13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyOtabek Kumushbibining lablari ustidagi qora xolig‘a ishorat qilib:— Shu yerdan bir o‘pish bersangiz, siz ham katta esdalik hozirlag‘an bo‘lur edingiz, —dedi.Kumushbibi qizarindi.* * *Otabek Marg‘ilon kelganning ikkinchi kuni poyafzal bozorida bo‘lg‘an edi. Asrnamozning vaqti o‘tib borg‘anliqdan ul shundagi do‘kondorlarning birisidan tahorat olishuchun suv so‘radi. Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undanfoydalanish qulay emas edi. Do‘kondor unga suvning qulay o‘rnini ko‘rsatdi: «Mana shuburchakdagi darbozadan ichkariga kirsangiz, ariqning yuza joyini topib tahorat olursiz»,dedi. Otabek do‘kondorning ko‘rsatishicha qutidorning tashqarisig‘a kirdi. Shu vaqttasodufan nima yumish bilandir mehmonxonadan chiqib kelguchi farishtaga ko‘zi tushdi.Kumush ham ariq yoqasig‘a kelib to‘xtag‘an chingilin1 yigitka beixtiyor qarab qoldi.Ixtiyoriy emas, g‘ayri ixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar.Oxirda Kumush nimadandir cho‘chig‘andek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini ichkariyo‘lak tomong‘a burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib yotqan qirq kokillarito‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar ekan, yo‘l ustidan ariq-bo‘yida qotib turg‘anyigitka yana bir qarab qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadyaqildi... Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqayerga mixlangandek qotib turdi... Oxirda ko‘zini katta ochib o‘tkan daqiqada uchrashkanixayoliy go‘zalni istab xayollandi. Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariqbo‘yig‘a o‘lturdi. Ammo ko‘zi xayol yashiring‘an yo‘lakda edi. Tahoratlanib bo‘ldi, yanako‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olg‘andan keyin yana oyog‘ ustida to‘xtab qoldi.Yashiring‘an go‘zal ikkinchi qayta ko‘rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysiburchakdan bo‘lsa ham asirini tamosha qilar edi.Ko‘b kutdi, asr namozini qazo qilib kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadanboshlab unda muhabbat mojarosi tug‘ilg‘an edikim, bu yog‘i o‘qug‘uchimizga ma’lumdir.Kumushbibining yuqorida «Siz o‘shami!» deb so‘rashi shunga binoan bo‘lib, ammo ungamasalaning onglashilmay qolishi va chin baxtni bil’aks kutib olinishi qiziq edi. Shunday qilibikki yoshning birinchi ham sof muhabbatlari qovishish bilan natijalandi.12. CHAQIMCHILIQ— Bu kun yetti kun... Otabek qutidorning qizig‘a uylandi.Ul bu xabarni Qo‘qondan qaytishda eshitkan edi. O‘zining qiyofasiga yarashaqo‘rqunch yo‘llar izlar ekan, quloqlari tegida «...qizig‘a uylandi» jumlasi takrorlanibturg‘andek bo‘lar edi.Uning Qo‘qondan qaytishi ikkala xotini uchun ham ulug‘ bir falokat bo‘ldi. Chunkiarzimagan bir sabab bilan ikkalasi ham yaxshig‘ina tayoq yeb oldi. Shuning uchun ikkikundash uning oldig‘a kirishdan qo‘rqib, yana to‘g‘risi — uning sovuq aftini ko‘rishdanjirkanib havlining chet-chetida yurarlar, ikki kundash bilittifoq unga o‘lim so‘rarlar:«Qo‘qonda o‘lsa, o‘ligini itlar yesa biz achinarmi edi», deyarlar edi.Ul o‘lturgan ko‘yi nima to‘g‘risida bo‘lsa ham juda bosh og‘ritib o‘ylar edi. Shu choqdauning tusidan yirtqichliq, bir gunohsizning ustiga hujumga hozirlang‘an vahshiylik belgulariko‘rilur edi. Har holda ul yaxshiliqqa emas, qandog‘ ham bo‘lsa bir vahshiylikka yo‘llar,rejalar izlar edi. Oxiri uning yuzida istehzolik bir iljayish ko‘rildi-da, bir narsaga qarorqo‘yg‘andek bir harakat yasadi va o‘rnidan sakrab turib qoziqdag‘i kirlab ketkan sallasiniqo‘lig‘a oldi va havliga chiqdi. Tashqarisida besh do‘konlab ish to‘qib turg‘an xalfa33

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!