13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyilg‘amaydirg‘an uzoqliqlari tumanlangansumon ko‘rinish berar edilar. Qushlar, qurtlarsayrashi tabiiy bir soz xizmatini o‘tab kishiga ifodasi qiyin bo‘lg‘an bir sezgi solar edilar.Otabek tabi’atning shu ko‘rkam va latif ko‘rinishiga maftun bo‘lib, bir oz yotqandankeyin «ul ham bo‘lsa edi”, deb o‘yladi va uzoq tin olib qo‘ydi.Bu kunning ko‘rkamligidan olg‘an taassurotini Ali ichiga sig‘dirolmadi:— Zap yaxshi kunmi! — dedi.Otabek ham shu go‘zallikni o‘ziga tatitmay turg‘an dardidan shikoyatlandi:— Shunday <strong>kunlar</strong>da kam-ko‘sting bo‘lmasa...— Sizning ham kam-ko‘stingiz bormi? — deb Ali kulimsiradi.— Yo‘q, deb o‘ylaysizmi?— Hammada bo‘lg‘anda ham, sizda yo‘q deb bilaman.— Masalan?— Masalanmi, — dedi kulib Ali, — sizning bilan otangizning obro‘si qushbegida hamyo‘q, davlat to‘g‘ri-sida bo‘lsa, ochiqarlik yerda emassiz... Ikkita to‘tidek xotiningiz bekakam uchun sochini tarab o‘lturadir... tag‘in qanaqa kamu ko‘st?Kishining baxtini yuzakigina ko‘rib hukm qilg‘uchi Ali unga qiziq ko‘rindi va kulib:— To‘g‘ri aytdingiz! — dedi.— Shukur qilish kerak, bek aka, — dedi Ali va o‘zining baxtsizligidan, topqaniniro‘zg‘ordan ortdirolmay, shu kungacha uylanalmay kelishidan hasrat qilib ketdi. Otabekuning hasratini diqqat bilan eshitdi, hayotning zarbasi har kimning o‘z darajasiga qarab valekin istisnosiz1 bo‘lg‘anlig‘ini tushundi.— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali, — deb uni yupatib qo‘ydi. Ikkisi ham birnecha vaqt jim qoldilar.— Marg‘ilonliq xotiningizdan bolangiz bordir?— Yo‘q...— Bo‘lsa ham turmadimi, uylanganingizga ancha yil bo‘lg‘an shekillik?— Turmadi.Ali Otabekning kami ko‘stini shu bolasizliqdan deb o‘ylag‘an edi:— Bolasizliq uchun xafa bo‘lish kerak emas, hali yoshsiz, bek aka!Otabek javob bermadi. Korsonda1 qimiz keldi. Bek bir-ikki zarangni2 ichkandan keyin,yamlanib ko‘kka qarab yotib oldi. Ali bor tovshini qo‘yib ashula qildi:Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,Ushbu keng dunyo ko‘zimga bo‘ldi tor.Qay qaroqchi oldi yorimning yo‘lin,Mundagi baxtsiz yigit yo‘l uzra zor...— Qo‘shilishmaysizmi, bek aka?— O‘zingiz yaxshi aytasiz, to‘xtamang!Ali borliq ovozi ila hamma hunarini ishlatib, g‘azal tugalguncha ashulani aytib bordi.— Tuzikmi, bek aka?— Yaxshi ashulachi ekansiz!— Undog‘ bo‘lsa ustidan buni ichib yuboring, — dedi kulib, bir zarang qimiz uzatdi. Bekqimizni bir simirishda bo‘shatdi-da, entikib uzoq qirg‘a qaradi, uzoq qarab turdi-da,yuqoridag‘i baytni o‘qub og‘iz ichidan ming‘illadi.Ko‘zlarim yo‘l ustida, kelmadi yor,Qay qaroqchi to‘sdi yorimning yo‘lin...— Qo‘qong‘a ketkan sipohlardan darak eshitdingizmi, bek aka?Otabekning xayoli bo‘linib, Aliga qaradi:— Eshitmadim.— Manim akam ham ketkan edi... Oy borib, omon kelishsunlar-da!— Akangiz yigitmidi?158

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!