13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyYo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. HasanaliO‘zbek oyim bilan tanishdirdi:— Bu kishi qudachangiz — Oftob oyim bo‘ladirlar.O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoq-lasha ketdilar. O‘zbek oyimdankeyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi along-jalong‘ keldi.Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning ikki ko‘ziyo‘lakda, Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimg‘a qarab nima uchundir ko‘zini qisibqo‘yar edi. Xotinlar bilan ko‘rishib chetda turgan Oftob oyim qudasi yonig‘a keldi: «Uyalibturg‘andir» deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomong‘a:— Hoy, posha kelin! — dedi, — bizlar kutib qoldiq-a, uyalmang bolam! Hasanaliningko‘rmanasi bo‘lsa tayyor!Hasanali yo‘lakka qarab imladi. Qip-qizarg‘an holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida,qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘ymol boshida edi.Shahlo ko‘zlari kulimsirashka yaqin holda uyatlik edilar.Hasanali tanitdi:— Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim bo‘ladirlar.Kumush salom berdi va qo‘lidag‘i paranjisini yerga tashladi, yugirib kelib o‘zini O‘zbekoyimning quchog‘ig‘a oldi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olg‘an, yuzidanshap-shap o‘pib aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi... Kutib turganxotinlar, Mohira oyim, Xushro‘y va Hanifalar Kumushni ko‘rgan on bir-birlariga qarashiblablarini tishlashdilar...Qayin ona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilanbir-bir ko‘ri-shib chiqdi. O‘zbek oyim har bir xotinni kim bo‘lganini unga tanitib bordi. Engkeyin orqadan Zaynab ko‘rindi. Chunki ul uydan endi chiqib kelgan edi. O‘zbek oyim kulibKumushka qaradi.— Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu?Kumush hayron bo‘lib qolmadi... Ipaklar ichiga g‘arq bo‘lg‘an Zaynabka qarab olib,unga tomon adim tashladi:— Zaynab opam! — dedi. Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushka yaqinlashibkeldi... Ikki kundash «esonmisiz, omonmisiz, eson-omon yuribsizmi...» so‘z-lari bilanozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qo‘ltiq ostig‘a qo‘l yuborishdilar. Ular ko‘rishibturg‘anda yo‘lakdan Yusufbek hoji ko‘rinib, qochadirg‘an xotinlar o‘zlarini chetka oldilar.Hoji ularning oldig‘a — yuzaga chiqg‘ach,Oftob oyim salom berib ro‘ymoli bilan tomog‘ostlarini o‘rab oldi. Hoji qudachasi bilan so‘rashib:— Barakalla, singlim! Haytovur charchamay kelding-larmi, men sizlarni ovora qildimov,— deb uzr aytib kulgan va uyalib borg‘an qudachasig‘a yengillik bergan bo‘ldi.— Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! — dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab.Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib bo‘yinegdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig‘a tegizibolg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi:— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘anekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni shunchaliksiylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Olloh taoloyoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo1...Hamma duog‘a yuz siypashdilar. So‘ngra Yusufbek hoji Kumush bilan Zaynabkaqaradi:— Men sizlarning ko‘rishib turg‘anlaringizni ko‘rib juda quvondim, — dedi. — Mundanso‘ng ham shu yo‘sunda bir-birlaringizga egachi-singildek bo‘lmoq-laringizni tilayman, —dedi va O‘zbek oyimg‘a:— Qani, mehmonlarni ichkariga olinglar, — deb o‘zi tashqarig‘a burildi.173

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!