13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Zaynabka ham bu xabarni yotig‘i bilan aytib qo‘yamizmi?— Siz bilan men bir ishni muvofiq ko‘rganimizdan keyin Zaynabka chikora1, — dediO‘zbek oyim. Mundan uch daqiqa ilgari saodati uchun tirishilgan orzuliq Zaynabning oqibatiham shu bo‘lib qolg‘an edi.— Gap unda emas, — dedi hoji, — umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlikishi qiyin, kosa kosaga tekkanda g‘idi-g‘idi gaplar ko‘paysa, bizga emas, o‘g‘lingga hamtatimay qoladir.— Chaqir deysizmi?— Chaqir.O‘zbek oyim Zaynab bilan Otabekning kutilmagan ravishda ochilib so‘zlashibo‘lturganlari ustidan chiqdi.— O‘g‘ul-qizning kengashimi?Otabek kulimsirab Zaynabka qaradi, Zaynab esa tuzatinib o‘rnidan turdi va qayinonasiga joy ko‘rsatib:— Shunaqag‘a o‘xshaydir, oyi. O‘g‘ul-qizning kengashi xudda shu kunga yig‘ilib qolg‘anekan, — dedi va kulimsirab eriga qaradi.O‘zbek oyim o‘lturmadi va uni-buni surishtirib, o‘ylab turmadi:— Ikkalasiga bir pardan ko‘ylaklik ol! Birini past, birini baland qilma, bu xotiningbo‘lg‘anda ul ham ko‘z ochib ko‘rganing... Zaynab, sen men bilan jurchi, hoji otangchaqiryaptilar, — dedi.Tomdan tarasha tushkandek qilib so‘zlangan yuqo-ridag‘i gaplarga boshda ularningikkavi ham tushunmadi. Ammo bir ozdan so‘ng Otabek aytilgan telva-teskari so‘zlarningma’nosini onglab oldi, onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafka og‘ishqanini va o‘ziningkuchlik bir dushmandan qutilayozganini bilib Zaynabni nima uchun chaqirilg‘anini hampayqadi. Zaynab esa bir nar-sa tushunmagan holda qayin onasi bilan chiqdi.Qayin ona, kelin qarshisig‘a kelib o‘lturishkandan keyin, hoji Zaynabka qarab oldi.— Bolam, Zaynab, — dedi, — biz Marg‘ilondagi opang ko‘chini olib kelmakchi bo‘ldiq...Sen shunga nima deysan?Zaynab yalt etib qayin onasig‘a qaradi, chunki O‘zbek oyimning boyagi gapi endi ungaonglashilg‘an edi. Do‘stni dushman yonida ko‘rib bilinar-bilinmas qilib entikdi.— Men nima der edim...— Gap nima deyish va nima demasingda emas, oyim!— dedi hoji, — gap shundaki, ulkelgan chog‘da egachi-singildek bo‘lib keta olasanmi, deb so‘ramoqchiman.— Bo‘lib ketarmiz...— Egachi-singil bo‘lib ketarsiz-a? — deb takror so‘radi qayin ota.— Bilmadim...— Nega tag‘in bilmay qolding?Zaynab bir muncha vaqt o‘ylanib qoldi.— Qars ikki qo‘ldan chiqadir, — dedi Zaynab, — men yaxshi bo‘lg‘anim bilan opamyomon bo‘lsa, hozirgi bergan va’damdan nima foyda bo‘lsin.— Juda to‘g‘ri gapirding, bolam, sendan olg‘an va’dani undan ham olamiz.Zaynab sukut qildi.— Zaynab siz o‘ylag‘an kelinlardan emas, — dedi O‘zbek oyim, — xudog‘a shukur, aqlhushiboshida.— Boshqa gaplarni ko‘nglingga kelturma, qizim. Marg‘ilonliq kelin bilan sening bizgahech bir farqlaring yo‘q, ikkavlaring ham bolamizning qo‘shog‘i — bolamizsiz!Zaynab boshini irg‘atib qo‘ydi. Yusufbek hojining duosidan so‘ng, Zaynab Otabekningoldig‘a kirdi.169

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!