13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyBu maxtovlar bilan terisiga sig‘may ketkan Hasanali javob berdi:— Toshkand Beklarbegi madrasasining2 peshqadam mullabachchalaridan edi, lekinuch yilcha bo‘ldi, xo‘jamiz madrasadan olib savdo ishiga qo‘ydilar.— Xudo har narsadan ham bergan yigit ekan, — dedi qutidor.Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maxtar edi, lekin Homid bu maxtashlarg‘aishtirok etmas va nimadandir g‘ijing‘andek ko‘rinar edi. Shu orada qutidorning«uylanganmi?» deb Hasanalidan so‘rashi Ho-midga yana boshqacha holat berdi.Hasanalining so‘ra-g‘uchig‘a bekning qiz yoqdirmaslig‘ini sabab ko‘rsatib, shu kungachauylanmay kelganligini tafsili bilan hikoya qilib berishidan so‘ng ul toqatsizlang‘andek bo‘ldi:— Balki begingizning tama’lari xon qizidadir, — dedi istehzo bilan Homid, — bundog‘yigitlar uylanganlarida ham kishi qizini umr bo‘yi azob ichida o‘tkazadirlar...Sababiga tushunish qiyin bo‘lg‘an bu istehzoga qar-shi Hasanali sukut qilmadi:— Men uning xon qizini olish maqsadi borlig‘ini bilmayman, — dedi kulimsirab, — biroqul xon qizini olsa arzimaydirgan yigit emas... hatto zarxarid1 quli bo‘lg‘anim holda mengaham qattig‘ so‘z aytishdan saq-lang‘an bir yigit o‘z nikohida bo‘lg‘an ozod bir qizg‘a albattazahmat bermas, deb o‘ylayman. Ba’zi xotin uradirgan va xotin ustiga xotin olib, xotinlarig‘azulm qiladirg‘an hayvonsifat kishilardan bo‘lib ketishi menimcha ehtimoldan juda uzoqdir,inim mulla Homid...Hasanali o‘tkan faslda Homidning o‘z og‘zidan xotinlarig‘a qarshi qamchi ishlatkaninieshitkan edi. Shunga binoan uning bu oxirg‘i jumlasi Homidni yerga qaratib, lom deyishkamajol bermay qo‘ydi. Ziyo shohichi qaynisi Homidga «Tuzlatildingmi»? degandek qilibqaradi va Hasanalidan afu so‘radi:— Kechirasiz, ota, — bizning Homidboy shunaqa qo‘lansa gaplar uchun yaratilg‘anodam.Qutidor ham Hasanalining ko‘nglini ko‘tarib tushdi:— Gapingiz to‘g‘ri, ota, — dedi, — Otabek xon qizig‘a loyiq bir yigit ekan.Bahslashish uchun Homidga yo‘l qolmag‘an edi. Bir turlik iljayib yer tegidan Hasanaligako‘z tashladi.Oshdan keyin boshlab Homid, so‘ngra boshqa meh-monlar tarqalishdilar. Otabek bilanqutidorning yo‘llari bir bo‘lg‘anliqdan birgalashib ketdilar. Qutidor havlisiga qayrilar ekan,bek bilan xayrlashdi:— Albatta, birisi kun biznikiga marhamat qilasiz, tuzikmi?— Xo‘b, amak.— Bizniki mana shu burchakdagi eshik... Qaytag‘a bu kun biznikida qolsangizbo‘lmasmi-a?— Rahmat... Xayr, salomat bo‘lingiz.Ular to‘xtab so‘zlashqan o‘rinlaridan xayrlashib uzoqlashg‘ach, shundagi birburchakdan choponig‘a burkangan bir kishi chiqib, haligilar kelgan tomong‘a qarab yurdi...3. BEK OSHIQSaroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochibichkariga sham’ yoqdi va bekning to‘shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. AmmoOtabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilg‘anidan, sham’ yoqilib, o‘rinyozilg‘anidan go‘yo xabarsiz kabi ustung‘a suyalg‘ancha qotib turar edi.— O‘rningizni yozdim, bek.Otabek bu so‘z bilan hujraga kirdi va borib to‘shagi yonig‘a o‘lturdi. Hasanali bekningyeshinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib yoqilg‘an sham’ni o‘zi bilan narigi hujragaolib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to‘shagi yonig‘a o‘lturdida, yana o‘ylab qoldi... Otabekbir necha <strong>kunlar</strong>dan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi.9

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!