13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriysahroyi itlar bilan sanu manga borishib yuramiz? Yaxshisi shulki, bu bosh og‘rig‘larni birvarakay oradan ko‘tarib tinchishaylik. Biz shu yerdagi og‘aynilar bilan kengashib bir gapkato‘xtab qo‘ydiq. Ammo bu maslahatning hoji akamizga ham ma’qul tushmog‘ida shubhaqilmaymiz. Bu o‘yimizga xon ham bir narsa demasa kerak. Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, O‘shva boshqa yerlarning og‘aynilari ham bu gapdan bosh to‘lg‘amaslar. Nega desangiz,qipchoq degan iflos barchani ham jonidan to‘ydirdi, — dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa birotimini tilining tegiga tashladi.Yusufbek hoji haligi gap so‘zlang‘anda qo‘lidag‘i piyolasini chayqatib og‘ir bir holatkechirgan va chuqur bir sukutka ketkan edi. Boshqalar bo‘lsa Niyoz qushbegining so‘zidankeyin bir ko‘zdan deyarlik hojining yuziga tikilgan edilar. Hoji miq etmay o‘ltura bergach,Qambar sharbatdor o‘zining xipcha tovshi bilan qushbegining gapini kuchlab tushdi:— So‘zingiz juda to‘g‘ri, qushbegi, — dedi, — siz aytkandek, bizga ikki yo‘l bor:qipchoqni qirib yo‘yish va yoki butunlay qipchoq qo‘lida qolib ketish.Yusufbek hoji ko‘tarilib Qambar sharbatdorga qaradi va majlisni yer ostidan kuzatibchiqib, yana jim qoldi.Karimqulponsad hojini turtmak maqsadida:— Kengashlik ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz o‘ylashib javob bersinlar-chi, axir,— deb qo‘ydi.— Bilmadim... — dedi nihoyat hoji, — sizlarning muddaonglarga tushunmadimmi yokitushunsam ham o‘zimga yotishib kelmadimi, hayronman.Niyoz qushbegi boshini qashib oldi:— Nimasiga hayronsiz, hoji!— Maqsadlaringiz Qambarbekning aytkanidek qipchoqni kesishmi?Qushbegi ikkilanmay javob berdi:— Kesish!— Sizlarni, — deb istehzolanib kuldi hoji, — bu ishka nima va kim majbur qiladur?Qushbegi yoronlarig‘a qarab oldi:— Savolingiz qiziq, — dedi, — sababi bizlardan ham ko‘ra sizga ma’lum bo‘lsa kerakku.— Durust aytasiz, — dedi hoji boshidagi sallasini olib, — Musulmonqulni haydamoqqamajbur bo‘lg‘an edik — haydadiq. Barcha yomonliq o‘shaning boshi bilan birga ketkandekqipchoq og‘aynilar ila totuklashdik, qipchoqlarning eski adovatlari bitdi... Bas, bizga tag‘innima kerak?Hojining bu gapi majlisni bir-birisiga alanglatib qo‘ydi. Ammo qushbegi sirni boybermas uchun tirishkandek qilib kuldi:— Musulmonqul endi tinch yotar, deb o‘ylaysizmi?— Albatta, o‘ylamayman, lekin Musulmonqulni tinchimaydir deb ho‘lu quruq qipchoqqatig‘ tortish hech bir aqlg‘a sig‘adirg‘an gap emas. O‘zingiz qushbegi ayting-chi, biz bukungacha yomonliqni kimdan ko‘rdik? Qipchoq otlig‘ xalqdanmi yoki uning sanog‘liqbo‘lg‘an bir necha kishilaridanmi?— Nafsilamrni aytkanda, biz qipchoq deganning har birisidan ham dakki yeb kelamiz.— So‘ngizda yanglishliq bor, qushbegi! Agar siz naf-silamrga qarasangiz ikki xalqni birbirisigasovuq ko‘rsatib, adovat tuxumini sochib kelguchi bir nechagina odam bor... Mengaqolsa mamlakatni tinchitish uchun shular to‘g‘risida o‘ylash kerak. Nainki, to‘rttamuttahamni deb butun bir xalqqa hujum qilish!— Siz aytkandek, yomon to‘rttagina emas, hoji! Sahrodan kelgan har bir qipchoqbizning yelkamizga minmakchi. Bizning tovog‘imizga tumshug‘ini tiqmoq-chi— bungaqolganda ishni bir oz yengil o‘ylab turibsiz, hoji aka!Qosim mingboshi:152

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!