13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Sizning ham ichkaningiz bormi?— Yo‘q.To‘g‘risi ham Otabek ichkulukdan qattig‘ hazar qilar va bu kungacha mayni o‘zigadushman kabi ko‘rib kelar edi. Uy egasi quygan piyolasini simirib yuborg‘ach, sezdirmaslikqilib seskanib qo‘ydi va:— Aniq ichmaganmisiz? — deb yana so‘rag‘an edi, Otabek boshni chayqash bilankifoyalandi.— Qattig‘ uzr bo‘lmag‘anda ichmagan ham ma’qul,— dedi va ikkinchi piyolani to‘ldirarekan, davom qildi,— lekin bu narsa bir tomondan kishining salomatligiga foyda bersa,ikkinchi jihatdan tiriklikning qayg‘u va alamlarini-da unutdirib turar ekan. Boshimg‘ao‘lguncha unuta olmasliq qayg‘u-hasratlar tushdi, Shokirbek. Ayniqsa keyingi yillardao‘zimga hech bir qayerdan ovinchoq topolmay, nihoyat shu achchig‘ suv bilan ovinaturg‘anxolg‘a kelib qoldim, — dedi va uzoq tin olib to‘lg‘izg‘an piyolasini oldig‘a qo‘ydi. Ikkisi hambir necha vaqt sukutda qoldilar. Ul ikkinchi piyolani ichkach, Otabekni diqqat bilan kuzatibchiqdi.— Agar yanglishmasam, siz ham bir oz qayg‘uliroq ko‘rinasiz mehmon, bir piyolaniichib yubormaysizmi?— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, ammo o‘zida ta’rifi so‘zlanib o‘tilgan narsaga birehtiyoj seza boshlag‘an va o‘zini ham ma’zurlar qatorig‘a qo‘yayozgan edi. Uning bu holiniuy egasi sezdimi yoki sinab ko‘rmakchi bo‘ldimi, haytovur, uchunchi piyolani to‘ldiribOtabekka uzatdi:— Qo‘limni qaytarmang, mehmon. Ikkimiz ham ma’zur ko‘rinamiz.Otabek uzrini aytib, piyolani olmay turg‘an edi, ul ham piyolani uzatqancha kulibturaberdi.— Man mavizni tamom shar’iy qilib tayyorlayman, tunov kun mahallamizning oxunlariham halollig‘iga fatvo berib ketdilar.Otabek piyolani olishg‘a majbur bo‘ldi. Uy egasining aytkanidek maviz juda ham tiniq,yaxshi chiqg‘an ko‘kchoy kabi musaffo edi. Piyolaga uzoq qarab turmay ichib ham yubordi.Och qoring‘a tushkan o‘tkir may vijj etdirib me’dani qaynatdi-da, tomoq ostinilovullatmoqqa oldi. Otabekka birinchi piyolani ichirg‘andan so‘ng, uy egasi oshni suzishkaketdi.8. BAXT VA BAXTSIZLIKOshni suzib keltirgach, mehmonni oshg‘a taklif qilishdan burun yana toqchadagiko‘vachani olib bir piyolani to‘ldirdi va Otabekka uzatdi.— Iching buni ham, so‘ngra oshni yeymiz, — dedi. Bu gal uncha qistatishqa to‘g‘rikelmadi, birinchi piyola bilan uning ko‘z o‘nglari jimirlashmakka va o‘zida bir yengillik hisetmakka boshlag‘an va bu ikkinchi piyola go‘yo «meni ichsang tag‘in ham yengil tortasan»,der edi. Otabekning ikkinchi piyolasidan so‘ng oshg‘a o‘lturdilar. Bitta «don» hazmini hamtasavvur qilmag‘an uning me’dasi ketma-ket tushib turg‘an luqmalarni e’tirozsiz qabulqilmoqda edi. Bunday ishtihoni, ehtimolki, ul o‘z umrida birinchi martaba ko‘rgandir.Tomoq orasida uy egasining bergan savollariga yaxshi javob berganidek, o‘zi ham ba’ziso‘zlarni to‘qib yubormoqda, boyag‘i oz so‘zliliklar o‘rnini ezmalik bo‘lmasa ham mo‘’tadil birhol olg‘an edi.Oshdan so‘ng lagan va dasturxonni yig‘ishtirib olg‘uchi uy egasiga sarxush va qizarg‘anko‘zlari bilan uzoq qarab qo‘ydi. Bu qarash unga minnatdorliq va tashakkur qarashi edi.Uy egasi Otabekning yonig‘a ikkita yostiq olib qo‘ydi va bittani o‘z yonboshig‘a ham oldi.— Yonboshlangiz bek, — dedi, boshlab o‘zi yonboshladi. Otabek ham unga ergashdi.Ikkisining orasidag‘i sham’ yel bilan o‘ynashibg‘ina nur separ, ikkisi ham so‘z qo‘yishqandek104

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!