13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriysizdan boshqasi nega yigit to‘plab, Qo‘qong‘a ketdilar va ular Qo‘qong‘a yetmaslaridanoqnega bu vahshat boshlandi?— Bu muhokamang to‘g‘ri. Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shibo‘ltirishing qisqalig‘ingdir,— dedi. Ko‘ziga yosh oldi. — O‘zing o‘ylab ko‘r o‘g‘lim, o‘z qo‘limizbilan o‘zimiznikini kesishimizdan mamlakat uchun qanday foyda bor? Basharti men buvahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va qanday manfaatni kuzatib qo‘shilishqanbo‘laman? Agarda manim yurt so‘ramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzumbo‘lsa, boshqalardan ham ko‘ra o‘z o‘g‘limg‘a — senga ma’lum bo‘lmasmidi? Nega har birnarsaga yetkan aqling shunga qolg‘anda oqsaydir. Nega yong‘an yurakimga yana sen hamzahar sochasan?!Titralib va to‘lqinlanib aytilgan bu so‘zlar Otabekni o‘kintirdi, o‘lganning ustiga chiqibtepish qabilidan bo‘lg‘an o‘z hujumining haqsiz ekaniga tushundi.Yusufbek hoji bitta-bitta yotig‘i bilan majlis haqida bayon qilib, o‘zining qarshitushkanini va ularga uqdira olmag‘andan keyin, majlisni tashlab chiqib ketkanini so‘zlabkelib dedi:— Biror soatlar so‘ng orqamdan Niyoz qushbegi kelib mendan afu so‘radi va majlisningu fikrdan qaytqanini, o‘zlarining xatog‘a ketkanlarini aytdi. Men xursand bo‘lib, bu ishningzararini yana isbot qilib chiqdim. Niyoz men bilan xayrlashar chog‘ida: «Jon hoji aka, endigap shu yerda qolsin, bitta-yarimta eshitgudek bo‘lsa, biz yerga qararliq bo‘lmayliq,o‘lturishning katta iltimosi sizdan shul”, dedi. Men bu iblisona aldovga uchib, bu to‘g‘ridana senga va na Normuhammad qushbegiga og‘iz ochmadim va ularning Qo‘qong‘a fotihauchun qo‘zg‘alishlaridan hech bir shubhalanmadim... Eh, shaytonlar!Hoji bir oz to‘xtab davom etdi:— Kecha ertalab o‘rdaga borg‘an edim. Sahn yuzida uch-to‘rt yuz musallah1 yigitlarnibiravini kutkan holda ko‘rdim va iltifotsiz qushbegi mahkamasiga kirdim. Kirsam, Qo‘qong‘aketkan Qayum ponsad uch-to‘rtta yigiti bilan qushbegining qarshisida turibdir. Qushbegiqo‘lida bir qog‘oz ushlab, go‘yo es-hushidan ayrilgan kabi qotib o‘ltiribdir. Meni eshikdanko‘rib, so‘zsiz-nesiz qo‘lidag‘i qog‘ozni menga cho‘zdi va boshini tebratib qo‘ydi. Men birnarsaga ham tushunmagan holda borib qog‘ozni oldim... O‘qudim-o‘qudimda, manimhushim boshimdan uchib, qushbegi holiga tushdim. Bu qog‘oz xonning yorlig‘i edi vabunda taxminan shunday gaplar bor edi:«Biz Turkiston mamlakatining xoni o‘z qalamravimiz va saltanatimiz uchun qipchoqtoifasini muzir deb bildik. Bu yanglig‘ hukmimizni o‘z qalamravimizda bo‘lg‘an barchabeklarimizga, hokim va qo‘rboshi va dahboshilarimizga bildirib buyuramizkim, ushbufarmonimizni olg‘an on darhol o‘n besh yoshdan to yetmish yoshg‘acha bo‘lg‘an qipchoq erzotini qilichdan kechirgaylar va hech bir silai rahmni vosita qilmag‘aylar. Ushbu hukmimizniyeriga yetkuzishda sustlik qilg‘an mansabdor bizg‘a itoatdan bosh tortqan hisoblanib, engqattig‘ jazoimizg‘a mahkum qilinur. Bu hukmimizni ijro etkuchi Toshkand hokimiNormuhammad qushbegiga marhamati shohonamiz shuldurkim, garchi sizning qipchoqqavmig‘a mansubiyatingiz bo‘lsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutilmasliqxayrixohliqlar va xizmatlar ko‘rsatdingiz, binoan alayhi siz bu jazodan ma’fudirsiz2 vasadoqatingizda boqiy qolib amrimizni ijro etishingizda shubha qilmaymiz!»Qushbegiga qaradim, ul ham manim og‘zimg‘a qarab turar edi. «Buyruqni qachonoldingiz?» deb so‘radim. Ul javob o‘rniga Qayum ponsadga imladi.«— Men olib keldim», — dedi Qayum ponsad.«— Siz Qo‘qondan olib keldingizmi?» — deb so‘-radim. Chunki sen aytkandek besh-oltikunda Qo‘qong‘a borib-kelish sira aqlg‘a sig‘mas edi.«— Biz beklar bilan Qo‘qon yo‘lida edik, — dedi Qayum, — yo‘l ustida xondan ushbuyorliq kelib qoldi. Niyoz qushbegi menga yigit qo‘shib bu hukmnomani ijro qilishda yordambermak uchun jo‘natdi».161

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!