13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy8. ZIMNAN ADOVATShundan keyin O‘zbek oyim olding‘a tushib, qudasi bilan Kumushni uyga boshladi.Ularning ketidan bosh-qa mehmonlar yurdilar. O‘zbek oyim yo‘l ustidan Oybo-doqqa:— Tezroq choyingga qara, bechoralarning aravada ichagi uzulg‘andir,— dedi va Oftoboyim bilan Kumushka,— men sizlardan juda xafaman,— deb qo‘ydi.Oftob oyim Kumushka qaranib javob berdi:— Aytsangiz, aytmasangiz biz juda uyatlik bo‘lg‘an-miz.Uyning dahliziga kirdilar. O‘zbek oyim ularni to‘rga taklif qildi:— Qani, yuqorig‘a! — dedi.Oftob oyim to‘rga harakat qilsa ham, Kumush boshqa mehmonlardan uyalib to‘xtadi,O‘zbek oyim uni qistab tushdi:— Iymanma, Kumush otin, bu kun-erta bizga yangi kelinsan, uchunchi kundanboshlab sen mug‘ombirning boshingda tegirmon yurgizishni o‘zim yaxshi bilaman! — dedi.Oftob oyim va keyindagilar kulishdilar. — Yana hali sen manim sobunimga kir yuvibko‘rganing yo‘q! — deb qo‘ydi. Bu gal Kumush ham kulimsirab oldi. To‘rga Oftob oyim vaMohira qudachalar o‘lturdilar. Oftob oyimning so‘liga Kumush, Kumushning yonig‘aXushro‘y, Mohira oyimning o‘ngiga Hanifa, undan keyin Karima otin, Sharofat chevar vaMahinabonular qator chizilishdilar. Eng oyog‘da O‘zbek oyimning o‘zi o‘lturdi. Karima otinqo‘l ochib duo qilg‘andan keyin, O‘zbek oyim «Xush kelibsiz» qildi. Mundan so‘nghammaning ko‘zi ittifoq qilg‘andek Kumushka tushdi. Kumush uyalib yerga qaradi. Birnecha vaqt jim qolishib Mohira oyim Oftob oyimdan so‘radi:— Marg‘ilondan yetib kelguncha ham juda bir yerga yetkandirsizlar?— Uncha charchag‘animiz yo‘q, — dedi Oftob oyim,— o‘zi Marg‘ilondanToshkandgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamayliq, deb sekin-sekin o‘n ikkikunda keldik.— Yo‘l loydir? — deb so‘radi Mahinabonu.— Loy emas, — dedi Oftob oyim, — yo‘l juda yaxshi ekan — ikki yoqda ko‘m-ko‘kmaysa, qirlarda lolalar, yo‘lning juda ham tomosha vaqti ekan.So‘z navbati O‘zbek oyimg‘a keldi:— Kelmaganlaringizda Otabekni endi sira ham yubormasliqqa qaror qo‘yg‘an edim, —dedi, — booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi,endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim.Kumush Otabek ismini eshitkach, sekingina ko‘tari-lib qo‘ydi. Oftob oyim Hasanalidanhamma sirni o‘rganib olg‘an, shuning uchun O‘zbek oyimning dovdirashiga tushundi:— Yuzimizga solmasangiz ham juda uyatlik bo‘l-g‘anmiz, — dedi.Zaynab dasturxon ko‘tarib kirdi va mehmonlarga «Xush kelibsiz» aytkandan so‘ngdasturxonni yozdi. Dahlizdan — Oybodoq qo‘lidan yasalg‘an barkashlarni olar ekan, bir-ikkiqayta yer ostidan Kumushka ko‘z yubordi va Kumushning ko‘zi ham uning keyingiqarashida to‘qnashib oldi. Barkashlar qo‘yilib bo‘ldi. Oybodoq to‘rt choydish choyni mistekligi bilan kirguzib berdi. Zaynab choydishlar yoniga mehmonlarga choy quyish uchuno‘ltirdi. O‘zbek oyim chiqib borg‘an Oybodoqni to‘xtatib so‘radi:— Qassob kelganmikin?— Boya kelgan edi. Oyimlardin fotiha olib bersangiz, qo‘yni chiqarib berar edim.O‘zbek oyim qudachasig‘a qaradi:— Fotiha berasizmi, quda!Oftob oyim Mohira oyimg‘a qaradi.— Fotiha beringiz, oyi!174

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!