13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyUy jihozga g‘oyatda boy, go‘yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangdaatlas va shohilardan qoplang‘an ko‘rpalar, taxmon toqchalarig‘a uyilgan par yostiqlar,qator-qator xitoyi jononlar: kosalar, ko‘zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush qinlikxanjar va qilichlar, qalqon va siparlar, dorga soling‘an turlik-turlik er va xotin kiyimlari:po‘stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko‘rpachalar kishi ko‘ziniqamashdirar darajada edilar.Oshiqib og‘zini poylag‘an Oftob oyimg‘a qutidor bir iljayib qo‘ydi-da:— Xotin, sen hali eshikdagi sovchilardan xabarsizdirsan? — dedi.Oftob oyim erining «sovchi» xabarini oddiygina qarshiladi, chunki endi ikki-uch yildanberi uylariga kun sayin sovchilar jamoasi yog‘ilib yotqanliqdan bu sovchilar hamo‘shalarning birisidir, deb o‘ylag‘an edi:— Xayrlik bo‘lsin, kimlar sovchi?Qutidor yana bir kulib qo‘ydi:— Ziyo shohichi, tag‘in senga noma’lum bir kishi.Oftob oyim bu kungi sovchilarning qutidorg‘a boshqacharoq o‘zgarish berganlarinipayqadi va buni erining samimiyat ham oshiqishidan sezdi:— Kim uchun kelganlar?— Bundan o‘n besh <strong>kunlar</strong> ilgari biz bir toshkandlik savdogar yigitni mehmon qilg‘anedik, balki esingdadir?— Esimda bor, To‘ybekka maxtab kirgan yigit.— O‘lma, xotin, — dedi qutidor, — ana shu yigit uchun kelganlar.Bu so‘zdan Oftob oyim bezong‘lab tushti va eriga qarshi rizosizlik vaziyatini oldi:— Musofir-ku?Oftob oyimning bu so‘zi bilan qutidor bosh qashib oldi va umidsiz bir tovushda:— Men ham shunisiga hayron bo‘lib qoldim, — dedi.— Yo‘qsa o‘zi ayni biz qidirg‘an,har to‘g‘rida ham yetuk bir yigit edi.Oftob oyim boshqa xotinlarimizdek erining ra’yi va xohishini, umuman butun shaxsiniehtirom qilg‘uchi bir xotindir. Shuning uchun erining hozirg‘i ra’yini garchi o‘z tilagiga busbutunzid topsa ham yolg‘iz «musofirlik» masalasi bilangina gapka xotima bermay, boshqataraf-lardan ham kamchiliklar topib asoslik suratda qutidorning Otabekka tomonharoratlanayozg‘an yuragiga sovuq suv sepmakchi bo‘ldi:— O‘zi qanday kishining o‘g‘li, otasi sizga tanishmi?Oftob oyimning bu savoli o‘zi uchun zararlik bo‘lib chiqdi. Chunki qutidor, Yusufbekhojining qanday kishi bo‘lg‘anlig‘ini, bu kunda qaysi ishda ekanligini va o‘ziga bo‘lg‘anmunosabatini mayda-chuyda tafsilotlari bilan so‘zlab chiqib, so‘zi oxirida: «Yigitningnaslini ayb-sitib bo‘lmaydir, to‘g‘risiga ko‘chkanda bu yigit naslan bizdan allaqanchayuqorida turadir», deb qo‘ydi.Oftob oyim endi ikkinchi turlik yo‘l bilan ketdi:— Uylanganmi, yo‘qmi?— Uylanmagan. Buni qaysidir bir majlisda uning qulidan eshitkan edim.— Yoshi nechalarda bor?— Ko‘b bo‘lsa yigirma besh yoshlarda bo‘lur, bo‘lmasa yigirma ikki-yigirma uchlardanoshqan emas.— Nima majburiyatda bizga kuyav bo‘lmoqchi, Toshkanddan qiz topilmag‘anmi?— Topilsa ham yoqtirmas ekan, — dedi qutidor va o‘ngg‘aysiz holatda voqi’anishipshitib chiqdi. Masalaning bu yanglig‘ boshlanishiga va buning ustiga eriningmoyillanishiga Oftob oyim nima deyishni bilmay qoldi. Tuzik, erining maylini anchaginadalil va sabablarga suyanib bo‘lgan bir mayl ekanini onglag‘an, kuyav bo‘ladirg‘an yigitnio‘zlarig‘a o‘g‘ulliqqa loyiq bir kimsa ekanini ham yaxshi tushungan edi, ammo hozir bugaplardan ham ilgariroqda «musofirlik» masalasi turar; bir necha yillardan beri muvofiq23

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!