13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Mana bu xat ham sizga emish, — dedi-da, Hasanali unga bir maktub uzatdi, —boya birav berib ketkan edi, — dedi va shoshib-pishib qazo bo‘layozg‘an asr namozinio‘qush uchun joynamoz yozdi. Otabek maktubning unvoniga ko‘z tashladi: «Toshkandda...mahallasida turg‘uchi Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lig‘a tegsin». Kim tomondan yozilg‘anligiunga ma’lum bo‘lib, qo‘lidag‘i kitobni toqchag‘a qo‘ydi va shosha-pisha xatni ochdi.Katta qog‘ozda tussizroq siyoh bilan yozilg‘an uzun bir xat. Uning ko‘zi yozuv ustidasuzdi. Suzgan sayin negadir uning tusida ulug‘ bir o‘zgarish, vujudida bir titroq voqi’ edi.Bu xat unga so‘yinch berar edimi, dahshatmi o‘zidan boshqag‘a majhul edi. Shu majhulo‘zgarishlarning so‘ng chekiga borib yetkandan keyin xatdan ko‘zini oldi va ixtiyorlikmi,ixtiyorsizmi, haytovur bor tovshicha «qo‘rqutmoqchi!» deb yubordi. Bu so‘z bilan Hasanaliham nari-beri namozini bitirdida, joynamozdan burilib qaradi:— Nima gap?— Hech gap yo‘q, — dedi Otabek va esankirash vaziyatida unga qaradi:— Qo‘rtqutmoqchi, dedingiz-ku, xat kimdan?— Xatmi? — dedi va shuning ila bir oz esini o‘ziga yig‘ib olg‘andek bo‘ldi, — xatkeliningizdan... Qo‘r-qutmoqchi bo‘lib ba’zi bir kinoyalarni yozibdir...Bu gapni aytkandan so‘ng xatni buklay berdi. Ha-sanali fotiha o‘qub Otabek yonig‘akeldi.— Kinoyalar yozishi kechikkaningiz uchundir, — dedi. Otabek tasdiq ishorasinibergandek bosh silkib qo‘ydi.— Ayniqsa shu gal kechikishingiz bechora kelinga og‘ir tushib kinoyalar yozishg‘amajbur bo‘lg‘an, — dedi Hasanali: — Anig‘i ham bechoraga juda og‘ir, «kundash— xotinzotining o‘lumi» deganlar. Endi, nima bo‘lg‘anda ham orangizda oz qoldi, charlarni o‘tkazajo‘naysiz-da. Otabek javob bermadi, chunki Hasanalining keyingi so‘zidan rizo bo‘lmag‘anedi.Hasanali uni tinchitish uchun: — Agar ko‘nglingiz tinchimasa, — dedi kulib, — siz hamkinoyalik bir xat yozib beringiz. Xat keltirguchi ertaga xabar olib o‘tishini bildirgan edi.Otabek bu so‘zdan bir oz jonlang‘andek bo‘ldi. Chunki uning ko‘ngliga bu kinoyalikmaktubni jo‘rttaga yozilg‘an bo‘lg‘anlig‘i kelib tushgan edi.— Bu gap to‘g‘rimi? — deb so‘radi.— To‘g‘ri. Ertaga erta bilan kelib, xat bo‘lsa olib ketmakchi edi.— Yaxshi, — deb kulimsiradi Otabek, — ertalab kelsa xat beraman.Hasanali mehmonxonadan chiqg‘ach, o‘zini to‘xtatib olg‘ani holda ikkinchi qayta xatniko‘zdan kechirdi:«Vafosizga. Men o‘zimning bu maktubimni ko‘z yoshlarim bilan yozaman. Negakihozirda manim yolg‘iz ko‘z yoshlarimgina emas, butun borlig‘im siyohdir. Men endiog‘izlardag‘i «vafo» so‘ziga ishonmayman. Chunki men o‘zimning vafosiga ishong‘anim biryigitdan ulug‘ vafosizlik ko‘rdim. Uyatimdan ko‘zlarimni ocholmayman. Negaki yeru ko‘klar,tog‘u toshlar va dunyodagi barcha narsalar manim aldang‘anim uchun kulib masxaraqilg‘andek qaraydirlar... Bu kunimdan, bu hasratimdan qutilish uchun o‘zimga ajalchaqiraman. Lekin ajal ham men sho‘rlikdan nafratlangandek, go‘yo ul ham mengavafosizlik qiladir.Begim, garchi achchig‘lansangiz ham aytishka majburman: sizda vijdon, insof, rahm,va’da, vafo, yaxshiliqni bilish, boring-chi, odamgarchilikdan hech gap yo‘q emish. Bil’akssiz: hiylakor bir tulki, og‘zi qon bir bo‘ri, rahmsiz bir jallod, uyatsiz bir yigit!Sizni hiylakor dedim: esingizda bormi, sodda otamni, go‘l onamni qandog‘lar qilibaldadingiz? Yodingizda bormi, sham’ yonida meni aldab aytkan so‘zlaringiz, berganva’dalaringiz, «manim orzum» deb qilg‘an xitoblaringiz, to‘kkan ko‘z yoshlaringiz?.. Bas, buhiylalar, bu makrlar sizdan boshqa kimda topilsin?90

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!