13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyuchun bundog‘ gaplar unchalik yomon ta’sir bermasa-da, xotinlarg‘a qanday asar qilishibilgulukdir. Oftob oyim uchun go‘yoki qizining birar aybi uchun bu ishka majburbo‘ling‘andek, Kumush esa endi eriga suyumsiz, ishdan chiqg‘an va burchakka tiqilg‘anuvadadek bo‘lib ko‘rina boshlag‘an edi. Maktubni eshit-kan quloqlari yanglish eshitkandekbo‘lar edi.— Tag‘in o‘qub ko‘ringiz-chi...Qutidor xotinining so‘zidan kuldi:— Qaytarib o‘qishning foydasi yo‘q, xatning maqsadi san onglag‘andek, — dedi.Oftob oyim boshi yanchilg‘an ilondek to‘lg‘andi:— Qizim ustiga kundash?!Qutidor qafaska yangi soling‘an qushdek urinmakka olg‘an xotinini bosmoq bo‘ldi:— Ortiqcha urinma, ilgari haqiqatka tushun-chi...— Haqiqati nimasi?— Bunda gap bor.— Nima gap bor?— Agar bu ishda kuyavingning ham izi sezilganda edi, san emas man ham bu gapkachidamas va qizim ustiga tushkan bu og‘ir masalani tinchlik bilan qarshi olmas edim.Ammo bunda kuyavingning ishtiroki ko‘rilmay, shuning ila manim damim kesilib qoldi. Haliuning qizingg‘a: «Mundan keyin Toshkand bormayman», deb aytkanini so‘zlab eding-a?— Yolg‘onmi, chinmi, — dedi Oftob oyim tilar-tilamas, — eshitkandek bo‘lg‘an edim.— Eshitkandek bo‘lg‘an bo‘lsang ham bu so‘z chindir, — dedi qutidor, — nega desang,xatining mazmunidan ham onglashiladirkim, bu ikkinchi uylanishka Otabek butunlay qarshibo‘lib, faqat bu gap qudalaringninggina ishlaridir. Shuning uchun kuyavingning uylanishiniqizing ustiga chin ma’nosi bilan kundash deb bo‘lmaydir.Oftob oyim kutmagan joyda qutidor tamoman Otabekni ikkinchi uylantirish tarafidaturib so‘zlar va o‘lganning ustiga chiqib tepar edi.— Agar Otabek bu ikkinchi uylanishka rizo bo‘lsa edi, birinchidan ruxsat olish uchunMarg‘ilong‘a kelib yurmas...— Shoshmang-chi, — dedi Oftob oyim, — o‘zingizcha nimani so‘zlay yotibsiz?— Bu ikkinchi uylanishda Otabekning rizosizligini.— Kuyavingizning rizolig‘i bo‘lmasa xudo xayrini bersin, vassalom.— Gap unda emas-da, — dedi kulib qutidor.— Nimada? — dedi qizishib Oftob oyim. — Qizingiz ustiga kundash balosini o‘zqo‘lingiz bilan yuklamakchi bo‘lasiz shekillik!Qutidor sovuqina qilib kulib qo‘ydi:— Tushunmay yotibsan, xotin.— Hamma gapka tushunib turibman.— Tushungan bo‘lsang bu xatka nima deb javob beramiz?— Bizga ma’qul emas, deng.— Ma’qul emas, deyish bilan ish bitmaydir, birarta dalil ko‘rsatish kerak.— Toparsiz, axir dalilni.Qutidor tamoman to‘nni teskari kiyib olg‘an xotinig‘a qarab boshini qashib oldi:— Xatda ikkinchi uylantirish uchun bo‘lg‘an sababni qizimizni Toshkandyubormag‘anlig‘imizda ko‘rsatila-dir, — dedi qutidor. — San aytkancha kuyavingToshkanddan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldig‘a turg‘un qilib yuborayliq,tuzikmi?— Nega men yolg‘iz qizimni Toshkandga yuboray, — dedi ko‘zini olalandirib, — bizqizimizni berishda Marg‘ilondan tashqarig‘a olib ketmas va’dasi bilan berganmiz.78

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!