13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqarashida butun o‘tkan <strong>kunlar</strong>ini yana bir qayta xotirlag‘andek bo‘ldi va ihtizozot1 orasidauflab yubordi. Ko‘ringan gilos yog‘ochlarining ostida bir vaqtlarda kimdir birav uni kutibolar edi, endi-chi... Endi kimni kutar ekan?— degan savol miyasini shipirib ketdi... UlKumushni tamoman o‘z muhabbatida boqiy deb bilar va otasining zulmiga mahkum, debtushunar edi. Shuning uchun ko‘ringan gilos yog‘ochining kuz bilan sarg‘ayg‘an bargidekKumushning za’faron yuzini ko‘rdi, o‘zi uchun emas, uning qalbi parchalang‘andek bo‘ldi.Hozir ul kutilmagan bir jasoratka molik bo‘lg‘an kabi edi. Kiraymi, deb o‘yladi, bevosita o‘zibilan onglashaymi, deb jasoratlandi... Lekin... lekin darbozaning qarshisidag‘i mash’um tolyog‘ochi unga qarab kulgandek bo‘lar edi: «Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz, orsiz...»Ul darbozaga yaqinlashayozgan edi, nimadandir cho‘chib chetka burildi. Chunkidarbozadan chiqib qolg‘an ikki kishini ko‘rib, bularning birini qayin otasi bo‘lib chiqmog‘idanhurkkan edi. Haytovur chiqg‘uchilar begona odamlar bo‘lib, oldinga toba yuriy boshladilar.Boyag‘i «...orsiz» jumlasi bilan uning kirish fikri tamoman so‘ngan edi. Ammo «biravlar»to‘g‘risida nima bo‘lganda ham bir gap eshitmak havasi tug‘ilg‘an edi. Bu chiqg‘uchilargarchi qutidorning iti haqida bo‘lsa-da, bir ma’lumot beralar-ku, deb o‘yladi va ularga yetibolish uchun adimlarini kengaytirdi. Ulardan uch-to‘rt adim berida borar edi. Baxtka qarshiular churq etmaygina ketar edilar. Nihoyat, yuz adimcha borgandan so‘ng, ulardan so‘zeshitishka to‘g‘ri keldi; birisi ikkinchisiga dedi:— To‘y bilan nikohni bu kunga qilg‘animiz yaxshi bo‘ldi.— Nima, juvonga ham to‘y boshqa, nikoh boshqa bo‘larmidi? Bordi-keldi bitta juvonqizi bor-ku, munga to‘yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz deganiga hayronman.— Axir qutidor ham boobro‘ odam-da, — dedi birinchi kishi.Jonso‘z bu xabarni eshitkan Otabeknnig hushi boshidan uchkan kabi bo‘ldi-da, adimuzgan joyida mixlangandek qotib qoldi. Go‘yo ustidan bir chelak qaynag‘an suvniag‘darg‘an edilar-da, butun terisi oyog‘iga sidirilib tushkan edi... Besh daqiqalab yo‘l ustidaesankiragan, hushsizlangan ko‘yi qotib turg‘ach, moshinavori1 birdan yurib ketdi...«Kishining xotinini taloqsiz chiqarib ol-da, bu kun erga ber», dedi va telbalarcha nimauchundir kulib qo‘ydi, o‘z-o‘ziga so‘zlanib Marg‘ilon ko‘chalarida tentaklarcha yuguraboshladi. Uning bu kungi holig‘a qarash yuraklarni yorg‘anidek tasvirga ham qalam kuchiojizdir...* * *Oyning o‘n beshlari bo‘lsa-da, havoning bulutlig‘i bilan oy ko‘rinmas, chin ma’nosi bilanqorong‘i kuzning qorong‘i bir tuni edi. Bir necha yuz yillardan beri yashab favquloddazo‘rayib ketkan «Xo‘ja Ma’oz» mozorining chakalagi bu qorong‘iliqqa bir manba’ kabi edi.Kuchlik bir yel turg‘an, qandaydir bir ishka hozirlang‘an kabi to‘rt tomong‘a yugurib yuraredi. Mozor chakalagining bir burchagida tutab yotg‘an to‘nka yonida sochlari o‘sib soqolig‘aqo‘shilib ketkan bir devona bu mudhish qorong‘iliqqa qarshi kurashkan kabi gulxanniyondirishg‘a tirishar, gulxan tavaragidan aylanib qo‘lidag‘i kasavi bilan to‘rt tomonidankovlar edi. Yel borg‘an sayin kuchlana bordi, chakalak tartibsiz holg‘a kirib ketdi, bittayarimtato‘kilmay qolg‘an yaproqlar shitir-shitir to‘kilishka oldilar, qarg‘a va zog‘chalar ayniuyqu zamonida tinchsizlagani uchun yelga qarshi na-moyish qilg‘andek g‘o-g‘u bilanchakalak ustidan aylana boshladilar. Yel kuchaygandan kuchayib borar va shu nusbatdamozor ichi ham yana bir qat qo‘rqunch holg‘a kirar edi, yel ketma-ket bo‘kurar, bungachiday olmag‘an shox-shabbalar qars-qurs sinar, keksa yog‘ochlar g‘iyq-g‘iyq etib yolborishtovshi chiqarar edilar. Yel ortiqcha bir g‘azab ustida edi, yer yuzidagi tikkaygan narsanibukib-yanchib tashlamoqchi bo‘lg‘andek pishqirar edi. Chinorlardan birisini yerni titratibyiqitdi, devonaning gulxanini ham to‘nka-po‘nkasi bilan ko‘tarib chakalakning ichiga otdi.Butun mozor ichini o‘t uchquni ila to‘ldirib, yana ko‘rinishka boshqacha bir tus berdi.121

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!