13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyishonmag‘andek qashib ko‘rdi va ko‘zgi yonidan jo‘nadi. Jo‘nar ekan, «...chiroylik bo‘lsaham menikidek xoli yo‘qdir», deb ko‘nglidan kechirdi.Kechki olov vaqtida tashqari hovlisida u-buga ovora bo‘lib yurar edi. Bu kungi ko‘rgantushi uni ortiq ishontirgan, shuning uchun To‘ybekaning tashqari havlida qiladirg‘anyumishini ham o‘zi bajarmoqda, To‘ybekadan suv sepdirib o‘zi yer supurar ekan, quloqlariyo‘lak tomondan eshitiladirgan oyoq tovushlarida edi.Havlidagi ikir-chikir ishlarni tamomlag‘ach, ayvonning oldig‘a o‘lturib tuzatindi,tuzatinar ekan yo‘lakdan yurib kelmakda bo‘lg‘an bir oyoq tovshini eshitib yuragi nimauchundir oshiqinib-shopirinib ketdi. Oyoq tovshi ichkariga yaqinlag‘an sayin ul o‘zida titroqaralash bir hol sezar edi. Nihoyat, yo‘lakdagi oyoq tovshi tugalib, Kumush kutmagan joydaparanjilik bir xotin kelib chiqdi. Kumush uzoq bir entikib qo‘ydi.Xotin Kumushka qarab kelar edi. Ul yerdan bichib olg‘andek pak-pakana, burni yuzibilan barobar deyarlik tep-tekis, ko‘zi qoqqan qoziq o‘rnidek chup-chuqur, og‘zi qulog‘ibilan qoshiq solishar darajada juda katta, yuzi qirq yillik og‘riqlarnikidek sap-sariq, qirqbesh yoshlar chamasida bir xotin edi. Kumushbibi o‘ziga tomon kelguchi bu dahshatlikxotinni umrida birinchi martaba ko‘rar edi. «Nima qilib yuribti bu och arvoh!» deb o‘yladi.Xotin o‘n adimlab uzoqdan yuziga sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgi tusi berdi. Dimog‘ibilan «qix» etib qo‘ydi.— Xi-xi-xi, aylanay sizdan, poshsha qiz! Mirzakarimboyning havlilari shumi? — debso‘radi. Kumush «shu» javobini bergandan so‘ng o‘zi bilan ko‘rishmakchi bo‘lg‘an bu xotinoldig‘a ikki adim yurib tilar-tilamas yelkasini tutdi. Uning to‘g‘ri mavzun1 qomatiga yerdanbichib oling‘an mudhish xotinning qo‘llari zo‘rg‘a yetdi-da, «esonmisiz, poshsha qiz» debso‘rashdi. Xotin paranjasi bilan ayvonning oldig‘a o‘lturib olg‘ach, «uff» deb chayqaldi va«ancha yo‘l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya?» deb shikoyatlandi.— Mirzakarimboyning havlilari aniq shumi?— Shu.— Siz kimlari bo‘lasiz boyning?— Men, qizlari.— Qix... sizga bersam ham bo‘lar ekan, — dedi xotin va yonchig‘idan bir xat chiqardi.— O‘g‘lim Toshkand bilan Marg‘ilon orasida qatnab oliq-sotiq qiladir. Bu gal Toshkanddanqaytishida birav unga shu xatni berib, Mirzakarimboyning havlilariga tez yetkuzib berasiz,deb iltimos qilibdir. Qix, xi-xi, aylanay sizdan poshsha qiz, qix... Maxtang‘uliq bo‘lmasin,o‘g‘lim ham o‘zimga o‘xshash biravning xizmati yo‘lida o‘lib qutiladir: bu kun tush vaqtidaToshkanddan keldi-da, onasi bilan so‘rashishni ham bilmay shu xatni qo‘limg‘a tutqizdi.«Jon ona, o‘zim yo‘lda juda urinib keldim, sanga adabsizlik bo‘lsa ham darravMirzakarimboynikini so‘rog‘lab shuni eltib ber, berguvchi tez berasiz deb o‘tingan edi»,dedi. Men ham ko‘ngilchangman, aylanay poshsha qiz, kasaldan yaqinda turganim uchunbir qadam bosishg‘a toqatim bo‘lmasa ham savobdan quruq qolmayin, deb surgala-surgalahavlingizni so‘rog‘lay-so‘rog‘lay topqunimcha o‘lib bo‘ldim... qix... — dedi. Kumush xatnixotinning qo‘lidan olib rahmat aytdi va xatning unvoniga1 ko‘z tashladi: «Marg‘ilonshahrida sokin2 Mirzakarim qutidor havlisig‘a».— Yanglishmabsiz, oyi.— Nega yanglishay aylanay sizdan, poshsha qiz. Ulug‘ dargohlaringizni ko‘chadagi harkim bilar ekan, — dedi xotin va yaltoqlanib o‘rnidan turdi. — Endi men ketaqolay,bolag‘inam yo‘ldan och kelib, bir qoshiq issiqqa zoriqib o‘lturgandir.— Ichkariga kiring, choy qaynatayliq.— Rahmat, poshsha qiz. Anchon icharmiz choy bo‘lsa... qix. Bir ko‘rgan bilish, ikkiko‘rgan tanish, deydirlar...Kumushbibi xotinni ortiqcha qistab o‘lturmadida, yo‘lakkacha kuzatib bordi. Xotinyo‘lakka burilar ekan qayrilib to‘xtadi:92

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!