13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyOtabek uyga kirganda yostiq betini tartibsiz soch o‘rimlari bilan chulg‘atib Kumushuxlar edi. Otabek bir necha daqiqa uning uyquliq holatiga termulib qoldi va unga rohatsizlikbermas uchun sekingina orqasig‘a qayt-di. Uy eshigidan chiqar chog‘ida yana bir qaraboldi... Endi uyquliq ko‘z ochilg‘an edi.— Tinch uxlay bering, men ketaman.Kumush ko‘z yumish o‘rniga yostiqdan boshini uzdi va yerga tushkan ro‘ymolini o‘rab,o‘lturdi. Uning ko‘zi uyqudan qolg‘an kishilarning ko‘zidek qizarg‘an edi. Otabek qaytibkirdi.— Nega qo‘zg‘aldingiz, uxlang, — dedi. Kumush javob bermadi, qovog‘i solig‘ edi. —Ko‘zingiz qizarib ketipti, uxlay olmadingizmi?— Tobim yo‘q...— Xudoy saqlasin, — dedi bek va Kumush yonig‘a o‘ltirdi, — qayeringiz og‘riydir?— Bilmayman, — dedi. Ko‘zi tokchadag‘i allanarsalarda edi.Otabek bu ters javobni hazil fahmlab kuldi va Kumushning manglayig‘a qo‘lini tegizdi:— Nega bilmaysiz?— Qo‘lingizni oling.— Nega olay?— Mendan hazar lozim...— Sizdan hazar qilmayman...Kumushning ko‘zida bir turlik g‘iltillash bor edi:— Zaynabdan-chi? — deb so‘radi.Otabek daf’atan javob beralmay havli tomong‘a qarab qo‘ydi:— Buni... mendan ham siz yaxshi bilasiz.Otabekning alang‘lab javob berishi Zaynabning boyag‘i da’vosini chinga chiqarg‘andekbo‘lib, Kumush juda ham to‘nini teskari kiydi va yuzini chetka burdi:— Yalhaqlikni1 qo‘ying.Otabek bu holga tushunolmay, Kumushning ko‘ziga jiq to‘lg‘an yosh yana uni shoshiribqo‘ydi. Shundog‘ ham bo‘lsa kulimsirab:— Uyqudan so‘l yoningiz bilan turibsiz, — dedi.— Chunki manim o‘ng yonim bilan turg‘uzadigan kishim yo‘q...— Adovat shuning uchunmi hali? — dedi bek va kulib yubordi.Kumush ko‘z yoshisini artdi:— Ha, shuning uchun.— Shuning uchun bo‘lsa arzimaydi...Kumush ko‘tarilib ketdi:— Ikki yuzlamalig‘ingiz va til tegida til saqlag‘a-ningiz ham arzimaydimi?— Tushunmay yotibman...— Albatta tushunmaysiz va tushunishni ham tilamaysiz.Ul Kumushdan munday ters gaplarni umrida birinchi martaba eshitar edi. Bir ondanecha xil ehtimollarni o‘ylab chiqdi:— Zaynab sizga bir narsa dedimi?— Dedi, «Sensiz turolmayman» deb aytkan so‘zla-ringizni ham dedi.Unga nima bo‘lsa ham ikki kundash o‘rtasidan ancha gaplar o‘tkani bir daraja ma’lumbo‘lib, Zaynabning yolg‘on-yashiq gaplar bilan Kumush yuragiga o‘t yoqqanini payqadi.Ammo boyag‘i yarim jiddiy vaziyatini buzmay so‘radi.— Zaynabning so‘ziga siz ishondingiz?— Ishonmaydirg‘an gapmi?— Yaxshi, men unga shunday deb aytkan ham bo‘layin, lekin shunda ham sizningxafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa sizdan bu gap...Kumush indamadi. Otabek uning orqa sochidan tutib sekingina yerga bosdi:191

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!