13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybo‘lsa, onasining hozirgi holiga aching‘andek, unga yaqinlashmay, chetlab yurar va ikkinchitarafdan Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq-dudog‘ig‘a istehzolanib tomoshaqilar edi.Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning Oysha kampirga atab tikdirgan sarupolari hambitdi. Bu kun mehmonlarning eng so‘nggi kechalari edi. O‘zbek oyim yarim kechalargachaqudachasi bilan so‘zlashib o‘lturdi.So‘ngra Oftob oyim bilan Kumushni yolg‘iz qoldirib o‘z uyiga yotqali chiqdi. Ona-bolabu kechani birga kechirmakchi edilar. Oftob oyim qudasining ketidan qizig‘a hayfsinib1qo‘ydi.— Onangni firoq o‘tida yondirishdan uyalmading, qizim.— Nega yonar ekansiz...— Nega yonmayin axir, dunyog‘a kelib sendan boshqa ovinchog‘im bo‘lmasa... Agarqo‘limdan kelsa achib va yonib turg‘an yuragimni senga ochib ko‘rsatar edim... Koshki edibir shaharginada bo‘lsang.Kumush onasining yuragidagi o‘tni hozir sinamasdan ham his etkan, chunki yigirma yilo‘z quchog‘ida o‘sdirg‘an onadan ajralish uning o‘ziga ham og‘ir tuyulib boshlag‘an edi.— Besh-olti oy... hech narsa bo‘lmas, oyi. Eson bo‘lsaq tag‘in ko‘risharmiz.Oftob oyim ko‘z yoshisini duv to‘kib yubordi. Nachog‘lik o‘zini qattig‘ ushlagan Kumushham sirrini yashirolmadi... Ona-bola bir necha vaqt yig‘i ichida bo‘-g‘ildilar.— Qolishg‘a-qolding, — dedi oxirda ona, — ammo qayin ota va qayin onalaringg‘axizmat qil, yaxshiliqni qo‘lingdan berma, ayniqsa, kundashingga yomonliq sog‘inma,yaxshiliqdir, yomonliqdir har nimaiki o‘zlari qilsinlar, zinhor sen aralashma.— Manim nima ishim bor...— Albatta ishing bo‘lmas... Shundog‘ bo‘lsa ham men kechagi so‘zingdan cho‘chibqoldim. Kunda-shingning ko‘rinishi bayovg‘a o‘xshasa ham, ammo o‘zi pismiq ekan...Bunday odamdan albatta hazar kerak. Agar oralaringg‘a savuqchiliq tushadirg‘an bo‘lsa,sen o‘chakishib yurma, yaxshisi qayin otangg‘a uzringni aytib, bu uydan ketish harakatiniqil. Men bu to‘g‘rida ering bilan ham so‘zlashib qo‘ydim, tuzikmi?— Tuzik.— Xudoyg‘a shukr, qo‘lingda xating bor, o‘lg‘anning ustiga chiqib tepkandek xatxabarsizqo‘yma. Har bir o‘n besh kunda xat yozib eringga ber.— Albatta, siz ham unutmang.Bir oz jim qoldilar... Oftob oyim entikib og‘ir nafas oldi va ma’yusona Kumushkaqaradi. Kumush o‘rinsizcha onasig‘a qarab iljaydi. Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyimachchig‘landi:— Manim holim senga kulgimi, qizim?— Yo‘q, — deb yana kulimsiradi Kumush, — bir-ikki kundan beri siz aytadirgan...— Nima men aytadirgan?— Axir... — deb qizarindi Kumush, — ko‘nglim aynar edi, deb aytar edingiz-ku...Oftob oyimning ham yuzida bir kulimsirash ko‘rishdi:— To‘g‘rimi?— Bilmadim... — dedi, yerga qarab qizardi, — o‘tkan kundan beri ko‘nglimaynagandek bo‘ladi... Ayniqsa palov isidan ko‘nglim ketadi... Achchig‘ narsalar yegimkeladi...— Muborak bo‘lsin, — dedi Oftob oyim, kuldi. Kumush ijirg‘anib o‘zicha allanarsaso‘zlandi. Oftob oyim engashib Kumushning qulog‘ig‘a shivirladi, — bu sirni eringdanboshqa hech kimga bildirma, qayin onang ham yengil xotin, ayniqsa kundashing sezako‘rmasin.197

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!