13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyedi... Dutorning nozik torlaridan, tilsimlik yuraklaridan chiqg‘an «Navo» kuyi o‘z nolasigatushunguchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. O‘z dardiga tushungan bu yigitkaborg‘an sayin dardini ochib so‘zlar, yig‘lab va ingrab so‘zlar edi... Eshitkuchi esa dunyosiniunutib yig‘lar, kuchini yig‘ishtirib yig‘lar va hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘laredi...Nihoyat «Navo» kuyi uning butun tanidagi suvlarini ko‘zi orqaliq to‘kdirdi-da, falakningteskari harakatidan shikoyat etib qo‘ydi va dunyoda yolg‘iz hasratkina bo‘lmag‘anliginibildirgandek o‘zining «savt» kuyini yer yuziga shodliq va so‘yinch yog‘dirib arz etaboshladi. «Navo»ning sihirlik «savt»i Otabekning ko‘z yoshlarini quritdi-da, bir yengillikbag‘ishladi. «Navo» bilan yuvilib ketkan uning umid gulzorida yangi chechaklar unibchiqdi...* * *Bu o‘lturishdan so‘ng ul bir oylab bo‘zaxonag‘a kelmay ketdi. Marg‘ilondan qaytibkelgach, yana eski odatida davom eta boshladi...* * *Otabekning o‘sha voqi’adan so‘ngg‘i Marg‘ilon qatnashlari faqat natijasiz quruqqina birqatnash edi. Bu qatnashning har birisida usta Alimnikiga tushar, ammo hanuz undano‘zining sirrini yashirib, Andijondan qaytib kelishini va yo borishini va yo‘l ustidan ko‘ribketish uchun kirganini aytib usta Alimni minnatdor qilar edi. Ul Marg‘ilonda ko‘b to‘xtamas,bir kun, uzoqqa tortilsa ikki-uch kun turib qaytar, ba’zi vaqtlarda yo‘l ustidan «Xo‘ja Ma’oz»mozorini ham tunab ketar edi. Uning o‘n kunlab yo‘l mashaqqatini o‘z ustiga olib,Marg‘ilonda qilaturg‘an ishi shu mashaqqatlar evaziga arzug‘uliq edimi, yo‘qmi, o‘qug‘uchibuni quyidan onglar:Marg‘ilondan natijasiz, tamoman bo‘shka qaytib Toshkand kelgach, Kumushniunutkandek bo‘lib uch-to‘rt kun u-bu bilan ovinib yurar, so‘ngra hafta, o‘n kundan so‘ngyana Marg‘ilon to‘g‘risida o‘ylab boshlar, o‘ylab o‘yining tegiga yeta olmag‘ach, o‘ziniqayoqqa urishini bilmay qolar, shundan so‘ng hamma alamini Chuqur qishloqqa havolaqilib, o‘n-o‘n besh kun bosim ichkanidan so‘ng ichkulukdan ham lazzatlanmay qolar vashuning yonida uning ko‘ngli bir narsaning bo‘yini olg‘andek sezinar, go‘yo Marg‘ilon borsabir gap bo‘laturg‘andek, bormay qolsa keyinchalikda o‘zi o‘kinaturg‘andek... Shundan so‘ngto‘satdan Marg‘ilon yo‘lig‘a tushib qolar, yo‘lda borar ekan, o‘zini to‘rt ko‘z bilan kutibturg‘andek sezilgan Marg‘ilong‘a har nimadir, bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi.Le-kin... lekin Marg‘ilon darbozasidan kirishi ila uning holi o‘zgarib boshlar, yuragi qinidanchiqar darajada o‘ynamoqqa olur, ayniqsa poyafzal rastasiga yaqinlashgach, uning buiztirobi shiddatlanur, poyafzal rastasining yaqini bilan bunchalik o‘zgarishda qolg‘an Otabekrastaning o‘zida qanday holg‘a tushmog‘ini tasavvurdan ojiz kelur va rasta ko‘rindideguncha otining boshini chapka burib yuborar va orqasidan kimningdir «...boringiz,eshigim yonida to‘xtamangiz... uyatsiz!» tovshi eshitilgandek bo‘lar edi... O‘z-o‘ziga«haqiqatan men uyatsiz», deb qo‘yar va shuning ila hamma kutilgan-kuzatilgan gaplar,besh kunlik yo‘l mashaqqatlari havog‘a ketar, hatto xayolda emas, haqiqatda o‘ylabqo‘yg‘an qayin otasi bilan xotinini shari’atka chaqirish fikri ham unutilar va yo‘qolur,«hiylagarning yuzini qozixonada ko‘raymi, o‘zi ham qursin, yuzi ham!» der edi-da, otinito‘g‘ri usta Alimnikiga qarab solar edi.Otabek usta Alimni juda yuqori darajaga qo‘yg‘a-nidek, uning majlisi bilan ham anchayengillashar, o‘n yillardin beri usta Alim yuragida saqlang‘an va qabrg‘a ham birga ketishikutilgan ishq tarixini qayta-qayta eshitkusi kelaberar, usta Alim ham o‘zining o‘lgan Saodati119

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!