13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— O‘zingizning aralashishingiz chakki-da, — deb qo‘ydi.Kumush jiddiy tus oldi:— Siz aytkandek Zaynab gumbazda ham ayb yo‘q, menga qolsa hamma gunoh bekotam bilan xon oyimda,— dedi. — Orzu-havaslik joyni qidirmasdan qizlarini bir kishigaberib qo‘ya qolsalar — albatta bu savdolar yo‘q edi... Nahotki ikki yildan beri nechabechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkand qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozg‘inayo‘lmi, axir?Otabek xaxolab yubordi:— Hamon aybni o‘z bo‘yningizga olmaysiz, astag‘-firulloh...Zaynab Kumushdan:— Bek otangiz bilan xon oyingiz kim?— Haligi men aytkan o‘rtog‘imning ota-onalari... Orzu-havas qidirib bechora qizlariniqaritib qo‘ydilar.— Nega siz tayyor kuyavdan o‘rtog‘ingizni aynatdingiz?— Davlati bo‘lsa ham o‘zi teri namoyish edi... Kishi davlat uchun erga tekkandan yergateksin...— Albatta, — dedi Zaynab.Otabek Kumushning so‘z o‘yuniga ajablanar va xoy shayton, degandek unga qarar edi.Kumush yana tinchiy olmadi:— Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor, — dedi.Otabek jo‘rttaga so‘radi:— Qanday daxli bo‘lsin. Sizga qolsa, butun shahar daxldor ekan-da?— Shoshmang jonim, — dedi Kumush, — nega o‘ylamay-netmay eshigiga bosh uribkelgan bir yigitni quvlab soladir?— Astag‘firulloh... uning quvlanishig‘a ham Homid sabab bo‘lg‘an. Homidningyomonlig‘ig‘a ersa siz sabab bo‘lg‘ansiz...Zaynab nimadir so‘ramoqchi bo‘lg‘an edi, Kumush unga yo‘l bermadi.— U ham emas, bu ham emas, — dedi, — hammasi xudoning taqdiri.Otabek:— Ana endi to‘g‘ri aytdingiz.Kumush:— Ikki o‘rtada dum qidirib quloqdan ham ajralg‘an puchuq oyimning holi hamxudoning taqdiri!Otabek kuldi. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmag‘an, shunga ko‘ra Kumushdanizohlar olmoqchi edi. Kumush unga izohlar uyushdirishni xohlamag‘anliqdan so‘zni chetkachalg‘itib yubordi:— Necha yoshqa kirdingiz, Zaynab opa?— O‘n to‘qquzg‘a shekillik.— Hali siz bola ekansiz, — dedi Kumush.— Siz nechaga kirdingiz?— Meni so‘ramang, men endi qarib qoldim...Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi:— Hali yoshqa o‘xshaysiz-ku.— Necha yoshqa kirgan deb o‘ylaysiz?Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamaliq g‘ubortegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. Zaynabka qolsa ehtimolkiKumush o‘zidan ham yosh chiqar edi.— Men qayoqdan bilay...— Yigirmaga kirdim.— Mendan bir yosh katta ekansiz.183

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!