13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyyordamlashmoqda edilar. Kechka tomon dard juda kuchayib ketdi, o‘qtin-o‘qtin dambadamgaalishindi.Tashqarida Otabek yo‘q edi. Hasanali darboza bilan mehmonxona orasida qo‘liniqo‘lig‘aishqab yurinib turar va qayta-qayta axtaxonag‘a kirib to‘riq yo‘rg‘aning u yer, buyerini supirar edi. Hoji bo‘lsa xursand va xafaligi noma’lum bir qiyofatda «Daloyil» o‘quredi, har besh daqiqada ichkari tomong‘a quloq solib to‘xtar, goho darichadan Hasanalinichaqirib «tinchlikmi» deb so‘rar edi.Ular masjiddan shomni o‘qub kirgach, ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi. Undanna Hasanali va na hoji og‘iz ochib hol so‘ramadilar. Taom ustida Otabekning yo‘qlig‘i hamhis etilmadi. So‘zlashmasdang‘ina lagandan bir muncha cho‘qig‘an bo‘ldilar-da, qo‘lartishdilar.— Xuftan aytildimi? — deb so‘radi hoji.— Eshitmadim... Chiqa bersak ham bo‘lar, — dedi Hasanali. Shu vaqt ichkaridanxotinlarning favqulodda qiy-chuv tovushlari eshitilib, ikkisining ham quloqlari tikkaydi vaqo‘rqa-pisa bir-birlariga qarashdilar. Qiy-chuv orasidan zaif yig‘i tovshi ham kelib qo‘ydi...Ikkisi bir muncha kulimsirab oldilar, lekin shundog‘ bo‘lsa ham yana churq etib og‘izochmadilar. Oradan ko‘b fursat o‘tmadi, ichkaridan Oybodoq yugurib chiqdi va darichadanturib «so‘yinchi!» dedi. Hoji yonchig‘ini kavlay berib «alhamdulilloh» deb qo‘ydi. Hasanaliham iljayib yonchiq kavlashka tutindi va:— O‘g‘ulmi, holva?1 — deb so‘radi xotinidan.— O‘g‘ul!— Barakalla.Hoji kulimsirab qo‘lidag‘i uch-to‘rtta oq tanga bilan bitta tillani Oybodoqqa uzatdi —«Tangalarni o‘zing ol, tillani doyachaga ber!» dedi. Hasanali so‘yinchisini topshirg‘andanso‘ng duog‘a qo‘l ochdi: «Olloh taolo umri bilan bergan bo‘lsin». Shundan keyin xotirjam’bo‘lg‘an holda xuftanga ketdilar.Otabek mehmonxonaga yaqinlashishi bilan chaqaloq yig‘isini eshitib ixtiyorsiz ichkarihavlig‘a tomon burildi va yo‘lakda onasig‘a yo‘liqdi. Qorong‘u bo‘lsa ham O‘zbek oyimningtusidagi shodliq belgulari ochiq ko‘rinib turar edi:— O‘g‘ul muborak bo‘lsun, bolam!— O‘zi tetikmi?— Tetik!— Oldig‘a kiraymi?— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — chillalik uyga kechasi ko‘chadan kelib kirish yaxshiemas... Ichkari kirsang to‘g‘ri Zaynabning oldig‘a bor. Dadang shundami?— O‘zi?..— O‘zi yaxshi, xotirjam bo‘l, — dedi O‘zbek oyim, orqasig‘a qaytdi. Otabek ketigaburilib tashqari yo‘lak-dan kirguchi dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va o‘ylanib to‘xtadi.Ayniqsa hozirgi paytda dadasi bilan to‘qnashish uning uchun bir oz o‘ngg‘aysizroq tuyulganedi. Shu yo‘sun bir muncha vaqt yo‘lakda turib, so‘ngra ichkariga tomon yurdi. Zaynabninguyiga o‘tar ekan, bir necha qayta Kumush yotqan uy tarafka qarab oldi.— O‘g‘ul muborak bo‘lsin!Zaynab erini shu so‘z bilan kulib qarshiladi, Otabek ham kulimsirab «qutlug‘ bo‘lsin!»deb qo‘ydi. O‘lturgandan keyin Zaynab o‘zicha kulindi:— Haligi... — dedi. «Haligi» dan keyin aytadirgan jumlasini unutib qo‘ydimi yoki o‘ylabqoldimi, nima bo‘lsa ham aytalmadi. Otabek uning og‘zini kulimsiragan holda bir oz kutib«xo‘sh, haligi...?» deb so‘radi.— Haligi...— Uyog‘i?— Oti qursin... ha, aytkandek, oshingizni yeysizmi?206

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!