13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyva ko‘rkamligi bilan Marg‘ilonnikini ko‘lagada qoldirarliq edi ersa-da, eskirganligi uningortiqlig‘ig‘a xalal bermakda edilar. Dahlizdan ichkariga qaralsa bir munaqqash va muzayyanzol, ikki tomonida xonning shog‘ovul boshilari, yasovul boshilari, dasturxonchi vaoftobachilari, tunqator va parvonachilari otaliq va mehtarboshilari va tag‘i alla qanchavazir-vuzarolari qator tizilishib o‘lturmakda edilar. Zolning uchunchi darichasidan narig‘itomon bir yupqa munaqqash devor bilan ajratilgan bo‘lib, ichkariga kiriladirgan eshiksiz biryo‘l, bu yo‘l bilan haligi devor ikkiga ajralib, har bir bo‘lim devorning o‘rtasida kishi boshisig‘arliq bir tuynuk, bu tuynuklar yonida qo‘lig‘a oybolta ushlagan ikki nafar jallod qotibturar edilar. Shu jallodlar orasidan o‘tib uchunchi bo‘limga kirilsa, qarshida yarim gazlaryuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltinsopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzulustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq,cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik xon o‘lturar edi. Bu Xudoyor edi. Xonning so‘ltomonidag‘i oltin hallik kursi kishidan bo‘sh, o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikchayonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilichtaqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatordadeyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz—Musulmonqul o‘lturar va hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza vamaktublardan ochib o‘qur edi. O‘qub turg‘an arizasi ahamiyatsiz bo‘lsa kerak qog‘ozniikkiga yirtdi-da, oyog‘ining ostig‘a tashladi va ikkinchi maktubni ochdi. Bunisi O‘sh hokimitarafidan yozilgan edi:«Davlatimiz stuni, padari arus1 shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga nomaihumoyun2 ba-robari O‘sh madorisotida tahsilda bo‘ling‘an faqir qirg‘iz tullobig‘a3marhamat buyurg‘anlari hadoyo4 tullobning darajai ilmiyalarini imtiyozan taqsim qilindilar.Ashaddu5 faqir va ehtiyojda avqoti6 talx7 mururiga8 majbur va masbur9 o‘lg‘an qirg‘izmullalari padari arus shahanshohining altofi10 shohonalaridan riqqatka11 kelib obidiyda12qildilar va Haq taolo dargohi vasi’asidan13 aduvi14 badkirdorlariga15 zafaryob16bo‘lmoqlarini va Zolona17 yashab Amir Temur Ko‘ragondek jahongir bo‘lmoqlarig‘a duo vaniyoz etdilar. Ba’da xotiri otir18 oliylarig‘a maxfiy qolmag‘aykim, shahar va atrof ellarimizdavlati azimai qaviyalari19 soyai himoyatida nobob bid’ahdlar xavotir va xavfidan tinchdir.Noma oxirida yosh shohimiz janobi xoqoni xavoqin, sultoni salotin hazratlariga padari arusshahanshohining panohi himoyatlarida ko‘b yillar davru davron, ofiyat20 va salomatlik tilabnavkarlari...»Musulmonqul Xudoyorga O‘sh ahvolini so‘zlab, uchunchi maktubni ochdi, bu maktubxususiy bir kishidan bo‘lsa kerak, muhr va o‘zga takalluflardan xoli edi:«Mazlumlar dodig‘a, maqhurlar21 faryodig‘a o‘zining adolatlik qilichi bilan yetishquchiMusulmonqul qipchoq xizmatlariga... ko‘zlarim zulm yoshi bilan jiq, ko‘nglim davlat xoinlariqo‘rqunchidan titragan bir holda qalam tebrataman. Davlatning sodiq bir fuqarosi, ixloslikbir yigiti davlat ustiga o‘zining mudhish zarbasini tashlab turg‘an bir bad’ahd o‘g‘linio‘shandog‘ki otasining vakolati birlan ikkinchi bir tinch, ulug‘larg‘a mute’, farmonbardor1bir shahar ahlini oyog‘landirmoq bo‘lg‘an edi. Uni isbotlari, shohidlari birlan dor ostig‘atortquchi sodiq bir qulni ko‘klarga ko‘tarish o‘rniga qamamoq va oyog‘ig‘a zulm zanjiriniurmoq bo‘ladirlar... Musulmonqul janobidek bir bahodirdan andisha qilmay uningdushmanlarini sarfaroz2 aylab do‘stlarini g‘amgin qiladirlar.Maktubning tumanlik ma’nosiga tushuna olmag‘an Musulmonqul bu o‘rinda to‘xtadida,maktubning oxirig‘a ko‘z tashlab oldi:«Bungacha manim hayajon va qayg‘u orasida yozg‘an yo‘llarima balkitushunmagandirsiz, buning uchun g‘azablanmay bu gunohimni sizga sodiq bir qullig‘imyo‘lig‘a kechirursiz. Bu kundagi Toshkand isyonining boshliqlaridan bo‘lg‘an Yusufbek hojiAzizbek nonko‘rning mashvarati3 birlan marg‘ilonliqlarni ham janobingizga qarshi62

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!