13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyZaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan «pismiq» deb ism olg‘an, onasi bo‘lsaachchig‘i chiqg‘anda «ming‘aymas o‘lgur» deb uni qarg‘ar edi. Ayniqsa quyida zikrqiladirg‘an holimiz bu ikki opa-singilning xarakteridagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchunyetadir:Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig‘a kiyimlik oldiraredi. Oldirg‘an kiyimlik Xushro‘yg‘a yoqmasa darrav yaramag‘anini aytib almashdiribberishka dadasini majbur etar va ko‘nglidag‘ini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab bo‘lsao‘ziga kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafa<strong>kunlar</strong>i kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so‘zlashmay qo‘yar edi. Mohira oyimqizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab «Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, tag‘in nima jin urdiseni?» deb so‘rag‘anida, Zaynab qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham javob bermas edi.Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig‘i bilan almashar va yig‘i orasimaqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi. Birar joyga mehmondorchiliq uchunboradirg‘an bo‘lsalar, Xushro‘y hammadan ilgari e’lon etar edi: «Men ham boraman!»Albatta uni qoldirib ketish uchun endi hech kimda had yo‘q. Ikkinchi vaqt: «Menbormayman!» Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasiHanifa bir joyga otlanadirg‘an bo‘lsalar, «boraman, bormayman» demas, ular hamyig‘lamag‘an bolag‘a sut berilmas qabilidan indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar.Kechqurun qaytib kelsalar bir burchakda Zaynab yig‘lab o‘lturipti:— Nega yig‘laysan?— Nega meni birga olib ketmadingiz...Zaynabning shu fe’li balog‘atka yetib, erga tekkandan keyin ham o‘zgarmadi.Otabekning Zaynabka bo‘lg‘an munosabatini o‘qu-g‘uchig‘a albatta so‘zlagulugi yo‘q.Eri unga oylab, yillab qaramay qo‘yg‘anida ham ul ih deb tovush chiqarmadi. Otabekningbu holiga qarshi chiqg‘uchi va Zaynabni yo‘l-yo‘ruqqa solg‘uchi yana faqat O‘zbek oyimediki, buning sababi ham izzatlik o‘qug‘uchimizg‘a bir daraja ma’lum bo‘lsa kerak. Sut bilankirgan jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘shal vaqtlardag‘i tashviqotlari hamuning tarafidan faqat «kelinlik» majburiyati ostida qabul qilinar, masalan, qayin ona —«falonchi domlag‘a borib mundog‘ qil, Zaynab», deb buyurmag‘uncha o‘rnidan qo‘zg‘almasva shuning bilan birga erining tashlab qo‘yishi to‘g‘risida onasi, egachisi va boshqayaqinlarig‘a churq etib og‘iz ochmas edi. Zaynabning bu holiga hukman — «erining qarashva qaramaslig‘i uning uchun farqsiz edi» deb aytish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydir. Chunkikundashining Toshkandga kelish xabarini eshitkan Zaynabni biz yuqorida Otabekquchog‘ig‘a tashlang‘an holda ko‘rib edik. Xulosa, Zaynabning bolaliq vaqti bilan hozirgiholini chaqishdirib qarasaq ko‘ramiz; yosh Zaynab bir oy ilgari tikilib qo‘yilgan kiyimningo‘ziga yoqmag‘anini faqat arafa kuni aytib, yig‘laydir, bu kungi Zaynab o‘ziningmuhabbatini eriga faqat kundashi kelib yetar oldida e’lon qiladir.Biz yuqorida yosh Xushro‘y bilan o‘qug‘uchini bir darajada tanishdirgan edik. Endiuning oila hayoti bilan ham tanishdirishka majburmiz:Xushro‘yning erga tegishi ham o‘ziga o‘xshash fav-qulodda bo‘lg‘an edi. Masalanaksariyat qizlarimiz ota-ona kimni muvofiq ko‘rsa, shunga tegishka majburdirlar. LekinXushro‘yniki mundog‘ bo‘lmadi. Xushro‘y o‘n sakkiz yoshka yetkandan keyin unga sovchilarkela boshlaydirlar.1 Tabiiy Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning ra’yini olmasdanturib bir ish qilmoqdan qo‘rqadirlar. Olim ponsadboshig‘a ma’qul bo‘lg‘an necha yigitlar,Mohira oyimg‘a yoqg‘an qancha tegu taxtlik xonadonlar Xushro‘y tomonidan rad qilinaboradir. «Falonchining o‘g‘limi?» deb so‘raydir Xushro‘y va onasidan javob kutmay: «xudoyko‘tarsin erni. O‘shanga tekkanimdan ko‘ra, qaro yerga tekkanim yaxshi!» deydir. Birnecha vaqt shu yo‘sun Xushro‘yning ra’yiga qarab er-xotin zerikadirlarda, o‘zlaricha birjoyga qudalashmoqchi bo‘ladirlar. Ularning andishasini bilgan Xushro‘y boshda bungaqarshi bir narsa demaydir. Ammo uzil-kesil fotiha o‘qub, qudalashish uchun uylariga kelgan199

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!