singlimni yomon ko‘zdan asrasin, — deb fotiha o‘qudi.— Xush kelibsiz, — dedi Oftob oyim...94

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!