13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriynamozshom gul kabi yopiq edi. Qarshisida o‘lturg‘an buvisining o‘tkan-ketkandan qilg‘anhikoyalariga erinibgina quloq berar va ko‘nglini ochish uchun aytilgan qiziq so‘zlargailjayish bilan javoblanar edi.Kumushbibi o‘zining bir soatcha vaqtini shu ko‘yi kechirdi, so‘ngra o‘rnidan turibkichkina latif oyoqla-rig‘a otasining yaqindag‘ina olib bergan qala kavshini kiydi va oshxonayumishi bilan qorishib yotqan onasining oldig‘a bordi.Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib o‘n sakkizga qadam bosqanliqdan bo‘yi hamonasig‘a yetayozg‘an, ammo jussasi onasig‘a ko‘ra to‘laroq edi. Onasining yumishig‘a bir ozqarab turg‘anidan keyin tashqarig‘a tomon ketdi. Ayvonning bir chetidan mehmonxonadagilam to‘shab uringan To‘ybekaga qarang‘an bo‘ldi-da, ayvonning o‘rta ustuniga kelibsuyandi. Endi boyag‘ig‘a qarag‘anda bir oz yengillangansumon, jon olg‘uchi qora ko‘zlariharakatlana boshlag‘an, bo‘g‘riqqan qizil yuzlari ochilinqirag‘an edilar. Ayvon ustunigasuyang‘ach, qora qiyig‘ qoshlarini chimirib ko‘cha yo‘lak tomong‘a qaradi, bir oz qarabturdi-da, ayvondan yerga tushib yo‘lak tomong‘a, ariq bo‘yig‘a ketdi. Suv bir do‘konningostidan chiqib, bu havlida uch-to‘rt quloch chamasi ochiq havoda oqar va ko‘prik-tomostig‘a ketar edi. Kumushbibi ariq bo‘yidan bir o‘rinni ko‘zladi-da, sakrab narigi yuziga o‘tdiva cho‘nqaydi. Uning ko‘zlari muloyimg‘ina suv ustiga og‘dilar. Ariqning musaffo tiniq suviyovoshg‘ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig‘a yetkanda go‘yoki, uning ta’zimi uchunsekingina bir charx urib qo‘yar, o‘z ustida o‘lturgan sohiraning1 sihriga musaxxar2 bo‘lg‘ankabi tag‘i bir kattaroq doirada aylangach, ohistag‘ina ko‘prik ostig‘a oqib ketar edi. Ariqsuvining nihoyatsiz bu harakatini uzoq ko‘zdan kechirib o‘lturg‘ach, qo‘l uzatib suvdan oldiva yuzini yuvdi. Uning yuzini o‘pib tushkan suv tomchilari bilan ariq harakatka kelibchayqaldi, go‘yoki suv ichida bir fitna yuz bergan edi... Ikkinchi, uchinchi qaytalab yuzyuvishda bu fitna tag‘i ham kuchaydi...Nozik oyoqlar toldilar shekillik, sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki qaytalab chaydi, ariqbo‘yini va uning suvlarini tashlab ketdi.Boyag‘ig‘a qarag‘anda anchagina yengillanib ichkariga kirdi, harakatlari ham birmuncha o‘zgargan edi. Oysha buvi undagi bu o‘zgarishdan so‘yindi:— Yengil tortdingmi, qizim?— Shukur...— Endi ortiq urinma qizim, tinch o‘ltur.* * *Qish <strong>kunlar</strong>i bir tutam, «ha, deguncha» kech bo‘ladir. Bu kun ham «ha deguncha»gaham qolmay kech bo‘lg‘an, mehmonlarning kelishkaniga yarim soatlab vaqt o‘tkan edi.Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan to‘lato‘kisdavom etar edi. To‘ybeka ichkari bilan tashqarig‘a1 yugurib dasturxon yangilar, choytashir edi. Xizmat tugalayozg‘andan keyin To‘ybeka o‘zining sovub qolg‘an oshini yemakuchun Oftob oyimlar yonig‘a o‘lturdi.So‘zdan so‘z chiqib Oftob oyim To‘ybekadan so‘radi:— Mehmonlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi?— Nax siz yosh mehmonni ko‘rmabsiz, dunyog‘a kelmabsiz, — dedi To‘ybeka o‘nguters osh chaynab, — bir chiroylik, bir aqllik, tag‘in o‘zi hammadan yuqorida o‘lturadir; haliyigirma ham bormag‘andir, mo‘ylabi ham endigina chiqa boshlag‘an... Nax bizga kuyavbo‘ladigan yigit ekan, — dedi va Kumushka qarab kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan Oftob oyim hamkulimsirab qizig‘a qaradi:— Ana, Kumush, sen eshitdingmi, opangning so‘zini, To‘ybeka senga er topqan, senbo‘lsang boshim og‘riydir deb yotasan.15

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!