13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyMozorni bu holg‘a solg‘andan so‘ng go‘yo shuning uchun g‘ayratlangandek bir oz pasayatushdi, och qolg‘an sher kabi pishqirib bo‘kirishlari bosilg‘andek bo‘ldi. Yarim soat chamasijonsarakka uchrab uchib yurishka majbur bo‘lg‘an qarg‘alar yelning g‘azabi bosilg‘anini birbirlarigaxabar bergandek g‘o-g‘u bilan eski o‘rinlariga qo‘na boshladilar. Ko‘kni o‘rab olg‘anqora bulutlar ham to‘s-to‘ska bo‘linib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib yeryuziga mo‘ralab qo‘ydi. Gumbazning qarshisidag‘i ikki tup keksa chinorning iskelet kabiquruq shoxlarig‘a yel bilan allaqayoqlarg‘a uchub ketkan boyqushlar to‘pi ham kelib qo‘naboshladilar. Oy parchalang‘an qora bulutlar bilan bekinmachoq o‘ynag‘an kabi hali ko‘rinib,hali yashirinar edi. Ul yer yuziga kulib qarag‘anda mozorning chakalak qismiga aytarliko‘zgarish bera olmasa-da go‘riston qismidagi do‘mboq qabrlarni va ularning ustidagimarmar qabr toshlarini chuqur bir sukut ichida ekan, taqdim qilar edi. Boyqushlar uyasibo‘lg‘an ikki tup chinorning qarshisida gunbazga ro‘baro‘ qilib soling‘an ayvon-ziyoratxonabor, ammo oy tik ko‘tarilganlikdan ziyoratxona ichi qop-qorong‘i1 edi. Chinor shoxlaritasbeh kabi chizilg‘an boyqushlar bilan to‘lg‘an. Ular oy nuridan uncha xursand emaslar,chunki oy yer yuziga kulib qaray boshlasa, ular boshlarini kaftlari ichiga oladirlarda, dumdumaloqbo‘lib siqilib ketadirlar. Oy bulutlar ostig‘a kirsa, ular rohatlang‘an kabi chig‘-chig‘-chig‘, ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar. Bu vaqt shu boyqushlar sayrog‘i ichidaningranish kabi bir tovish ham eshitilgandek bo‘ladir.Masjid manorasidan ruhoniyyat yog‘dirib munglik azon tovshi eshitildi-da, uyququchog‘ida yotqan tabi’at uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab ketdi. «Ollohu akbar»ningso‘ngg‘i takrorida Otabek ziyoratxona ayvonidan tushdi-da, shildirab oqib turg‘an ariqyonida tahorat olishka o‘lturdi...13. KULIB QARAMAG‘AN BAXTEndi uning umidi ortig‘i bilan uzilg‘an esa-da, yuragining yonishi bosilurliq emas edi.Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari bilan tevarakka bejo-bejo nazartashlar edi. «Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi, qizini yangi kuyavga topshirib tinchlandi,kecha kechasi u...» der edi-da, mundan keyingi og‘ulik haqiqatini bir turlik ham o‘zigasingdira olmas va buni o‘ylamaslikka tirishib va o‘zini alaxsitmoqqa o‘la tevaragiga bejobejonazar tashlar edi.Endi Marg‘ilon qatnab yurishlarg‘a xotima berilgandek va Marg‘ilon ham undan «tag‘inmendan nima ilinjing bor?» deb so‘rag‘andek bo‘lar edi. Ul «Xo‘ja Ma’oz»dan chiqib to‘g‘riusta Alimnikiga qarab borar edi va u yerdan otini minib umrlikka Marg‘ilon bilanvidolashmoqchi edi esa-da, oshna bir kimsa uning ko‘z o‘ngiga ko‘ringandek va begonarahmsiz bir yigitning quchog‘idan qutilish uchun undan imdod1 so‘rag‘andek bo‘lar edi.Usta Alim eshigiga yetayozdi. Tom bir ma’yusiyat ichida boshini quyi solg‘an edi, o‘tibturg‘uchlarni payqamas, laxja cho‘g‘ kabi yonib turg‘an yurak o‘ti bilan sarxushdek edi.Qarshidag‘i Sodiqning eshigidan chiqg‘uchini ham payqamay qoldi va bir qarab olsa hamtanimag‘an edi. Otabek usta Alimnikiga kelib kirgach, Sodiqnikidan chiqg‘uchi Homid uningorqasidan qarab yo‘l ustida qotib qoldi...* * *Shokirbekning kecha ertalab chiqg‘anidan beri daraksiz ketishiga tashvishlanibo‘lturgan usta Alim uni yo‘lakda ko‘rishi bilanoq so‘radi:— Eyyy, barakalla sizga, Shokirbek, qayog‘larda qolib ketdingiz? Juda hamtashvishlandim-da o‘zim... Nega bir kunda bunchalik o‘zingizni oldirib qo‘ydingiz?Chindan ham ul o‘zini tanilmaslik darajada oldir-g‘an, o‘lat tekkan kishilardek ko‘zlariichiga cho‘kib ketkan edi. Kirtaygan ko‘ziga kuch bilan kulgi tusi berdi.122

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!