13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Boya otang ham so‘rag‘an edilar... — dedi, — qayoqqa ketkan ekan, aqlsiz...Ertalab senga hech narsa demabmidi?Kumush Zaynabning og‘ziga tikildi, Zaynab ham unga qarab oldi:— Ertalab mendan ust to‘nlarini so‘rag‘an edilar,— dedi, — men to‘nni berib qayoqqaborishlarini so‘rag‘animda, bir joyda ishim bor, degan edilar...Zaynab zimnan Kumushni chaqib oldi. Kumush loy kabi bo‘shashib, Oftob oyim hamog‘ir tortdi. Zaynabning qarindoshlari kulgan sumol bir-birlariga qarashib oldilar. O‘zbekoyim oradan o‘tkan sirni payqadi: «Birarta zarur ishi chiqg‘andir», dedi. Shu vaqtdarichadan Hasanali ko‘rindi, qo‘lida bir mesh qimiz ko‘targan edi, darichadan turibmehmonlarni «Xush kelibsiz» qildi»1 va qimizni uzatib Oftob oyimg‘a qarab kuldi:— Qimizni kuyavingiz sizga kirgizdi.Oftob oyimning hushi o‘ziga kelib, Kumushning yuziga qon yugirdi. Anovilar bo‘lsa,endi bularning holiga tushib bo‘zrayishdilar.Qimiz bilan yengillashkan O‘zbek oyim Hasanalidan so‘radi:— Qachon keldi?— Hozir.— Qayoqqa yo‘qolg‘an ekan, ahmoq?Hasanali izoh berdi:— Kecha hoji unga ish buyurg‘an ekanlar. Bilmadim, kecha nima bilan ovora bo‘libxizmatni unutkan va bu kun ertalab esiga tushib mehmonlar kelguncha borib kelarman,deb shunga ketkan ekan. Boradirg‘an joyi uzog‘roqda bo‘lib, kechikkan va yo‘ldan kelaturibbu gunohiga ikki mesh qimiz olg‘an... Hali qimizni menga berib: «Kirib ayting, juda uyatlikbo‘ldim kechirsinlar», deydir, — dedi va kuldi.Karima otin:— Kechirilmaydir, qimiz o‘zi nima degan gap, — dedi.Oftob oyim mehmonlarga qarab chiqg‘andan keyin Hasanaliga kulib javob berdi.— O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik.— Balli-balli! — dedi Hasanali, — men kechirganingizni chiqib aytaman.— Chiqib ayting, — dedi Oftob oyim.— Siz-chi? — deb so‘radi Hasanali Kumushdan.Kumush baqadek qotib o‘lturgan Zaynabka qaradi va uyalinqirab javob berdi:— Men ham kechirdim...— Sizning ikki boshdan kechirishingizni o‘zim ham bilar edim, — dedi Hasanali.Bo‘g‘oz-qisir uy ichini kulgi bosdi.Kulgidan so‘ng O‘zbek oyim:— Nega o‘zi kirmadi? — deb so‘radi.— Qayin otasi bilan so‘zlashib o‘lturibdir...Hasanali ketkandan keyin O‘zbek oyim Oybodoqqa, qimizni mis tog‘orag‘a bo‘shatishkabuyurdi. Qo‘y so‘yilib tayyor bo‘lg‘an edi. O‘zbek oyim qudachasining ra’yini so‘radi:— Nima buyurasiz?— Mendan so‘rab o‘lturmang, mehmonlar nimani xohlasalar biz ham o‘shanga yormiz.O‘zbek oyim tomoq buyurish uchun havliga tushdi. Zaynab mis tog‘orog‘a ag‘darilg‘anqimizni cho‘michlab kosalarga quyib mehmonlarga tutdi.9. HOJI ETAK SILKKANTo‘rda qutidor, uning yonida mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asiPirnazar jallod1 va Sotiboldi otalig‘ yana bir keksa o‘lturar edilar. Pirnazar jallodning yonidaOtabek va Sotiboldi akaning qatorida Yusufbek hoji edilar. Oyog‘da Hasanali meshdanqimiz quyar edi.176

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!