13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Men sizga aytib edim-a, qushbegi, — dedi, — hojini har narsaga ko‘ndirsangiz hambu gapka ko‘ndi-rolmassiz, deb.— Men uni kela bermay ovora qilg‘anidan ham payqag‘an edim.— Kecha bir oz xomsigan1 edi, — dedi Karimqul ponsad.— Ish buzildi-da, — deb qo‘ydi Muhammad Rajab qo‘rboshi.— Nega buziladir? — deb so‘radi qushbegi.— Sirrimiz ochildi, albatta hoji tinch yotmaydir.— Sirrimiz hali ochilg‘an emas, — dedi ishonch bilan qushbegi, — agar biz shuo‘lturgan og‘aynilar boyag‘i gapda sobit qolsaq, sirrimizni yana yashirib ketish mumkin.— Masalan? — deb so‘radi Qambar sharbatdor.— O‘sha so‘zimiz — so‘z, ittifoqimiz — ittifoqmi?Majlis tasdiq ishorasini berib:— Albatta-albatta! — deyishdi.— So‘z bitta bo‘ladirgan bo‘lsa, — dedi qushbegi, — hojining ishi juda oson, biz hozirso‘zni bir joyga yetkuzamiz-da, birimiz hojining oldig‘a borib, masla-hatingizni muvofiqko‘rdik, biz yanglishqan ekanmiz, deymiz. Albatta, hoji ishonadir-da, hech kimga so‘zlamayqo‘yadir. Biz bo‘lsak, yeng ichida hozirlik ko‘ra beramiz, ana xolos.— Ma’qul gap, to‘g‘ri maslahat!— Ma’qullikka ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo gap bu yerdaki, biz aniq ishka belbog‘laymizmi?— Bog‘laymiz, bog‘laymiz!— Barakalla, — dedi qushbegi, — ma’lum bo‘la-dirki, hammamiz ham yakdil ekanmiz,endi boshqa gapka o‘tsaq ham bo‘ladir.— Xonni ko‘ndirib bo‘larmikin? — deb so‘radi Qosim mingboshi.Qushbegi kuldi:— Xon ko‘ngan hisob, — dedi.Bu gap majliska uncha onglashilmadi shekillik, ajablanib bir-birlariga qarashdilar.— Izoh, qushbegi, izoh!Qushbegi izoh berdi:— Men xonni Toshkanddan jo‘natish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni birdaraja arz qilib o‘tkan edim, — dedi, — bu fikrim xonga juda ma’qul tushkan bo‘lsa kerak,so‘zimni e’tibor bilan tinglab turdi va javobida: «Yaxshi. O‘ylashib, tadbirlari bilan mengafikringizni yozing, men ham o‘ylab ko‘rarman», dedi. Menga qolsa bu to‘g‘rida bizdan xabarkutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat ishning o‘naqayini topib xondantasdiq etdirishgina qolgan.— Xon tayyor ekan bo‘lmasa, — dedi kulimsirab Qambar sharbatdor.— Tayyor ekan, tayyor ekan!Shundan keyin ishning o‘naqayi to‘g‘risida muzokara va mubohasa boshlandi. Har kimbir turlik fikr bayon qilib, uzoq bosh og‘ritdilar va natijada xonga quyidagi noma yozildi:«Tojdori musulmonon, xoqon ibni xoqon shahan-shohi navjuvon, toji sari xushbaxtonhuzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat1 adosidan so‘ngra biz faqirul-haqir sadoqatpeshaibenazir qullaridin arzi bandalik shuldurkim, navkarlari doimulavqot2 ul janobga qipchoqxaloyiqi beparxezidin birar osibi3 yetarmu deb harosidadirmiz.4 Va yana ul haromzodasahroyilarning ro‘yi zamindin5 taroshlamay6 turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari7ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar ostida bo‘lg‘andek taxmin qilinadir. Shul mulohaza vaandishalar ba’dida biz Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, durudaroz8tafakkur va tahayyurlar so‘ngg‘ida azbaroyi ul shahanshohning ko‘b zamonlarboshimiz soyabon bo‘lmoqlari umidida bar taqdir ul tojdorning xotiri otir daryomuqotirlariga1 pisand tushib ijobat og‘oz qilsalar, bir ma’nini xo‘b va sadoqat maqosidig‘amahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni solidin bolig‘ va yetmish154

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!