13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyRayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabay-roq to‘nlik kishi Hasanalini ko‘rishihamono:— Ha-a-a, bizning Hasanali-ku! — dedi, — kel, Hasan ko‘rishaylik, Otabek esonmi?Hasanali kelib ko‘rishdi, Yusufbek hoji ko‘rishar ekan, Azizbekka dedi:— Bu bizning kishimiz taqsir, Marg‘ilondan keladir.Azizbek labini tishlab qoldi. Chunki darboza taqillatib, otini hurkitkan Hasanalinijallodg‘a topshirish niyati, albatta yo‘q emas edi. Yusufbek hojining so‘ziga javob bermayyo‘lida davom etdi. Hasanali sipohlar orqasidan, Yusufbek hoji Azizbek ketidan o‘rdag‘aqarab yurdilar. O‘rda darbozasiga yetkandan keyin kutib turg‘an o‘rda begi Azizbekningqo‘ltig‘idan olib otdan tushirdi. Azizbek o‘rda ichiga kirmakda ekan, Yusufbek hoji otdanqo‘nib so‘radi:— Menga ruxsatmi, bek?Azizbek yo‘l ustidan hojiga qaradi:— Ruxsat, ertaga choyni o‘rdaga kelib iching.— Yaxshi, taqsir.Yusufbek hoji sipohlardan birining qo‘ltiqlashi bilan otig‘a minib, narida kutib turg‘anHasanaliga qarab yurdi. Sipohlar ham o‘rda ichig‘a ot yetaklashib kira boshladilar.Yusufbek hoji Hasanalining vaqtsiz ham Otabekka qaytishidan tashvishlangan vaqanday bo‘lsa ham bir falokat yuz berganiga ishongan edi:— Nega vaqtsiz kelding, Otabek sog‘mi? — deb so‘radi.Yusufbek hoji Hasanaliga yetmasdanoq bu savolni berdi, Hasanali eshitmadimi yoxudeshitsa ham eshit-maganga solindimi, har nuchuk javob bermadi.— Nega indamaysan?— Otabek salomat...— Bo‘lmasa, nega vaqtsiz kelding, Otabek qani?Otabekning qamalishidan xabar berish Hasanali uchun juda og‘ir tuyilgan edi. Nihoyatko‘zidagi yoshini artdi-da:— Otabek Marg‘ilon hokimi tarafidan qamaldi, — dedi.— Nega, nega? — dedi hoji, otidan sachrab yiqilishga yetkan edi. — Sababi nima?— Sababi ma’lum emas.— Astag‘firulloh, — deb qo‘ydi hoji, o‘zini bir oz to‘xtatqan edi.Hasanali Otabekning Marg‘ilon borg‘anidan tortib, qamalishig‘acha bo‘lg‘an hikoyalariniso‘zlab ketdi. Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib o‘tkardi.— Marg‘ilonda turib bir ish chiqarishg‘a ko‘zim yetmagandan keyin Toshkand kelishkamajbur bo‘ldim, — dedi Hasanali va shu gap bilan mojaroni so‘zlab tugatdi. Hoji vaqi’anieshitib, chuqur bir mulohaza ichida borar edi. Uning qanday kishi bo‘lg‘anini Toshkandningyetti yosharidan yetmish yosharig‘acha bilganlikdan guzar va mahallalarda unga duchkelgan kishilar joylaridan turib salom berarlar, hoji bo‘lsa javob qaytarishni bilmas, go‘yokishilarni ham ko‘rmas edi. Nihoyat shu holda ko‘b yurgach, orqasida kelmakda bo‘lg‘anHasanaliga qarab otining boshini burdi va:— Otabek bilan birga qamalg‘anlarni necha kishi deding? — deb so‘radi.— Uch kishi: biri Mirzakarim qutidor, ikkinchi Ziyo shohichi, uchunchi Rahmat.— Yaxshi, sen bu to‘rtavining o‘lturishlarida bo‘lg‘anmiding?— Bo‘lg‘an edim.— Nima va qaysi to‘g‘rilarda so‘zlashdilar, Otabek qipchoqlarg‘a qarshi so‘zlamadimi?— So‘zlamadi. Boshqalarning ham bu to‘g‘rida so‘zlari bo‘lmadi.— Ularning majlislarida bo‘lmagan vaqting ham bo‘ldimi?— Har bir o‘lturishlarida men hozir edim.— Yaxshi, sen ular bilan qay yerlarda o‘lturish-ding?— Birinchi martaba Ziyo akanikida bo‘ldiq, ikkin-chi...47

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!