13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Shundog‘, taqsir.— Sen bu gapni qayog‘dan bilding?— Shu <strong>kunlar</strong>da ularning bir majlislarida bo‘lg‘an edim, taqsir...— Xo‘sh, xo‘sh, majlisda?— Majlisda ko‘b gaplar o‘tdi, taqsir, — dedi Homid,— majlisning boshlug‘i bo‘lg‘anOtabek qipchoqlarning zulm va ta’addisini2, qipchoqlaridan ishni olmoq uchun ToshkanddaAzizbek va o‘z otasi boshliq bilfe’l ish boshlag‘anlarini so‘zlab, Marg‘ilonning ham mundanso‘ng oyoqqa qalqishi kerakligini aytdi... Majlis ahli, ayniqsa Mirzakarim uning so‘zinikuchlab tushdi. Agar bu ishning oldini olinmasa, hukumat va mamlakat uchun natijaqo‘rqunchdir, taqsir.— Majlis kimnikida edi?Homid tarafidan kutilmagan bir savol. Homid o‘ziga berilgan bu savol qarshisidataraddudlanib qoldi. Chunki majlis o‘rnini aytsa pochchasi bilan jiyani Rahmatning hamqo‘lg‘a tushishlari aniq va buning bilan ul o‘z oyog‘iga bolta qo‘ygan bo‘lar edi. Shumulohaza yuzasidan ul tutiliqdi:— Majlis o‘rni yodimda yo‘q, taqsir.Mantiqsiz bu javobga qarshi qo‘rboshi achchig‘i bilan baqirdi:— Yodimda yo‘q?!Homid garangsidi va bir xil siniq tovushda:— Esimda bo‘lsa ham nozik bir joy edi, taqsir, — dedi.— Nozik bir joy edimi! — deb qo‘rboshi zaharxanda qildi. — Agar aytmasang o‘shamuttahamlar tiqiladir-g‘an chuqurg‘a sen ham tashlanasan.— Kechiringiz, taqsir.Qo‘rboshi yirtqichlardek bo‘kirdi:— Kechirish yo‘q!Homid uchun eng keyingi choradan boshqa iloj yo‘q edi — cho‘ntak kavlashka tutindiva yuz mashaqqat bilan yonchig‘ini chiqardi. Yonchiqdan o‘nga yaqin oltinlarni sanoqsizchaolib, qo‘rboshig‘a uzatdi:— Taqsir... sizga atag‘an nazrimiz edi...Homid kavlana boshlag‘andanoq qo‘rboshining ustidan sovuq suv sepilgan edi. Uloltinlarni yonig‘a solib joylag‘ach, tovush ham eski holiga qaytib, so‘zlar ham muloyimtortdi.— Demak, nozik joy edi, degin Homidboy.— Taqsir...— Badbaxtlar shunday maslahat qildilarmi hali?— Taqsir... Bu ishning oldini olinmasa natija yomon albatta.— Albatta, biz o‘sha buzuqilarning jazolarini berarmiz... Men hozir borib bekka arzqilay, shu kechadan qoldirmay qo‘lg‘a olamiz muttahamlarni, — dedi qo‘rboshi.Homidning chehrasi ochilib ketkan edi. Qo‘rboshi o‘zining imo va ishorasigao‘tkanlikdan uning ko‘zida o‘ch olish quvonchlari va undan keyingi Homidning o‘zigama’lum bo‘lg‘an bir baxt umidlari o‘ynar edilar. Qo‘rboshi tokchadan davot, qalam oliboldig‘a qo‘ydi-da, yozuvg‘a hozirlanib so‘radi:— Ayt-chi, Homidboy, muttahamlar kimlar edi?— Bittasi toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li — Otabek.Qo‘rboshi yozdi:— Ha-ha! Hali Yusufbek hojining o‘g‘li degin. Bizning Marg‘ilonni ham qong‘abotirmoqchi ekan-da, muttahamlar, ikkinchisi?— Shu <strong>kunlar</strong>da Otabekka qizini bergan marg‘ilonlik Mirzakarim.— Pes-pesni qorong‘ida topqan ekan, uchinchisi?— Otabekning quli — Hasanali.35

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!